АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ
|
xususiy, umumiy va ishla chiqarish kommunikatsiyasida axborotlar tayyorlash, qayta ishlash va yetkazish bilan bogʼliq boʼlgan obʼektlar, xarakatlar va qoidalar, shuningdek, barcha texnologiyalar hamda sanab oʼtilgan jarayonlarni birgalikda taʼminlovchi sohalar majmuasi
|
AHOLI BANDLIGI
|
mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy mehnatda qatnashish darajasi, qonunchilikka zid bo‘lmagan tarzda fuqaroning shaxsiy va ijtimoiy talablarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyati
|
AHOLI BANDLIGI SOHASIDAGI DAVLAT SIYoSATI
|
davlat tomonidan fuqarolarning mehnatga, to‘liq, samarali va erkin tanlangan bandlikka bo‘lgan huquqlarini ta'minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyati
|
AHOLINING UMUMIY DAROMADI
|
pul daromadlari va natura shaklidagi daromadlar hamdadoimiy asosda, takrorlanuvchi hususiyatga ega bo‘lgan, yillik yoki undan kam vaqt oralig‘idagi davrda uy xo‘jaligi yoki uning alohida a'zolariga tushadigan tushumlardan tarkib topadi
|
AHOLI DAROMADLARI
|
aholining ma'lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori
|
AQIDAPARASTLIK
|
(aqida-arab.-ishonch, biror narsani ikkinchisiga bog'lash) muayoyan sharoitda, biron-bir o'oyaga qat'iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni hamda ularni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko'r-ko'rona qo'llash
|
BAKALAVR
|
(lot. Baccalaureus) Oliy ta’lim dasturining birinchi bosqichini tugallagan talabalarning ilmiy darajasi
|
BANK
|
(frans banque – tashkilot, muassasa) – pul mablag‘larini o‘zida saqlovchi, kredit (qarz, ssuda) beruvchi, pul hisobotlarini, pul chiqarishni (emissiyani), qimmatli qog‘ozlar (banknotlar, cheklar, veksellar) chiqarishni amalga oshiruvchi va davlatlar, korxonalar, muassasalar va alohida shaxslar orasida o‘zaro to‘lovlarni va hisob-kitobni amalga oshirishda vositachi
|
BAYONOT
|
xalqaro huquqda bir yoki bir necha davlatning siyosiy partiyasi yoki partiyalari, hukumati yohud hukumatlarining bir yoki bir necha davlatlarga oid muhim masalalar yuzasidan o‘z rasmiy fikrlari, qarashlari hamda maqsadlarini, ma’lum hatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashlari yoki aksincha, qoralashlarini, ularga e’tiroz bildirishlarini ifodalaydigan hujjat.
|
|