O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi


Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə18/99
tarix15.01.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#79271
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99
UMK (2022-23)

4. Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari
SSSRda, chunonchi O‘zbekistonda sotsialistik tizim, kommunistik mafkura har tomonlama inqirozga uchrab, ziddiyatlar bilan to‘lib-toshib turgan bir paytda I.A.Karimovning, avvalo O‘zbekiston partiyasi rahbarligiga (iyun, 1989-yil), keyin Prezidentlik lavozimiga (mart, 1990-yil) tayinlanishi bejiz emas edi.
Vaqti, soati etgan, lekin jon saqlash uchun o‘zini har tomonga urayotgan, hech narsadan qaytmaydigan mustabid tizimidan jafokash xalqni, ezilgan el-yurtni mustaqillikka chaqirish uchun sovet tizimining ikir-chikirlarigacha tushunib etgan katta jur’at egasi, dovyurak Islom Karimovdek rahbar kerak edi.
Mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti, chuqur inqiroz holati, sovetlarning so‘nggi talvasasi, og‘ir sharoitlarda O‘zbekiston hukumati tutgan yo‘li (1989-1990-yillar) haqida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20-yilligiga bag‘ishlab yozgan “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida yaqqol ko‘rsatgan.
Istiqlolning, boshlang‘ich bosqichida yorug‘likka chiqkan “O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li”, “O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” va boshqa asarlarida bayon etilgan O‘zbekiston mustaqilligining birinchi navbatdagi kechiktirilmas ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’rifiy-ma’naviy vazifalari keyinchalik “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarlarida bayon etib berildi.
Parchalangan Ittifoq o‘rnida vujudga kelgan mustaqil davlatlarning hech birida ilgari surilmagan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning vazifalari Prezidentning “Jamiyatimiz mafkurasi, xalqni xalq, millatni millat qilishag xizmat etsin”, “Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman” asarlarida, “Istiqlol va ma’naviyat” (hujjatlar to‘plami) kitobi va boshqa ko‘plab maqolalarida bayon etilgan bo‘lib, ma’naviyat – kelajagi buyuk O‘zbekistonning mustahkam poydevori, milliy mustaqillik mafkurasi, 130 dan ortiq millatlar va elatlardan tashkil topgan O‘zbekiston xalqini “O‘zbekiston-vatanim manim” shiori ostida yagona, buyuk maqsad uchun birlashtiradigan bayroq sifatida tutgan o‘rni ko‘rsatib beriladi.
Ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy ishlarning yangi jamiyat qurishning zaruriy sharti sifatida qo‘yilishi, o‘ziga xos, o‘zbek modelining ustivor tamoyillaridan biridir.
I.A.Karimov yangi jamiyat qurishda milliy, diniy qadriyatlarimizni tiklash ishlariga, shu maqsadda Vatanimiz tarixini xolisona, yangicha yaratishga e’tiborni kuchaytirdi.
Prezident istiqlolning dastlabki kunlarida (1992-yil yanvar): “Tarixga, merosimizga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgartirilishi lozim, yangi darsliklardan tortib oddiy kitoblargacha, hammasiga haqiqat yozilishi shart“, deb aniq vazifa qo‘ydi.
Vatan tarixini o‘rganish uning yangi avlodini tarbiyalashdagi tutgan o‘rni, ahamiyati masalalari I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” (1998-yil avgust) nomli asarlarida keng bayon qilib berildi.
I.A.Karimov haqqoniy tarix millatning o‘zligini anglashning zaruriy sharti, ma’naviy va mafkuraviy ishlarimizning haqiqiy manbai ekanligini qayta-qayta taqqoslab ko‘rsatadi.
I.A.Karimov har bir “siyosatchiman, arbobchiman degan odam, agar vijdoni bo‘lsa, o‘z xalqining tarixiy o‘tmishini bilishi shart”, deb tarixni o‘rganish vazifasini keskin qo‘yadi.
O‘tmish davrining murakkab vazifalari, qarama-qarshiliklari davlat rahbaridan boshqaruvning har xil usullarini ishlatishni, kerak bo‘lsa qattiqqo‘llikni talab qiladi. Prezident I.A.Karimov shunday vazifada xalqqa ma’qul usullarni qo‘llab ishladi.
1992-yil Moskvaning “Komsomolskaya pravda” gazetasi muxbiri: “Muxoliflaringiz sizni totalitarizmda ayblab tanqid qilmoqda”, desa, unga javoban I.A.Karimov “Ha, buni men yaxshi bilaman. Muxoliflarim meni diktator qilib ko‘rsatishni juda hohlaydilar Tan olaman; ehtimol mening harakatlarimda avtoritarizm nishonalari bordir. Ammo men buni faqat bir narsa bilan izohlayman: tarixning muayyan davrlarida, haqiqiy davlatchilik qaror topayotgan bir paytda, ayniqsa, bir tizimdan ikkinchisiga o‘tish davrida har holda kuchli jamiyat zarur. Qon to‘kilishiga va qarama-qarshilikka yo‘l qo‘ymaslik, mintaqada millatlararo va fuqarolarning totuvligi, tinchligi va barqarorligini saqlash uchun shunday bo‘lishi zarur. Bu yo‘lda men jonimni fido qilishga tayyorman”, deb javob bergan edi.
O‘zbekiston xalqining istiqlol yillarida erishgan eng katta yutug‘i mamlakatda o‘rnatilgan tinchlik, osoyishtalik tartib-intizomdir.
Respublika aholisining mutloq aksariyati (97,5 foizi) bunday sharoitga bevosita I.A.Karimovning etakchiligida erishildi deb hisobladi.
I.A.Karimov yangi davrning jahon miqyosidagi davlat arbobi edi. O‘zbekiston xalqining buyuk yo‘lboshchisi, mamlakatninggina emas, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning bir qancha nishonlari va unvonlari bilan taqdirlangan.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin