O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti «O‘zbekiston tarixi» kafedrasi



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə78/99
tarix15.01.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#79271
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   99
UMK (2022-23)

TAVSIYALAR:


ESSE
Yozuv malakalarini rivojlantiruv interfaol usullar.
Bunday usullar ham inson fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Ular norasmiy fikr va qiyofalarni qayd qilish, har tomonlama ko’rib chiqilmaguncha saqlab turish va ularni yanada aniqroq ifodalash imkonini beradi. Bunday usullardan foydalanish yaxshi mikoniyatlar beradi. Yozma nutqni rivojlantirishning quyidagi usullariga to’xtalamiz:
A) Esse “frantsuzcha – tajriba- dastlabki loyixa” shaxsning biror maqsadga mavzuga oid yozma ravishda ifodalangan dastlabki mustaqil erkin fikri. Bunda tinglovchi o’zining mavzu bo’yicha taassurotlarini, g’oya va qarashlarini erkin tarzda bayon qiladi. Esse yozishda xayolga kelgan dastlabki fikrlarni zudlik bilan qog’ozga tushurish, iloji boricha ruchka (qalam) ni qog’ozdan uzmasdan, to’xtalmasdan yozish. So’ngra matnni qayta tahlil qilib, takomillashtirish tavsiya etiladi. Mana shundagina yozilgan essening haqqoniy bo’lishi e`tirof etilgan. Essening muayyan mavzuni, tayanch tushuncha yoki erkin mavzuga bag’ishlab yozish tavsiya etiladi. Esse-talabalarning darsda eshitgan ma`ruzasi yoki to’plagan ma’lumotlari yuzasidan idrok etgan, o’zlashtirgan tushunchalarini umumiy tarzda qisqa bayon qilib beruvchi xati hisoblanadi.


MAQOLA

  1. Sarlavha

  2. Kirish (siz yozmoqchi bo’lgan masalaning asosiy g’oyasini qisqacha ochib berish kerak)

  3. Asosiy qism – bir nechta tavsiyalar yoki ma’lumotlardan iborat

  4. Xulosa (yakun yasash, xulosa qilish).



SWOT-tahlil nima?


S – kuchli tomonlar (STRONG)
W – zaif tomonlar (zaif tomonlar) (WEAK)
O – imkoniyatlar (OPPORTUNITY)
T – tahdidlar (THREAT)
Bu tahlil paytida nimani baholash kerakligi ro'yxati. SWOT tahlili sizni kelajak haqida o'ylashga undaydi. Siz tahlil qilmoqchi bo’lgan muammoning qirralarini ochib berish, masalani to’liq tasavvur etish, rivojlanish jarayonini kuzatishga imkon beradi.
SWOT-tahlil muayyan muammoni kuchli va zaif tomonlarni ochib beradi. Kuchli va zaif tomonlar ichki omildir, imkoniyatlar va tahdidlar tashqi ta'sirga ega. Ichki omillar to'g'ridan-to'g'ri sizning bilimlaringizga, ma’lumotlarga, tashqi omillar esa uni o'rab turgan muhitga bog'liqdir.
Kuchli va zaif tomonlar sizga hozirgi ishlarni ko'rishga imkon beradi, imkoniyatlar va tahdidlar kelajakka qaratilgan. Bu tahlil orqali siz ko’targan masala bo’yicha nima bo'layapti va nima bo'lishi mumkinligi haqida sizning tasavvurlaringizni boyitadi.




Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin