9-mavzu: Siyosiy-huquqiy sohadagi (10 ta) ustuvor xalqaro reytinglar va ularga O’zbekistonning integrasiyalashuvi (6 soat).
Uslubiy ko‘rsatma
O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi. O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi va jahon hamjamiyatidagi o‘ziga xos o‘rni. O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va mavqeining oshib borishi. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari. O‘zbekistonning Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari. Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi. O‘zbekiston tashqi siyosatida Rossiya, AQSh, Xitoy mamlakatlarining o‘rni.
TOPSHIRIQ:
O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarining yo‘lga
qo‘yilishi to’g’risida SWOT-tahlil tayyorlang.
ADABIYOTLAR:
1. Oʼzbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. – Toshkent: «Sharq», 2000.
2. Mustaqil O‘zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. – Toshkent, 2000.
3. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug‘at // M.Abdullayev va boshqalar: to‘ldirilgan uchinchi nashr. - Toshkent: Sharq, 2006.
4. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. Mas’ul muharrir A.Sabirov. – Toshkent: Akademiya, 2013.
5. www.google.uz.
6. www.gov.uz.
10-mavzu: Iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi (14 ta) ustuvor xalqaro reytinglar va ularga O’zbekistonning integrasiyalashuvi (6 soat).
Uslubiy ko‘rsatma
O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar. Ushbu ko‘rsatkichlarni oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasida quyidagi suveren indeks va indikatorlar tizimiga integratsiyalashuv jarayonlari jadallashtirilmoqda: “Biznes yuritish” indeksi, Boshqaruv sifati indikatorlari, Elektron hukumatni rivojlantirish reytingi, “Korrupsiyani qabul qilish” indeksi, “Logistika samaradorligi” indeksi, Jahon bankining Statistik salohiyat indeksi, Iqtisodiy erkinlik indeksi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimi, Inson kamoloti indeksi, Huquq ustuvorligi indeksi, Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi, Matbuot erkinligi indeksi (umumiy 13 ta).
TOPSHIRIQ:
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida tanqidiy-tahliliy maqola tayyorlang.
ADABIYOTLAR:
1. Oʼzbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. – Toshkent: «Sharq», 2000.
2. Mustaqil O‘zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. – Toshkent, 2000.
3. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug‘at // M.Abdullayev va boshqalar: to‘ldirilgan uchinchi nashr. – Toshkent: Sharq, 2006.
4. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. Mas’ul muharrir A.Sabirov. – Toshkent: Akademiya, 2013.
5. www.google.uz.
6. www.gov.uz.
Dostları ilə paylaş: |