“Skarabey” texnologiyasi
“Skarabey” interaktiv texnologiya bo‟lib, u o‟quvchilarda fikriy bog‟liqdir,
mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal
qilishda o‟z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur
texnologiya o‟quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini holis
baholash, o‟rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash
imkonini beradi. U ayni paytda, turli g‟oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi
bog‟liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.
“Skarabey” texnologiyasi har tomonlama bo‟lib, undan o‟quv materialining
turli bosqichlarini o‟rganishda ifodalanadi:
-boshida-o‟quv faoliyatini rag‟batlantirish sifatida (“Aqliy hujum”);
-mavzuni o‟rganish jarayonida - uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini
beligilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar,
aloqalar xarakterini
aniqlash
, mavzuni yanada chuqurroq o‟rganish, Yangi jihatlarni ko‟rsatish;
-oxirida- olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida.
“Skarabey” texnologiyasi o‟quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u
faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan.
U o‟quvchilar tajribasidan foydalanishni ko‟zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni
amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o‟tkazish imkoniyatlariga ega.
Mazkur texnologiyalarning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni
engillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko‟rsatish mumkin.
“Skarabey” alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o‟quv jamoalarida
qo‟llanishi mumkin.
Ta‟limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni
amalga oshirish imkonini beradi;
-O‟zgalar fikriga hurmat;
-Jamoa bilan ishlash mahorati;
-Faollik;
-Xushmuomalalik;
-Ishga ijodiy yondashish
;
-Imkoniyatlarini ko‟rsatish ehtiyoji;
-O‟z qobiliyai va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;
-“men”ligini ifodalashga imkon beradi;
-o‟z faoliyati natijalariga mas‟ullik va qiziqish uyg‟otadi.
Asosiy tushunchalari quyidagilar:
Assotsiatsiya mantiqiy bog‟liqlik bo‟lib, sezgilar, tasavvurlar, idrok qilish,
g‟oyalar va boshqalar orasida hosil qilinuvchi mantiqiy aloqadir.
Zanjirlash (muayyan tartib) - ahamiyati, muhimligi, mazmuni darajasiga qarab
tartiblash.
“VEER” texnologiyasi
Bu texnologiya murakkab
, ko‟ptarmoqli, mumkin qadar, muammo xarakteridagi
mavzularni o‟rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari
bo‟yicha bir yo‟la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida
nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik,
fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi.
Bu interaktiv texnologiyasi tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni
muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‟z g‟oyalari, fikrlarini yozma va og‟zaki
shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
“VEER” texnologiyasi umumiy mavzuni ayrim tarmoqlarini muhokama
qiluvchi kichik guruhlarning
har bir qatnashuvchining
, guruhning faol ishlashiga
qaratilgan.
“VEER” texnologiyasi mavzuni o‟rganishning turli bosqichlarida qo‟llanilishi
mumkin:
-boshida: o‟z bilimlarini erkin faollashtirish;
-mavzuni o‟rganish jarayonida; uning asosilarini chuqur fahmlash va anglab
etish:
-yakunlash bosqichida; olingan bilimlarni tartibga solish.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Aspekt (nuqtai nazar) bilan predmet, hodisa, tushuncha tekshiriladi.
Afzallik - biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz.
Fazilat-ijobiy sifat.
Nuqson-nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik.
Xulosa-muayyan bir fikrga, mantiqiy, qoidalar bo‟yicha dalildan natajaga kelish.
Ta‟limdan tashqari “Yelpig‟ich” texnologiyasi tarbiyaviy xarakterdagi qator
vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
-Jamoa,
guruhlarda ishlash mahorat
;
-Muammolar, vaziyatlarni turli nuqtai nazardan muhokama qilish mahorat;
-Murosali qarorlarni topa olish mahorati;
-O‟zgalar fikriga hurmat;
-Xushmuomalalik;
-Ishga ijodiy yondoshish;
-Faollik;
-Muammoga diqqatini jamlay olish mahorati.
Dostları ilə paylaş: |