O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


-ILOVA. 15-MAVZU:YARIM O‘TKAZGICHLI ASBOBLAR



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə86/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

1-ILOVA.
15-MAVZU:YARIM O‘TKAZGICHLI ASBOBLAR.
Reja:
1.Yarimo‘tkazgichli asboblarning xususiyatlari.
2.Tranzistorlar va tiristorlar.
Tayanch so‘zlar va iboralar: p-tupli, n- tuple, p-n- o‘tish, Tranzistorlar, baza , emitter, kollektor.
2-ILOVA.
Baholash mezoni.


Baholash mezoni

Baho

1.

Savollarga to‘liq javob berish, misol dalil keltirish..

5

2.

Savollarga noto‘liq javob berish.

4

3.

Savollarga qisman javob berish

3

4.

Savollarga umuman javob bermaslik

2

3-ILOVA. Umumiy tushunchalar.
Yarimo‘tkazgichli asboblarning xususiyatlari elektron asboblarnikiga o‘xshash bo‘lgani uchun qator afzalliklarga ega. Hozirgi vaqtda elektron tuzilmalarda faqat shunday asboblar qoilaniladi. Yarim o‘tkazgichli materiallar o‘zlarining elektr o‘tkazuvchanligiga ko‘ra o‘tkazgichlar (masalan, mis yoki aluminiy) va dielektriklar, ya‘ni elektr tokini o‘tkazmaydigan materiallar orasida joylashgan. Ular kristall, amorf va suyuq ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda ko‘p roq selen, kremniy va germaniydan yasalgan yarim o‘tkazgichlar qo‘llaniladi. Moddalar ularning tarkibida erkin zaryadlangan zarrachalar borligi tufayli elektr o‘tkazuvchanlik xossalariga ega. Yarim o‘tkazuvchi materiallarda elektr o‘tkazuvchanlik ular tarkibida elektron va „teshik“ borligiga asoslangan. Teshik — bu atom atrofida o‘z orbitalari bilan aylanuvchi elektronlarning qandaydir ta’sir natijasida yo‘qotgan o‘rni. Demak, teshik elektronlari yetishmaydigan atom bo‘lib, uning zaryadi musbat. Yarim o‘tkazgich moddalarda tok paydo qilish uchun ko‘rsatiladigan ta’sir har xil bo‘ladi. Bu moddaning qizishi, elektromagnit maydon ta’siri, yorug‘‘lik (fotodiod) ta’siri bo‘lishi mumkin. Yarimo‘tkazgich moddalarda o‘zining elektr o‘tkazuvchanligidan boshqa aralash o‘tkazuvchanlik ham bo‘ladi. Bu aralash o‘tkazuvchi modda „elektronli“ yoki “teshikli” bo‘lishi mumkin. Aralash yarimo‘tkazgichning o‘tkazuvchanligi “teshikli” bo‘lsa, bunday yarim o‘tkazgich p-tupli, aksincha bo‘lsa, n- tupli deyiladi.

1-rasm. Yarim o‘tkazgich tarkibining soddalashtirilgan sxemasi. Ikkita p- tupli va n- tupli tutashgan yarimo‘tkazgichlar p-n- o‘tish deyiladi. Yarimo‘tkazgichli diodning xarakteristikasi mana shu p-n- o‘tishning xossalarini aniqlaydi. 2- rasmda p-n- o‘tish va diodning shartli belgisi ko‘rsatilgan. Ma’lum yo‘nalishli kuchlanish p-n- o‘tishning qarshiligini keskin kamaytiradi, demak, tok o‘tadi. Bu p-no‘tishning ochiq „to‘g‘ri“ yo‘nalishidir. p-n- o‘tishga, ya‘ni diodga „teskari“ kuchlanish bilan ta’sir etilsa, p-n- o‘tish yopiladi, ya‘ni uning qarshiligi keskin kamayadi, tok deyarli
2-rasm. 3-rasm.
nolga teng bo‘ladi. Yarimo‘tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasi aynan ana shu xossani aks ettiradi. To‘g‘ri „ UG“ kuchlanish bilan ta’sir etganda, p-n- o‘tishga ta’sir qiluvchi elektr maydon qarshilikni keskin kamaytiradi, tok esa keskin oshadi. Bu kuchlanish teskari ishorali bo‘lganda, kuchlanish o‘nlab marotaba oshganiga qaramasdan, (2rasm) tok kichik bo‘ladi. Bu diodning asosiy xususiyati hisoblanadi. Agar yarimo‘tkazgichli diod va lampani diodning volt-amper xarakteristikasiga (3- rasm, b) solishtirsak, har ikkala asbob tokni bir tomonlama o‘tkazish xususiyatiga ega ekanligini ko‘ramiz, lekin yarimo‘tkazgichli diodda bu xususiyat yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Keyingi mavzularda diodning, aynan ana shu xossasiga asoslangan tuzilma — to‘g‘rilagichlar haqida fikr yuritamiz. Tuzilishiga ko‘ra yarimo‘tkazgichli diodlar: „nuqtali“ va „yalpoqli“ diodlarga bo‘linadi. Ular volt-amper xarakteristikalarining umumiy ko‘rinishida farq kam. „Nuqtali“ diodlaming „to‘g‘ri“ toki kichik, lekin katta chastotaga, birnecha Mgs moslangan.
4 - rasmda ; ham yalpoqli, ham nuqtali diodning.! volt-amper xarakteristikasi ko‘rsatilgan. Atrof-
muhitning harorati 20°C
bo‘lganda o‘tayotgan tok 1 = 400 A dan ham oshishi mumkin. 4- rasmda nuqtali diodning volt amper xarakteristikasi ko‘rsatilgan. Atrof muhitning harorati 20°C bo‘lganda eng kata tok 10 A dan oshmaydi.
4-rasm.
Quyidagi jadvalda nuqtali va yalpoqli diodlarning asosiy ish kattaliklari keltirilgan.

