O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini



Yüklə 9,04 Mb.
səhifə12/116
tarix21.10.2023
ölçüsü9,04 Mb.
#158444
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   116
Elektrotexnika va elektronika asoslari Xakimbek Abduxalimov111

2. Tok kuchi.
Тоk kuchining ta’sirini uning kuchini fikrlash bilan aniqlash mumkin. Tok kuchi o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan ma‘lum vaqt ichida o‘tgan elektr miqdoriga bog‘liq. Tok kuchi o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan bir sekundda o‘tgan elektr miqdori bilan o‘lchanadi. 1 Kulon zaryad 6,25 • 1018 elektronlar zaryadiga teng. Agarda tok kuchi I bilan, elektr miqdori Q bilan belgilansa, o‘tkazgichkesimi yuzasidan o‘tgan elektr zaryadi vaqti t bo‘lsa, u holda elektr miqdorini vaqt miqdoriga bo‘lib, tok kuchini quyidagicha topamiz:

Tok kuchini o‘lchash uchun amper o‘lchov birligi xizmat qiladi. Amper — bu shunday tok kuchiki, unda o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan bir sekuntda bir Kulon elektr o‘tadi.Shunday qilib,

Agarda tok kuchi 3 amperga teng bo‘lsa, u holda I = 3 А deb yoziladi. Amperning mingdan bir qismini milliamper, milliondan bir qismi esa mikroamper deb aytiladi. Shunday qilib, 1A = 1000 milliamper (m A ), 1A = 1000000 mikroamper (mkA).
Masala. Yarim soatda o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan 3600 C zaryad o‘tadi. O‘tkazgichdan o‘tgan tok kuchi miqdorini topish kerak. Yechish. Tok kuchi miqdori quyidagi formula bo‘yicha topiladi:

Formulada vaqt t sekundda berilganligi sababli yarim soatni sekundlarga aylantirish kerak: 60 • 30 = 1800 s. Endi tok kuchini topamiz:

3. Om qonuni.
Berk elektr zanjirida tok kuchi, elektr yurituvchi kuchi va qarshilik o‘zaro ma‘lum holatda bir-biriga bog‘liq. Berk elektr zanjirida bu bir-biriga bog‘liqlik quyidagicha ifodalanadi:
;
Bu matematik o‘zaro bog‘lanish Om qonuni deb ataladi. Elektr tokining to‘liq zanjiri Om qonuni quyidagicha ifodalanadi:
Berk zanjirda oqayotgan tok kuchi tok manbai elektr yurituvchi kuchining butun zanjir qarshiligi nisbatiga teng.
Om qonuni elektrotexnikaning asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi. Uning yordamida elektr zanjiridagi hisoblarni olib borish, noma‘lum o‘lchovlarni topish mumkin. Om qonuni to‘liq zanjirlardan tashqari, zanjiming qismlariga ham o‘z kuchini yo‘qotmaydi. Elektr zanjirining qismlarida tok kuchi oxiridagi kuchlanishini zanjir qismining qarshiligi nisbatiga teng:
;


  1. Yüklə 9,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin