5. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. XX asrning 80-yillari oxirida O‘zbekistonda yuzaga kelgan keskin va jiddiy muammolar mavjud edi:
1. Respublikada demografik vaziyatning murakkabligi ya’ni 1979-1989 -yillar davomida O‘zbekistonda aholining o‘rtacha -yillik o‘sish sur’ati –2,8 foiz, ya’ni Ittifoqdagi aholining o‘rtacha -yillik o‘sish sur’atiga qaraganda, 3 barobardan ziyod, lekin aholining yuqori darajadagi o‘sishi uzoq -yillar davomida ish joylarini ko‘paytirish, aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan mustahkamlab borilmadi.
2) Respublika iqtisodiyotining biryoqlama, haddan tashqari nomaqbul ixtisoslashtirilishi. O‘sha paytda respublikamiz barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha sobiq Ittifoq respublikalari ichida oxirgi o‘rinlarda turar edi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish ittifoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha kam edi.
Qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligi oqibatida oziq-ovqat masalasida o‘zgalarga qaram edik. Kundalik ehtiyoj uchun zarur iste’mol mollarining uchdan ikki qismi, hatto oddiy tuz va gugurt ham chetdan olib kelinardi.
3) Ishlab chiqaruvchi kuchlarning stixiyali ravishda joylashtirilishi
4) Respublikadagi ijtimoiy ahvolning, aholi ijtimoiy ta’minoti va himoyasining mutlaqo qoniqarsizligi.
Islom Karimov 1989-yil 23- iyunda O‘zbekiston rahbari etib saylanganining ertasi kuniyoq hukumat majlisida respublikada vujudga kelgan o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ob’ektiv baho berdi va uning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilib, shunday yakuniy xulosa chiqardi: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”.
Bu da’vat yurtimizda siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka erishish yo‘lida keng qamrovli ishlar, milliy davlatchilik tarixida yangi davrning boshlanishi bo‘lganini keyingi jarayonlar yaqqol ko‘rsatdi.
Mavjud vaziyat tarixiy sharoit sabab tobora keskin tus olgandi. Negaki, respublikamiz va uning jafokash xalqini sobiq markazdagi partiya korchalonlari faqat qimmatbaho tola beruvchi paxta hosili zarur bo‘lib qolgandagina eslashlari oqibatida o‘zimizni boshi berk ko‘chaga kirib qolgandek his etardik. SHu bois, vaziyatdan chiqib ketish yo‘llarini tezkorlik bilan topish talab etilardi.
Yuridik fanlar doktori, huquq nazariyasi bo‘yicha mutaxassis Leonid Levitinning tarix va siyosiy fanlar professori, O‘rta Osiyoning siyosiy muammolari bo‘yicha amerikalik ko‘zga ko‘ringan olimlardan biri Donald S.Karlayl bilan hamkorlikda yozgan “Islom Karimov – yangi O‘zbekiston Prezidenti” nomli kitobida qayd etilganidek, 90-yillar boshida sovet respublikalaridan hech biri O‘zbekistonchalik halokat yoqasida emasdi.
Respublika xalqining tahminan uchdan ikki qismini tashkil etuvchi qishloq aholisi -yillar davomida ekspluatatsiya qilingan. Odamlar paxta yakkahokimligi sharoitida o‘ta og‘ir va sermashaqqat mehnatga mahkum, yashash uchun zarur mablag‘ning etishmasligi va umuman, adolatsiz ijtimoiy tuzumdan aziyat chekishardi, -deb yozilgandi Avstriya poytaxti nashrda.
XX asrning 90-yillari boshida yaqin xorij davlatlarining eng nufuzli gazetalarida mamlakatimiz haqida maqolalar “O‘zbekiston – qizib turgan samovar”, “O‘zbekiston – nonsizlar o‘lkasi”, “Quyosh botishi oldidan” kabi sarlavhalar ostida berilgan. Ko‘pgina kuzatuvchilar respublikani nafaqat dahshatli inqiroz kutayotganini, balki bu oqibatini tasavvur etish ham mushkul bo‘lgan muqarrar holat ekanini bashorat qilishardi.
O‘sha paytda ayrim shubhago‘ylar malayziyacha, amerikacha, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining modellaridan nusxa ko‘chirish tarafdori edilar. Ular boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda tatbiq etilgan bo‘lsa-da, xalqimiz qadriyatlariga, dunyoqarashiga to‘g‘ri kelmasdi. Bir necha “tayyor” retseptlar ham bot-bot takrorlanardi. Deylik, “shok terapiyasi” ulardan biri edi. Ammo uning tamo-yillari davlat iqtisodiyotini sog‘lomlashtirish va uni inqirozdan chiqarish bahonasida mehnatga layoqatli aholining 40 foizini ishsiz qoldirishi, hayot darajasini pasaytirishi, ijtimoiy tanglikni kuchaytirishi mumkin edi.