O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini


-ILOVA № 2. MAVZU:O‘ZGARMAS TOK ELEKTR ZANJIRLARI



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə11/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

1-ILOVA № 2. MAVZU:O‘ZGARMAS TOK ELEKTR ZANJIRLARI .
Reja.

  1. O‘zgarmas tok elektr zanjiri haqida ma‘lumot.

  2. Tok kuchi va uning o‘lchov birliklari.

  3. Om qonuni ta‘rifi.

4.Kirxgof qonunlari.
Tayanch so‘zlar va iboralar:elektr zanjiri,tok kuchi,o‘zgarmas tok, o‘zgarmas tokning shartli belgilari,Om qonuni,elektr energiyasi,o‘tkazgichlarni ulash,Kirxgof qonunlari.
2-ILOVA. Baholash mezoni.

T/r

Baholash mezoni

Baho

1.

Savollarga to‘liq javob berish, misol dalil keltirish..

5

2.

Savollarga notoliq javob berish.

4

3.

Savollarga qisman javob berish

3

4.

Savollarga umuman javob bermaslik

2

3-ILOVA.
1.O‘zgarmas tok elektr zanjiri.
Elektr tokini hosil qiluvchi va uning oqib o‘tishini ta‘minlovchi qurilmalar yig‘indisi elektr zanjiri deyiladi (6-rasm ). Elektr zanjirining asosiy qismlari manba (generator), iste‘molchi va biriktiruvchi o‘tkazgichlar(simlardan) iborat. Elektr zanjiridan o‘tayotgan tok:
;
bu yerda: U — kuchlanish, volt bilan o‘lchanadi; R — qarshilik, Om bilan o‘lchanadi; I — tok kuchi, amper bilan o‘lchanadi.

1-rasm. Elektr zanjirining eng sodda chizmasi.
Vaqt birligida miqdori va yo‘nalishi o‘zgarmaydigan elektr toki o‘zgarmas tok deb ataladi. Zanjirdan vaqt birligi 1 sekund ichida kuchi 1 Amper (1 A) ga teng bo‘lgan tok o‘tsa, zanjirga zaryadlar miqdori 1 Kulon (1 C) ga teng bo‘lgan elektr zaryadlari keltirilgan hisoblanadi. Elektr energiya manbai bir necha xil bo‘lishi mumkin. Birinchisi, elementlar manbai hisoblanib, iste‘molchilarni elektr energiyasi bilan ta‘minlaydi. Ikkinchisi, elektr energiyasini boshqa turdagi energiyalarga aylantirib beradi (mexanika, issiqlik, yorug‘‘lik, kimyoviy va boshqalar). Uchinchisi, elektr energiyasini manbadan elektr iste‘molchilarga yetkazib beradi (o‘tkazgichlar, uskunalar va boshqalar). O‘zgarmas tok manbalari galvanik elementlar, elektr akkumulyatorlar, fotoelementlar, elektromexanikaviy generatorlar, termoelektr generatorlardan iborat (2-rasm ).

2-rasm. O‘zgarmas tok manbalarining shartli belgilari:
a—galvanik va akkumulyator elementlari; b—elektr mexanikaviy generator; d— termoelektr generator (termopar); e-fotoelement; f-—o‘zgarmas tok elektr yurituvchi kuch (E.Yu.K.) manbasining umumiy belgisi.
O‘zgarmas tokni mexanikaviy (elektrodvigatellar), issiqlik, yorug‘‘lik, elektrolizga aylantiruvchi uskunalar iste‘molchilar deb ataladi (9-rasm ).

3-rasm. O‘zgarmas tok iste‘molchilarining shartli belgilari:
a—elektrodvigatel; b—rezistor; d—isitish elementi; e—elektr pechkasi; f —yoritish lampasi

Yüklə 9,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin