O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi


-2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə57/99
tarix15.01.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#79271
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99
UMK (2022-23)

4. 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari
Aholining keng qatlami, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan o’tkazilgan amaliy suhbat va muhokamalar, shuningdek amaldagi qonun xujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, tavsiyalari va sharhlarini o’rganish, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil qilish natijasi o’larok, 2017 yilning 7 fevralida Uzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2017-2021 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yunalishi buyicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Mamlakatni 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:
- Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari;
- Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari;
- Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari;
- Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari;
- Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.
- Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonda huquqiy demokratik asosdagi xalq davlatini barpo etish yo‘lini har tomonlama asoslab beradigan hujjat hisoblanadi. Huquqiy demokratik davlat ko‘rinishidagi xalq davlati qurilmoqda.
Harakatlar strategiyasidan ko’zlangan asosiy maqsad – islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizasiya qilish va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iborat edi. Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil buyicha Davlat dasturlari qabul qilingan holda amalga oshirilib kelindi.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin