O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

 
 
7-mavzu: Zamonaviy o'qitishning pedagogik va psixologik texnologiyalari 
Reja: 
1.O'quv faoliyatini tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning 
psixologik mohiyati.


 2. O'qituvchiilarni pedagogik kasb faoliyatiga tayyorlashning psixologik 
texnologiyalari.
3.Shaxsni kamol toptirishga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari.
4.Zamonaviy pedagogik texnologiyalami qo'Uashda hisobga olinadigan ayrim 
pedagogik-psixologik tajribalar.
5.Muammoli ta'lim texnologiyasining psixologik asoslari.
6. Pedagogik texnologiyalar asosida o'quvchilarda bilish mustaqilligini 
rivojlantirishning psixologik muammolari.
7.Bilimlarning ko'nikma va malakalarga aylanish texnologiyasining pedagogik-
psixologik mohiyati.
8.Pedagogik texnologiyalarni joriy qilishning ijtimoiy-psixologik tomonlari. 
MAVZU: O„qituvchi psixologiyasi Reja: 1. Hozirgi zamon o„qituvchisiga 
qo„yiladigan talablar 2. Pedagogik qobiliyatlar O„qituvchining eng muhim 
shaxsiy xislatlari qo„yidagilardir: - ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his 
etish; - olijanobligi, aql-farosati, ma‟naviy pok va ma‟rifat bo„yicha yuksak 
maqsadlarga mos kelishi, bunday xislatlarni jamiyat xohishi bo„yicha bolalarga 
singdirib berishi; - o„zini qo„lga ola bilishi, sabr-toqatli, matonatligidir. 
Jamiyatning o„qituvchilik kasbiga qo„yadigan asosiy talablari quyidagichadir: - 
shaxsni ma‟naviy-ma‟rifiy tomondan tarbiyalashning milliy uyg„onish 
mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarining mohiyatini bilishi, bolalarni 
mustaqillik g„oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, o„z vatani, tabiatiga 
va oilasiga bo„lgan muhabbati; - keng bilim saviyasiga ega bo„lish, barcha 
sohalarga doir bilimlar bilan kurollanishi; - yosh pedagogik psixologik, ijtimoiy 
psixologiya va pedagogika yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan 
chuqur bilimlarga ega bo„lishi; - o„zi dars beradigan fan bo„yicha mustahkam 
bilimga ega bo„lib, o„z kasbi sohasida jahon fanida erishilgan yutuq va 
kamchiliklardan xabardor bo„lishi; -ta‟lim va tarbiya metodikasini egallashi; - o„z 
ishiga iqtisodiy yondashishi; - bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna 
olishi; - pedagogik texnikani (mantiq, nutq; ta‟limning ifodali vositalari) va 
pedagogik taktga ega bo„lishi; o„qituvchining o„z bilim va pedagogik mahoratini 
doimiy ravishda oshirib borish Pedagogik qobiliyatlar- insonning pedagogik 
faoliyatga tayyorgarligi va uni muvafaqiyatli bajarishni ifodalovchi individual- 
o„ziga xos xususiyatlari sifatida belgilanadi. Pedagogik qobiliyatlar tasnifi (V. 


A.Krutetskiy bo„yicha) 1. Didaktik qobiliyat- o„quvchilarga mos o„quv 
materialini bera olish qobiliyati. Ma‟lumot yoki muammolar aniq va tushunarli 
berish, fanga nisbatan qiziqishlarini uyg„otish, o„quvchilarning faol mustaqil 
fikrlashlarini kuchaytirishdan iborat. 2. Akademik qobiliyat-fanning ba‟zi 
sohalariga bo„lgan (matematika, fizika, biologiya, adabiyot va hokazolar) 
qobiliyat hisoblanadi. 3. Perseptiv qobiliyat-o„quvchilarning ichki olamiga kirib 
bora olish qobiliyati, psixologik kuzatuvchanlik bilan izohlanadi. 2 4. Nutq 
qobiliyati -O„z fikrlari, hissiyotini nutq yordamida, shuningdek, mimika va 
pantomimika yordamida aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. 5. Tashkilotchilik 
qobiliyati- birinchidan, o„quv jamoasini tashkil etish uni muhim vazifalarini hal 
etishga undash qobiliyati, ikkinchidan, o„z shaxsiy ishini to„g„ri tashkil etish 
qobiliyatidir. 6. Avtoritar qobiliyat-o„quvchilarga bevosita hissiy-irodaviy ta‟sir 
ko„rsata olish qobiliyati va uning negizida avtoritetga aylanish qobiliyatidir. 7. 
Kommunikativ qobiliyat-bolalar bilan muloqatga kirishish, o„quvchilarga to„g„ri 
yondashuvni topish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq 
o„zaro munosabatlarni o„rnatish qobiliyati, pedagogik taktning mavjudligi bilan 
belgilanadi. 8. Pedagogik tassavur (yoki bashorat qila olish qobiliyati) o„quvchi 
shaxsini tarbiyaviy loyihalashtirish ya‟ni o„z harakatlarini (oldindan) oqibatlarini 
oldindan ko„ra bilish qobiliyati. 9. Diqqatni taqsimlash qobiliyati- u o„qituvchi 
uchun muhim ahamiyat kasb etib, diqqatni bir vaqt bir necha faoliyatga 
qaratishdan iborat qobiliyadir. Pedagogik qobiliyatlar tasnifi (N.V.Kuzmina 
bo„yicha). N.V.Kuzmina va uning maktabi tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik 
qobiliyatlar konsepsiyasi bugungi kunda bir muncha to„liq tizimli talqinni 
ifodalaydi: Birinchi daraja Perseptiv-refleksiv pedagogik qobiliyatlar u o„zida: 
Hissiylikning uch turini mujassam etadi: a) Obyektni his etish o„quvchilar 
ehtiyojlarini talablar bilan mos kelishining empatiyasi va bahosi bilan bog„liq; B) 
Meyor yoki taktni his etish; v) Tegishlilik hissi. Bu hissiyliklarning namoyon 
bo„lishi pedagogik intuitsiyaning asosi hisoblanadi Ikkinchi daraja. Proyektiv 
pedagogik qobiliyat-ta‟limning yangi samarali usullarini ishlab chiqishga bo„lgan 
hissiylik bilan muvofiqlashtiriladi. Gnostik qobiliyat- o„quvchilarning o„qitish 


metodikalarining tez va ijodiy egallashda, ta‟limning turli usullarini yaratishda 
namoyon bo„ladi hamda ular o„qituvchining o„z o„quvchilari, o„zi haqidagi 
ma‟lumotga ega bo„lishini ta‟minlaydi. Loyihalashtirish qobiliyati- tarbiyalovchi 
ta‟limning yakuniy natijalarini rejalashtirishida namoyon bo„ladi. Konstruktiv 
qobiliyat- birgalikdagi hamkorlik faoliyatini ijodiy ish atmosferasini yaratishda 
namoyon bo„ladi. Kommunikativ qobiliyat-aloqa va pedagogik maqsadga 
muvofiq munosabatlarni o„rnatishda namoyon bo„ladi u quyidagilar orqali 
ta‟minlanadi: ● indentifikatsiyaga bo„lgan qobiliyat; ● o„quvchilarning individual 
qobiliyatlariga bo„lgan hissiylik; 3 ● yaxshi rivojlangan intuitsiya; ● suggestiv 
xususiyatlar; ● nutq madaniyati omillari (mazmuniylik, ta‟sirchanlik) (L. D. 
Stolyarenkaga ko„ra) Tashkilotchilik qobiliyati- o„quvchilarning guruhda o„quv 
materialini o„zlashtirishda tashkil etish qobiliyatiga bo„lgan o„ziga xos hissiylikda 
namoyon bo„ladi. 
Muammoli ta‟lim – bu mantiqiy fikrlash jarayoni (tahlil, umumlashtirish va 
boshqa shu kabilar) va o„quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini 
(muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta‟lim va 
o„qitishning ilgari ma‟lum bo„lgan usullarini qo„llash qoidalarining yangi 
tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta‟lim ko„proq o„quvchi fikrlash 
qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va ye‟tiqodining 
shakllanishini ta‟minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki 
ulardan foydalangan holda muammoli ta‟lim ilmiy bilim va tushunchalarni, 
dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har 
tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta‟lim bo„lib qoladi. 
Muammoli ta‟lim nazariyasi o„quvchi intellektual kuchining rivojlantiruvchi 
ta‟limni tashkil qilishning psixologik – pedagogik yo„llari va usullarini 
tushuntiradi. 
Muammoli vaziyatlarning roli va ahamiyatini aniqlash o„quvchi faol fikrlash 
faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini izchil ravishda hisobga olish 
asosida o„quv jarayonini qayta qurish g„oyasiga olib keldi. Yangi pedagogik 
faktlarni nazariy jihatdan mulohaza qilib ko„rish asosida muammoli ta‟limning 


asosiy g„oyasi aniqlanadi: muammoli ta‟limda bilimning deyarli katta qismi 
o„quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o„quvchilarning tomonidan 
muammoli vaziyat sharoitlarida mustaqil bilish faoliyati jarayonida yegallab 
olinadi. 
Ma‟lumki, shaxsning har tomonlama va garmonik rivojlanishining muhim 
ko„rsatikichi – yuqori darajada fikr yuritish qobiliyatining mavjudligidir. Agar 
ta‟lim ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga olib borsa, u holda uni so„zning 
zamonaviy ma‟nosida rivojlanuvchi ta‟lim deb hisoblash mumkin. 
Rivojlanuvchi ta‟lim deb, ya‟ni umumiy va maxsus rivojlanishga olib 
keladigan shunday ta‟limni hisoblash mumkinki, unda o„qituvchi fikr yuritishning 
qonuniy rivojlanishni bilimga tayangan holda, maxsus pedagogik vositalar 
yordamida o„z o„quvchilarini fan asoslarini o„rganish jarayonida fikrlash 
qobiliyati va bilish yehtiyojini shakllantirishga oid maqsadga yo„naltirilgan ish 
faoliyatini olib boradi. 
O„qitish jarayoniga muammoli o„qitish texnologiyasini qo„llash uchun 
o„qituvchi quyidagi masalalarni hal qilishi lozim: 
O„quv dasturi bo„yicha mavzularni muammoli dars shaklida o„tish 
mumkinligini; 
Mavzu matnidagi masalalar bo„yicha muammoli vaziyatni keltirib 
chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, 
tizimlilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik prinsiplariga amal qilish; 
O„quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni 
ta‟minlaydigan vosita va usullarini aniqlashi, ulardan o„z o„rnida va samarali 
foydalanish yo„llarini belgilash zarur. 
Muammoli ta‟lim texnologiyalari o„quvchi faoliyatini faollashtirish va 
jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta‟lim texnologiyasining asosi - 
insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning 
muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib 
chiqadi.


Muammoli ta‟lim o„quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini 
o„stirishda jiddiy ahamiyatga ega.
Muammoli ta‟limning bosh maqsadi - o„quvchilarning o„rganilayotgan 
mavzuga doir muammolarni to„liq tushunib etishga yerishish va ularni hal yeta 
olishga o„rgatishdan iborat. Muammoli ta‟limni amaliyotda qo„llashda asosiy 
masalalardan biri o„rganilayotgan mavzu bilan bog„liq muammoli vaziyat 
yaratishdan iborat. 
Turli o„quv fanlari bo„yicha o„qituvchilar darslar jarayonida muammoli 
vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan ko„zda tutishlari 
kerak. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin