O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi


O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə16/99
tarix15.01.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#79271
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99
UMK (2022-23)

2. O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar.
80-yillarning oxirlari, 90-yillarning boshlarida ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar.
O‘zbekiston Respublikasining rahbari I.A.Karimov 1989-yil 20- sentabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQ sining plenumida so‘zlagan nutqida respublikalar bilan Ittifoq o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib: “Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz”, - degan edi.
1990-yil bahorida Boltiq bo‘yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildilar. Ittifoq bo‘yicha o‘z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida yashayotgan 60 milliondan ortiq aholi milliy-etnik muammolar, mojarolarga duchor bo‘ldi.
1990-yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi. Dasturda respublikalar o‘z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi.
1991-yil fevral - mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida ishlashning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Boltiqbo‘yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo‘lib qatnashdi.
Respublikalar, jumladan, O‘zbekiston, markaziy idoralar hali o‘zining eskicha hukmron mavqeini saqlash ruhi singdirilgan bu hujjatdan qanoatlanmaganliklarini bildirdilar.
SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o‘zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991-yil 17-mart kuni Butunittifoq referendumini o‘tkazishga qaror qildi.
1991-yil 20-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati ham referendum o‘tkazishni ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo‘shimcha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror qildi.
Qo‘shimcha byulletenga “Siz O‘zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?” degan savol qo‘yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga “Ha” deb javob berdilar. O‘zbekistonliklar o‘z mamlakatini mustaqil davlat sifatida Federativ Ittifoqda bo‘lishini, O‘zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar.
O‘zbekiston rahbariyati referendum natijalariga asoslanib, respublikalarga to‘la mustaqillik berishni ko‘zlamaydigan shartnoma loyihasini rad etdi.
1991-yil aprelda Kievda Ukraina, Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Qozog‘iston Respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo‘ldi.
1991-yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 ta respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘ldi.
Ishtirokchilar tomonidan “Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan choralar to‘g‘risida qo‘shma Bayonot” imzolandi.
Bu hujjat “9+1” (9 respublika + markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kievda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi.
1991-yil 3-iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘ldi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to‘g‘risida keskin munozara bo‘ldi.
Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan “Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma” loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Kengashlariga muhokama uchun jo‘natildi.
Mazkur shartnoma loyihasi O‘zbekiston Oliy Kengashida 1991 -yil 14 iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamo-yillari asosida Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. SHu bilan birga, respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo‘nab ketdi. Moskvada markaziy hokimiyatni saqlab qolishga, respublikalar jilovini o‘z qo‘lida ushlab qolishga urinuvchilar tomonidan fitna tayyorlandi. Fitnachilar 1991 -yil 18 avgust kuni tayyorlangan va 19 avgustda matbuotda e’lon qilingan „Sovet rahbariyatining Bayonoti“da M.S.Gorbachyovning salomatligi yomonlashdi, shu sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yo‘q, degan soxta axborot bilan chiqdilar.
Bayonotda Prezident vakolatlari vitse-prezident G.I.Yanaevga o‘tkazilganligi e’lon qilindi. Aslida esa, Prezident M.S.Gorbachyov sog‘-salomat edi, ammo o‘zini himoya qila olmasdi. Fitnachilar uni mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib, qamoqqa solib qo‘ygan edi.
Mazkur qo‘mita sovet rahbariyatining Bayonoti, sovet xalqiga murojaatnoma, davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e’lon qildi.
Qaltis vaziyatda 1991-yil 19 avgustda O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Prezident O‘zbekistonning nuqtai nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo‘qligi, O‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi.
1991 -yil 20 avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilib Bayonot qabul qildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi va O‘zbekiston Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalarini og‘ishmay va izchil amalga oshirish yo‘lidan boraveradi, deb ko‘rsatildi.
1991-yil 21 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan O‘zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so‘zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo‘ydi.
Farmonda SSSRda favqulodda holat davlat qo‘mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo‘-yildi.
Fitnachilarning qonunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991-yil 19-21 avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro‘y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnani uyushtiruvchilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi.
Biroq, mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qolgan edi. Markaziy hokimiyat falaj bo‘lib qoldi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi.
I.A.Karimov Favqulodda holat davlat qo‘mitasi faoliyatiga o‘z munosabatini bildirmagan, qo‘rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr-qimmatini zarba ostiga qo‘yganini qoraladi.
Buning ustiga respublika kommunistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I.A.Karimov bundan keyin KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida bayonot berdi. Mazkur Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi Rayosati ma’qulladi.
1991-yil 25-avgustda O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan, Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi.
Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari kommunistik partiyadan butunlay xoli qilindi.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin