1.Mustaqil uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalarida elektromagnitlarning chulg‘amlari tashqi o‘zgaruvchan tok manbaidan, masalan akkumuliyatorlar batareyasidan energiya bilan ta’minlanadi.
2.O‘z – o‘zidan uyg‘otishli mashinalarga tok mashinaning yakor’ chulg‘amidan keladi.
O‘yg‘otish chulg‘amining yakorga ulanish usuliga qarab,
a) tashqi manbadan uyg‘otishli, b) ketama – ket uyg‘otishli, v) parallel uyg‘otishli, g) aralash uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalariga bo‘linadi
Ular printsipial sxemalarda quyidagicha ko‘rsatiladi (5-rasm)
5-rasm.Uyg‘onish chulg‘amini ulanish bo‘yicha doimiy tok dvigatellari turlari.
O‘zgarmas tok mashinalari hamma elektr mashinalari singari magnit induktsiya printsipiga asosan ishlaydi. Ularda ikki xil magnit maydoni ta’sirida aylanish momenti M yuzaga keladi.
4-ILOVA Mustahkamlash uchun savollar.
1.O‘zgarmas tok motori deb qanday dvigatelga aytiladi?
2.O‘zgarmas tok motorining tuzilishi va ishlash printsipi qanday? 3.O‘zgarmas tok dvigatellarini qanday turlarini bilasiz? 4.O‘zgarmas tok mashinasini momenti qanday aniqlanadi? 5.O‘zgarmas tok motori tezligini qanday rostlash mumkin? 6.O‘zgarmas tok tok motorini avfzalligi va kamchiligi nimada
5-ILOVA Boshqotirma (1)
Savol: 1.Tokli o‘tkazgich atrofidagi… maydon. 2.zaryadli zarralarning tartibli harakatiga …toki deyiladi.
3.elektr zaryadlarni to‘playdigan 2 ta plastinka.
4.tebranishlar amplitudasining keskin oshishi…
5.tok kuchini cheklovchi kattalik.
6.elektr energiyani mexanik energiyaga aylantiruvchi mashina.
7.el.mashinaning qo‘zg‘almaydigan qismi.
8.vaqt birligidagi tebranishlar soni.
Savol: 1.Zaryadli zarralarning tartibli harakatiga …toki deyiladi.
2.O ‘zgarmas tok mashinasi generator vazifasida ishlaganda, uning rotorini o‘zgaruvchan tok dvigateli aylantiradigan qurilma… 3. elektr zaryadlarni to‘playdigan 2 ta plastinka.
4.Kuchlanishni o‘zgartiradigan asbob…
5.tokli o‘tkaazgich atrofidagi maydon.
6.muvozanat vaziyatidan eng kata og‘ish.
7.O‘zgarmas tok dvigatelini yaratgan olim.