Agar teskari kuchlanishni uning ruhsat etilgan qiymatidan oshirsak (jadvalda ko‘rsatilgan), teskari tok keskin oshadi, diodning harorati juda ko‘tarilib shikastlanadi, ya‘ni elektr teshilish yuz berib, diod yemiriladi. Lekin, haroratning yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan qiymatgacha ko‘tarilishining oldini olsak, diod teskari kuchlanishda ishlashi mumkin. Bunday asbob stabilitron deyiladi. Bu asbob elektr zanjiri yoki mexanizmlaming kuchlanishi maium qiymatdan oshib ketmasligini ta’minlaydi. Demak, stabilitron elektron mexanizm yoki uning bir qismining kuchlanishini ma’lum kattalikdan oshmasligini ta’minlovchi asbob ekan. Haroratning yol qo‘yib bolmaydigan qiymatgacha ko‘tarilishining har xil usullar bilan oldi olinadi. Masalan, puflab stabilitron atrofini biroz sovitish. Diodlar va stabilitronlar elektron mexanizmlarda keng qoilaniladi.

5-rasm. Yarim o‘tkazgichli diodnig ishlash prinsipi

6-rasm. Germaniyli qotishmali diodning tuzilishi: i1anod uchi; 2 —indiy; 3’- p —elektr o ‘tkazuvchi soha; 4 -n —germaniyli kristall; 5—vismut, surma va qo‘rg‘oshin qotishmali bog‘lanish; 6—katod uchi
7-rasm. Diodning shartli belgisi 2.Tranzistorlar va tiristorlar.
Tranzistor — ikki va undan ortiq p-n- o‘tishdan tuzilgan yarimo‘tkazgich asbob boiib, signalni kuchaytirish yoki signalni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Signal axborot tashuvchi elektr kattalik, tok yoki kuchlanish bolishi mumkin. Axborot tok yoki kuchlanishning amplitudasi, chastotasi yoki boshlangich fazasi orqali, masalan, ovoz elektromagnit amplitudasi orqali ifodalanadi. Bu elektromagnit tolqin alohida qabul qiluvchi mexanizm yordamida tok yoki kuchlanishga aylantiriladi. Bu signal kuchaytiriladi va qator qaytar ishlashlardan keyin radiodinamik mexanizmda ovozga aylantiriladi.
Tranzistorlar ikkita p-n- o‘tishdan iborat bo‘lib, bu o‘tishlar navbatlashib kelishiga qarab ikki turga bo‘linadi: p-n-p — tranzistor va n-p-n — tranzistor. Tranzistorlarda uchta qatlam bo‘lib, o‘rtadagi qatlam baza deb, ikki tomondagisi emitter va kollektor deb ataladi.
8-rasm. 9-rasm.
Emitter qatlami zaryadlangan zarrachalar (elektronlar va teshiklar) bilan ta’minlovchi qatlamdir. Kollektor — zaryadlami qabul qiluvchi qatlam. 8- rasmda p-n-p — triodning qatlamlari va ularning shartli belgilanishi ko‘rsatilgan. Tranzistor qutblarining ishorasi ularni ulash sxemasiga bog‘liq. Sanoat elektrotexnikasida ko‘p incha umumiy emitter sxema qo‘llaniladi. Yarimo‘tkazgichli triodning me’yoriy ishlashi diodnikiga o‘xshash bo‘lib, uning haroratiga bogliq. Umuman, yarim o‘tkazgichli barcha asboblarning ishlash xususiyati atrof muhitning, demak, uning o‘zining haroratiga bogliq. Tiristor — yarimo‘tkazgichli boshqariladigan diod bo‘lib, bu asbobda anod va katod tokining boshqarish imkoniyati mavjud. U to‘rt qatlamli p-n-p, olishdan iborat va P-qatlamidan alohida qutb chiqariladi .Undan boshqarish toki Ib olganda anod — katod qarshiligi RA = 0, demak, zanjirdan tok oladi. Boshqarish qutbiga alohida manba ulanadi. Bu yarim o‘tkazgichli asbob chastota o‘zgartirgichlarda ko‘p qo‘llaniladi

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin