O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi


O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə26/99
tarix15.01.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#79271
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   99
UMK (2022-23)

5. O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish.
Mamlakatimiz yangi asrga kirar ekan, jamiyatda siyosiy, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda yangi, yuqori bosqichga ko‘tarildi.
Shulardan birinchi ustivor yo‘nalish-mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish.
Siyosiy sohani erkinlashtirish borasida:
-avvalambor, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida muvozanatni ta’minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zarur.
Demokratiyaning eng muhim tamoyili-odamlarning saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish lozim.
Davlat qurilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish masalasi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi vazifalar hokimiyat barcha tarmoqlarini bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borish, ularning haq-huquqlari va erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat. Fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlariga katta umid bog‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yanvarda “Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijtimoiy himoya sohasida o‘z-o‘zini boshqarish organlariga yangi vakolatlar berishni ko‘zda tutadi: 1) fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ijtimoiy rolini oshirish; 2) hududlarni ijtimoiy rivojlantirish; 3)muhtoj oilalarga aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad ko‘rsatishni takomillashtirish. Davlat tomonidan bajariladigan vazifalarni fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlariga o‘tkazilishi, nodavlat tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, undagi jamoa ruhi va tabiatini mustahkamlashni, samaradorligini oshirishni talab qiladi. 1999-yil aprel oyida Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri aynan shu maqsadga qaratilgan.
Insoniyat tarixida yangi davr-Inson huquqlari davri boshlandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1995-2005 yillarni kurramizda “Inson huquqlari o‘n yilligi” deb e’lon qildi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘tgan qisqa davr ichida insonning huquq va erkinliklari to‘g‘risida milliy qonunchilik tizimini tashkil etuvchi yuzdan ortiq qonunlar qabul qilindi. O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha 40 ga yaqin xalqaro shartnomaga qo‘shildi va ularga bizning mamlakatimizda ham amal qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro va huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va barcha respublika aholisining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazini tuzish to‘g‘risida” 1996-yil 31-oktyabr Prezident Farmoni e’lon qilindi.
1991-yil noyabrida Parlament “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Ushbu qonun bilan birga Oliy Kengash 1991-yilda “O‘zbekiston Respublikasi referendumi to‘g‘risida”gi Qonunni ham qabul qildi.
1991-yil 29-dekabrida muqobillik asosida O‘zbekiston tarixida birinchi marta respublika prezidentligiga saylovlar o‘tkazildi.
Konstitutwiya asosida 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun va nihoyat “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi qonunlari o‘zbek saylov qonunchiligi tizimini huquqiy asoslarini tashkil qiladi.
Inson, uning huquqi va erkinligi masalasi demokratik-huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri bo‘lib, u davlat va jamiyatning qay darajada rivojlanganini ko‘rsatuvchi mezondir.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan e’tiboran, inson huquqlari va erkinligini aniq belgilash, ularning kafolati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo‘lidan bordi.
1991 yil 31 avgustda qabul qilingan „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligito‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti“ da O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquq doirasida hamma e’tirof etgan qonun-qoidalar ustunligini tan oladi, deb bildirildi.
O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga doir BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan „Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi“ (1948 yil 10 dekabr), „Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt“ (1966 yil 19 dekabr), „Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt“ (1966 yil 19 dekabr) kabi xalqaro hujjatlar tan olindi va ularga sadoqat bilan amal qilinmoqda.
O‘zbekiston BMT kotibiyatining inson huquqlari va erkinliklariga doir 21 ta deklaratsiya, pakt va konvensiyalarga qo‘shildi.
O‘zbekiston evropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hujjatlarini tan oldi va uning demokratik institut va inson huquqlari bo‘yicha Byurosi bilan inson huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida O‘zbekistonda demokratiya umumin-soniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi, deb belgilab qo‘yildi. Konstitutsiyada qonunlashtirib qo‘yilganidek, O‘zbekistonda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
O‘zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik qabul qilingan, ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi.
Inson hayoti qonun bilan qo‘riqlanadigan muqaddas qadriyatdir. Insonning shaxsiy huquq va erkinliklari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, „Fuqarolik kodeksi“ (1995 yil 21 dekabr), „Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida“ (1994 yil 6 may), „Fuqarolar muhofazasi to‘g‘risida“ (2000 yil 26 may), „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida“ (1998 yil 1 may kuni yangi tahrirda qabul qilingan) va boshqa qonunlar bilan kafolatlangan.
Fuqarolarning siyosiy huquqlari Konstitutsiya, „Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida“, „Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida“, „Siyosiy partiyalar to‘g‘risida“ va boshqa Qonunlar bilan himoya qilinadi.
„Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida“ gi Qonun (1995 yil 30 avgust) ana shu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘langan. Davlat fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ham o‘z hududida, ham uning tashqarisida himoya qiladi, ularga homiylik qiladi. Shuningdek, barcha fuqarolar davlat, jamiyat va boshqa fuqarolar oldida muayyan burchlarni, majburiyatlarni ham o‘taydi. Fuqarolarning burchlari, majburiyatlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining „Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida“, „Er to‘g‘risida“, „Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida“, „Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida“ va boshqa Qonunlarida fuqarolarning tabiat bilan bo‘ladigan muloqotdagi majburiyatlari belgilab berilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil nson huquqlarini himoya qiluvchi tizimga Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz kiradi.
1995 yil 23 fevralda birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) lavozimi ta’sis etildi va bu lavozimga Sayyora Rashidova saylandi. Inson huquqlari bo‘yicha vakil o‘z faoliyatida huquqni himoya qiluvchi organlar bilan aloqada ishlaydi, shaxslar va davlat, shaxslar va hokimiyat orasida munosabatlarni yaxshilashga ko‘maklashadi. Inson huquqlari bo‘yicha vakilning maqomi va faoliyat doirasi 1997 yil 26 aprelda qabul qilingan „Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) to‘g‘risida“ gi Qonun bilan belgilab berildi. Vakil faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
• inson huquqlariga doir qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish;
• shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha aniq mexanizmni yaratish va fuqarolar huquqlarining tiklanishi uchun samarali choralarni ko‘rish;
• vakilning fuqarolar, nohukumat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan inson huquqlari monitoringi sohasidagi hamkorligini mustahkamlash;
• vakilning inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil yil oxirida sohadagi ishlar haqida parlament va Prezidentga ma’ruzalar kiritadi. O‘z faoliyatini olib borish paytida vakilning daxlsizligi ta’minlanadi va u tergov ishlari sohasida katta vakolatlarga ega.
Vakil BMT ning inson huquqlari bo‘yicha markazi, YXHT ning demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan hamkorlik qiladi, uchrashuvlar va xalqaro seminarlar uyushtiradi.
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda Prezident farmoniga asosan 1996 yilning noyabrida tashkil etilgan „Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz“ning ahamiyati ham kattadir. Milliy markaz inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tayyorlaydi.
Milliy markaz inson huquqlari bo‘yicha davlat hokimiyati, boshqaruv idoralari va jamoat birlashmalariga maslahatlar, takliflar berib turmoqda, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazmoqda. Milliy markaz fuqarolarning huquqlarini amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlarning axborot bazasini barpo etdi.
Shuningdek, Milliy markaz xalqaro va milliy tashkilotlar, hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda, inson huquqlari sohasida davlatlararo ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar ishlab chiqish, ekspert baholash ishlarida qatnashmoqda.
Respublikamizda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlarga muvofiqligini, xalqaro huquqiy me’yorlarini mamlakatimizning amaldagi qonun hujjatlariga joriy etilishini ta’minlashda 1996 yil dekabrda tashkil etilgan Oliy Majlis huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti ham ijobiy tadbirlarni amalga oshirdi.



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin