O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi


-ma’ruza. O’zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari. (2 soat)



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə10/99
tarix15.01.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#79271
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99
UMK (2022-23)

2-ma’ruza. O’zbek davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari. (2 soat)


REJA:
1. Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi.
2. Davlatchilik tushunchasi. Markaziy Osiyo hududidagi ilk va antik davr davlatlari.
3. V-XII – asrlardagi Markaziy Osiyo davlatlari
4. Amir Temur davri davlatchiligi. O’rta Osiyoning xonliklarga bo’linib ketishi, uning sabab va oqibatlari
5. Turkiston o’lkasida Rossiya imperiyasi mustamlaka tuzumi. Milliy ozodlik harakatlari.
6. Sovet hukmronligi davrida O’zbekistonning markazga ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qaramligi va uning oqibatlari.


1. Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi.
Ma’lumki, Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. O’zbekiston qadimiy sivilizasiya o’choqlaridan biri sanalanadi va jahon sivilizasiyasining shakllanish jarayonida alohida o’rinni egallaydi. O’zbekistonning qadimiy tarixi “Avesto”, eron, yunon, rim, xitoy yozma manbalarida va Markaziy Osiyolik buyuk mutafakkirlarning asarlarida yozib qoldirilgan. XX asr boshidan O’zbekistonda olib borilgan arxeologik, antropologik, geologik, etnografik, lingvinistik tadqiqotlar natijasida yozma manbalardagi ma’lumotlar yanada to’ldirilib, o’tmish tarix haqida keng ma’lumotlar to’plandi.
O‘zbekiston eng qadimgi davrdan o‘ziga xos sivilizasion jarayonni boshdan kechirgan. Sivilizasiya so‘zi lotincha “civilis” so‘zidan olingan bo‘lib, u davlatchilik, fuqarolik degan ma’noni anglatadi. O‘zbek tilida bu so‘z "tamaddun" atamasi bilan ataladi. Sivilizasiya bu insoniyat tarixiy taraqqiyotining umumiy birligini, ya’ni moddiy, madaniy, ma’naviy rivojlanishdagi o‘ziga xoslikni ifodalaydi.
Davrlashtirish tarix fanini chuqur o‘rganishning asosi hisoblanadi. Eng qadimgi davr (ibtidoiy jamoa tuzumi) tarixiy va arxeologik jihatdan davrlarga bo‘linadi. Tarixiy davrlashtirishning o‘ziga xos xususiyati, uning tadqiqot manbaidan kelib chiqadi. Unda ma’lum bir davrga xos bo‘lgan umumiy rivojlanish xususiyatlari asos qilib olinadi.
Eng qadimgi davr tarixiy jihatdan ikkita yirik davr: “ibtidoiy to‘da” va “urug‘chilik jamoasi davri”ga bo‘linadi. O‘z navbatida urug‘chilik jamoasi 2 bosqichga: matriarxat (ona urug‘i) va patriarxat (ota urug‘i) ga bo‘linadi. Eng qadimgi davr arxeologik jihatdan, mehnat qurollari nimadan yasalganligiga qarab, quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza va ilk temir davr.
Eng qadimgi davr: Ibtidoyi to‘da – ilk paleolit 3 mln.-100 ming yillik, o‘rta paleolit 100-40 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Urug‘chilik jamoasi: Matriarxat – so‘nggi paleolit 40-12 ming yillik, mezolit 12-7 ming yillik, neolit 6-4 ming yillik, eneolit 4-3 ming yillik; Patriarxat - bronza 3-2 ming yillik, ilk temir 1 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Bu darvlarda antropogenez jarayoni ro‘y bergan, ijtimoiy mehnat taqsimotlari amalga oshgan. Diniy e’tiqodlar shakllangan.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin