O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


-ILOVA 9-MAVZU: O‘ZGARMAS TOK ELEKTR MASHINALARI



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə52/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

1-ILOVA
9-MAVZU: O‘ZGARMAS TOK ELEKTR MASHINALARI.
Reja:

  1. O ‘zgarmas tok mashinalarining tuzilishi .

  2. O‘zgarmas tok mashinasining ishlash tartibi

  3. O ‘zgarmas tok mashinalarining uyg‘otish sistemalari. 4 . O‘zgarmas tok generatorining elektr tavsifi.

Tayanch so‘zlar va iboralar: stator, rotor, qo‘zg‘atuvchi cho‘lg‘amlari, yakor o‘rami, generator, o‘zgarmas tok mashinasi, o‘zgarmas tok dvigatellari.
2-ILOVA
Baholash mezoni.


Baholash mezoni

Baho

1.

Savollarga to‘liq javob berish, misol dalil keltirish..

5

2.

Savollarga noto‘liq javob berish.

4

3.

Savollarga qisman javob berish

3

4.

Savollarga umuman javob bermaslik

2

3-ILOVA
O ‘zgarmas tok mashinalarining tuzilishi.

1-rasm da o‘zgarmas tok mashinasining umumiy ko‘rinishi va ko‘ndalang kesimi ko‘rsatilgan. Mashinaning qo‘zg‘almaydigan qismi stator deb atalib, po‘lat magnit o‘tkazgich (1) staninaga joylashgan (2). Magnit o‘tkazgichning ichki doirasi bo‘yicha po‘lat qutblar joylashgan (3) bo‘lib, ular yupqa po‘lat tunkalardan tayyorlangan. Qutblarga o‘ramli g‘altaklar joylashtirilgan (4). Tok bu g‘altaklardan oqib o‘tib, qutblarda o‘zgarmas magnit oqimlarini hosil qiladi. Mashinaning aylanuvchan qismi rotor deb atalib, po ‘lat tunukalardan silindr shaklida tayyorlangan bo‘lib, uzunasidagi qirqilgan ariqchalar (pazalar) ichiga cho‘lg‘amlar o‘ralgan g‘altaklar joylashtirilgan. Rotor aylanganda bu o‘ramlarda elektr yurituvchi kuch hosil bo‘ladi. G‘altakdagi o‘ramlarning uchlari kollektorlarga ulangan (5). Bu kollektor plastinkalar g‘ildirak shaklida bir-biriga izolyatsiyalar bilan yopishtirib joylashtirilgan. Bu izolyasiyalar shaffof mineral (slyuda) jism lardan tayyorlangan. Kollektorlarga tashqi tomondan cho‘tkalar bosim bilan yopishib turadi (6). Bu cho‘tkalar ko‘mirga o‘xshaydi. Ular alohida cho‘tka ushlaydigan qismlarga joylashtirilgan (7). Kollektor cho‘tkalari bilan birga o‘zgaruvchan tokni o ‘zgarmas tokga aylantirib beradi. Rotorning o‘qi (vali) (8) podshipnikga joylashtirilgan bo‘lib, mashinaning chetidagi qopqoqlarga o‘rnatilgan (9). Mashinaning qutblariga joylashtirilgan cho‘tkalardan chiqqan simlaring uchlari (10), yopiladigan qopqoqning ichiga olib kelinadi. Mashinaning oyoqlari (11) uni fundamentga mahkamlash uchun , dumaloq ilgaklari (12) esa uni ko‘tarish va boshqa joylarga ko‘chirish uchun xizmat qiladi.
Qutblariga joylashtirilgan o‘ramlarni qo‘zg‘atuvchi cho‘lg‘amlari deb aytiladi.
O ‘ramlar qutblarda va ular orasida magnit maydonini hosil qilish uchun xizmat qiladi. Mashina yakori aylantirilganda (generator vazifasida), unda elektr yurituvchi kuch hosil bo‘ladi, agarda (dvigatel vazifasida) elektr toki ulanganda yakor o‘rami deb aytiladi.


Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin