O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/78
tarix28.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#104374
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

o’qitish mаqsаdi – bo‟lаjаk mutаxаssisgа аsоsаn tа`lim –tаrbiya jаrаyonining
lоyihаlаsh sаmаrаli mеtоd vа vоsitаlаrni tаnlаshgа o‟rgаtishdаn ibоrаt.
Kursning vаzifаsi- bo‟lаjаk o‟qituvchilаrgа pеdаgоgik tеxnоlоgiya,
tеxnikа rivоj-lаngаn mаmlаkаtlаr ilg‟оr pеdаgоgik tеxnоlоgiyasi,
O‟zbеkistоndа kаdrlаr tаyyorlаshning dаsturini аmаlgа оshirish tаjribаlаri
xаqidа nаziriy bilim bеrish: 

Pеdаgоgik jаrаyonni lоyihаlаsh; 

Tа`lim-tаrbiya mаqsаdi, mаzmuni, оptimаl mеtоdlаrini ko‟nikmа vа 
mаlаkаsini shаkllаntirish; 

Pеdаgоgik diаgnоstikа qоbiliyatini o‟stirishdаn ibоrаt 
Аlbаttа, yangi pеdаgоgik tеxnоlоgiya tа`lim- tаrbiya jаrаyonning mаvjud 
qоnun-lаrigа, mаmlаkаtimiz rivоjlаnishining o‟zigа xоs xususiyatlаrigа, tаrixiy
tаrаqqiyot tаjribаlаrigа аsоslаnаdi. Pеdаgоgik tеxnоlоgiyani yarаtish milliylik vа 


umum-insоniylik tаmоyillаrigа, insоnpаrvаrlik vа dеmоkrаtiya prinsiplаrigа
ijоdkоrlik vа tаshаbbuskоrlikkа tаyanаdi. 
Pedagogika fani va amaliyotida «pedagogik texnologiya», «ta'lim 
texnologiyasi», «o'qitish texnologiyasi» kabi atamalardan keng foydalanilmoqda. 
Shu bilan birga ularni tushunish paytida alohida fikrlar mavjud. Avvalambor, 
«texnik texnologiya» va «pedagogik texnologiya» tushunchalarining mohiyatini 
aniqlaylik.
«Texnologiya» - yunoncha ikki so'zdan – «texnos» (techne) – mahorat, 
san'at va «logos» (logos) – fan, ta'limot so'zlaridan tashkil topgan. Bu ifoda 
zamonaviy texnologiya jarayonini to'liq tavsiflab berolmaydi.
Texnologiya deganda sub'ekt tomonidan ob'ektga ko'rsatilgan ta'sir 
natijasida sub'ektda sifat o'zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. 
Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob'ektga 
yo'naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko'zda 
tutadi. 
Ushbu tushunchalarni o'quv jarayoniga ko'chiradigan bo'lsak, o'qituvchi 
(pedagog)ning o'qitish vositalari yordamida o'quvchi (talaba)larga muayyan 
sharoitlarda ko'rsatgan tizimli ta'siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan 
va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi 
ijtimoiy xodisa, deb ta'riflash mumkin.
Texnik texnologiya quyidagilarni bildiradi:
Xom-ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar yoki mahsulotlarni olish, ularga 
ishlov berish yoki qayta ishlash yo'lari va usullarining yig'indisi (texnologiyaning 
jarayonli – bayonli aspekti); 
Yuqorida ko'rsatilgan yo'llar va usullarni ishlab chiquvchi va 
takomillashtiruvchi fan. Texnologiyani fan sifatidagi vazifasi, moddiy resurslar 
va vaqtni eng kam sarflashni talab qiladigan samarali va tejamkor ishlab chiqarish 
jarayonlarini aniqlash hamda amalda qo'llash maqsadida qonuniyatlarni topish 
hisoblanadi (ilmiy aspekti); 
Jarayonning o'zi – qazib olish, topish, ishlov berish, qayta ishlash, tashish, 
omborga joylash, saqlash hamda ishlab chiqarishni texnik nazorat qilish 
(texnologiyaning jarayonli – harakat aspekti). 
Ishlab chiqarishda «texnologiya» so'zidan kelib chiqadigan quyidagi 
tushunchalar ishlatiladi: 
Texnologik jarayon – ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning 
yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operasiyalarning yig'indisi. 
Texnologik operasiya – ishchi tomonidan o'zining ish joyida bajariladigan, 
yakuniga etkazilgan harakat ko'rinishidagi jarayonning bir qismi.
Texnologik xarita – ma'lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik 
operasiyalarning ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.
Texnologik reja – texnologik operasiyalarni amalga oshirishni belgilovchi 
tartib bo'lib, ma'lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan 
operasiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi.
Ushbu tushunchalarni o'quv jarayoniga ko'chadigan bo'lsak, o'qituvchi 
(pedagog)ning o'qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan 


sharoitlarda ko'rsatgan tizimli ta'siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan 
va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi 
ijtimoiy hodisa deb ta'riflash mumkin. Ta'riflar nazariyasi bo'yicha bunday 
ijtimoiy hodisani pedagogik texnologiya desa bo'ladi (B. Ziyomuhammedov). 
Pedagogik texnologiya ijtimoiy zaruriyat bo'lganligidan dastavval 
AQIIIda 70-yillarda falsafaning bixiviorizm oqimi zaminida yuzaga kelib, boshqa 
rivojlangan mamlakatlarga tez tarqalib ketdi. 
YEr yuzi mamlakatlari ikki qarama-qarshi lagerga bo'linib, sovuq urush 
avjiga chiqqan davrda sosializm tarafdorlari bu ijtimoiy hodisani mafkura nuqtai 
nazaridan tan olmay, ko'p yillar davomida uni ko'r-ko'rona inkor qilib kelishdi. 
XX asr 90-yillarning boshida sosializm nurab, unga a'zo bo'lgan davlatlar 
birin-ketin mustaqil bo'lganidan keyin, har jihatdan taraqqiy etgan xorijiy 
mamlakatlarga, shu jumladan O'zbekiston uchun ham, keng yo'l ochildi. 
Mustaqillikka erishgan O'zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma'rifiy aloqalar o'rnata boshladilar. Natijada 
yurtimizga ilg'or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Shular qatori 
jahondagi progressiv pedagogik texnologiya degan tushunchalar ham kirib, 
pedagogik jamoatchiligimiz fikrini chulg'ab oldi. 
Keyingi yillarda Rossiya bilan O'zbekistonda pedagogik texnologiyani 
o'rganish yo'lida ancha ishlar qilindi. Pedagogik texnologiyaning hududga mos 
variantini yaratishga qo'l urgan Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH)ning 
peshqadam pedagog olimlariga tasannolar aytish bilan birgalikda, ular yo'l 
qo'yayotgan ba'zi kamchiliklarni aytib, ularni tuzatib o'tishni lozim ko'rdik. 
Chunki bu kamchiliklar pedagogik texnologiyaning mazmun va mohiyatini to'g'ri 
tushunishga halal bermoqda. Buning uchun MDHda shu yo'nalishda faoliyat 
ko'rsatayotgan pedagog olimlarning «pedagogik texnologiya» tushunchasiga 
bergan ta'riflarini hamda ular tuzib chiqqan pedagogik texnologiya loyihalarini 
tahlil qilib chiqamiz. 
Pedagogik texnologiyaning o'quv jarayoniga olib kirish zarurligini MDHga 
kiruvchi mamlakatlar ichida birinchilar qatorida har tomonlama ilmiy asoslab 
bergan rossiyalik olim V.P. Bespalkoning fikricha, «PT – bu o'qituvchi 
mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagogik muvafaqqiyatni kafolatlay 
oladigan o'quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir». 
Rossiya olimlaridan V.M. Monaxov: «PT – avvaldan rejalashtirilgan 
natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo'lgan tartibli amallar tizimidir», - 
degan qisqacha ta'rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e'tiborni qaratadi.
«PT – o'quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini
hamda pedagogik jarayon turg'unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining sub'ektiv 
xususiyatlaridan uni ozod qiladi”, - deydi V.M. Monaxov. 
M.V. Klarin fikricha, PT – o'quv jarayoniga texnologik yondashgan holda, 
oldindan belgilab olingan maqsad ko'rsatgichlaridan kelib chiqib, o'quv jarayonini 
loyihalashdir. 
I.Ya. Larnerning fikriga ko'ra, PT – o'quvchilar harakatlarida aks etgan 
o'qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan aniqlanadigan maqsadni 
ifodalaydi. 


V.P.Bespalkoning o'zbekistonlik shogirtlaridan Nurali Sayidahmedov va 
Abdurahmon Ochilovlarning fikricha, PT – bu o'qituvchi (tarbiyachi)ning o'qitish 
(tarbiya) vositalari yordamida o'quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta'sir 
ko'rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs 
sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. 
O'zbekistonlik pedagog olim B.L. Farberman pedagogik texnologiyaga 
quyidagicha ta'rif beradi: «PT – ta'lim jarayoniga yangicha yondashuv bo'lib, 
pedagogikada ijtimoiy muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika 
imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, 
uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog'liq ijtimoiy hodisadir». 
Bu ta'riflarni uzoq xorijda berilgan ta'riflar bilan solishtirib ko'rish uchun 
yapon pedagog olimi T. Sakomoto bergan ta'rifni keltiramiz. “PT, - deydi 
Sakomoto, - bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha 
qilib aytganda, pedagogika jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir». 
Aynan tizmli yondashuv pedagogik texnologiyalarni o'qitishga boshqa 
yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi.
Pedagogik adabiyotda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta'riflar 
(V. Gushaeev, V. Slastenin, B. Lixachev, I. Volkov, M. Choshanov, Ch.Yudit va 
boshqalar) ham keltiriladi, ammo ularning birontasi YuNYESKO ta'rifi drajasiga 
ko'tarila olmagan.
Birlashgan millatlar tashkilotining nufuzli idoralaridan biri bo'lgan 
YuNYESKOning ta'rifi bo'yicha, «PT – bu bilim berish va uni egallashda texnika 
va inson resurslarini o'zaro uzviy bog'lik holda ko'rib, butun ta'lim jarayonini 
loyihalashda va amalda qo'llashda majmuli yondashuv usulidan foydalanishdir». 
Keltirilgan ta'riflarni ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo'lsak, 
uzoq xorijda berilgan ta'riflar bilan MDH mamlakatlari olimlarining bergan 
ta'riflari bir-biriga yaqin kelsa-da, farqi ham anchaligini ko'ramiz. Jumladan, 
Sakomoto va YuNYESKO ta'riflarida tizimli yondashuv tamoyiliga alohida urg'u 
berilgan. MDH olimlarining PT ga bergan ta'riflarida majmu yondashuv eslatib 
o'tilgani bilan, o'quv jarayonining loyihasini tuzishganda uni mutloq unutib, 
tizimli yondashuv tamoyilining qonun va qoidalariga sira ham amal 
qilishmaganini ko'ramiz. 
Haqiqatda esa, ob'ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilini yaxshi bilgan 
kishiga Sakomoto aytganidek, «PT – o'quv jarayonini muayyan bir majmuga
keltirishdir», degan tushuncha kifoya qiladi. Bu tushuncha orqali PT ning boshqa 
hamma xususiyatlarini, ya'ni maqsadga yo'naltirilganligini, bir necha o'zaro uzviy 
bog'liq bo'lgan qismlardan tashkil topganligini va boshqalarni anglab olsa bo'ladi. 
Chunki bu xususiyatlarning hammasi, tizimlar nazariyasiga binoan, tizim deb 
nom olgan narsa va hodisalarning ajralmas sifatlaridir. 
Undan tashqari, Rossiya va O'zbekiston olimlari «ta'rif» deb aytganlarining 
hammasi ham «ta'rif» maqomiga ega bo'lolmaydi. Ta'rif tuzishning o'z qonun-
qoidalari, ya'ni ta'rif tuzish nazariyasi bor. Ta'rif ushbu nazariyadan kelib chiqib 
tuzilsa, u haqiqiy hisoblanadi. Biz tahlil qilgan ta'riflar esa, Sayidahmedov va 
Ochilovlarnikidan tashqari, pedagogik texnologiyaning u yoki bu xususiyatlarini 


ochib beruvchi yo uning tasnifini ifoda etuvchi tushunchalar yoki ularning 
omuxtalaridir. 
Pedagogik texnologiyaning asosiy tushunchasi, so'zsiz, o'quv jarayoniga 
tizim sifatida yondashishdir. Bunda ta'lim-tarbiyada ishtirok etuvchi barcha narsa 
va hodisalar o'zaro funksional bog'liqda bo'lib, bir butunlikni, ya'ni pedagogik 
jarayon majmuini tashkil qiladi. Pedagogik jarayon majmuini muayyan bir vaqt 
mobaynida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi pedagogik texnologiya 
deyiladi. 
O'zbekistonlik pedagog olim L.V. Golish ta'lim texnologiyasini texnik 
texnologiyadan kelib chiqqan holda uch xil atamasini ifodalab bergan:
Pedagogik texnologiya – o'quv jarayonini texnologiyalashtirishni 
butunligicha 
aniqlovchi 
tizimli 
kategoriya. 
Texnologiyalarning 
barcha 
tushunchalarini belgilash uchun, sinonim sifatida ta'lim texnologiyasi, o'qitish 
texnologiyasi kabilarni ishlash mumkin. 
O'qitish texnologiyasi – birinchidan, pedagogik texnologiyani jarayonli 
harakat aspektini anglatadi. Bu ta'lim jarayonini o'zgaruvchan sharoitlarda, 
ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va 
konkret ta'lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta'minlovchi 
usul va vositalar (texnologik operasiyalar)ning tartibli birligini o'zida 
mujassamlashtirgan ta'lim modulini ishlab chiqish va amalga oshirishning 
texnologik jarayoni; ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli – bayonli 
aspektini ifodalaydi. Bu maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan 
natijalarga erishish bo'yicha pedagogik hamda o'quv faoliyatini loyihasini 
bajarishning bayonidir (texnologik xarita). 
Ta'lim texnologiyasi – pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash 
uchun ishlatiladi. Bu (fan predmeti) «texnika va inson resurslarini hamda ularning 
o'z oldiga ta'lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo'yuvchi hamkorligini 
hisobga olgan holda dars beri shva bilimlarni o'zlashtirishning barcha 
jarayonlarini yaratish, qo'llash va belgilashning tizimli usuli».
O'zbekistonlik pedagog olim B.G'. Ziyomuhammedov pedagogik 
texnologiyaga quyidagicha ta'rif bergan: «PT – bu jamiyat ehtiyojidan kelib 
chiqib, oldindan belgilangan kishi ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va 
aniq maqsadga yo'naltirilgan o'quv jarayonini tizim sifatida ko'rib, uni tashkil 
qiluvchi qismlari bo'lgan o'qituvchi (pedagog)ning o'qitish vositalari yordamida 
tahsil oluvchilarga ma'lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko'rsatgan 
ta'sirini 
nazoratda 
tutuvchi 
va 
ta'lim 
natijasini 
baholab 
beruvchi 
texnologiyalashgan ta'limiy tadbirdir». 
Ijtimoiy texnologiyalar safiga kiruvchi «pedagogik texnologiya» 
tushunchasining mazmunini aniqlaymiz. Ko'pchilik pedagog olimlarning fikricha, 
ushbu keng ishlatiladigan so'zlar birikmasi inglizcha “an educa – tional 
technology”, ya'ni «ta'lim texnologiyasi» ifodasini noaniq tarjima qilishdan kelib 
chiqqan.
Bizning fikrimizcha, ta'lim texnologiyasiga dastlab asos solgan AQSh 
olimlari pedagogik texnologiyani emas, balki aynan ta'lim texnologiyasini 
nazarda tutishgan. Buni tushunib etish uchun pedagog atamasining lug'aviy 


ma'nosini esga olaylik, bu atama yunoncha «payne» - bola, «agogeyin» - 
etaklamoq so'zlaridan tashkil topgan bo'lib, bola etaklamoq ma'nosini anglatadi. 
Bunday «bola etaklash texnologiyasi» degan atama kelib chiqadi, bu tushuncha 
ta'lim texnologiyasi maqsadi va mantig'i zid bo'lib, ta'lim texnologiyasini maqsadi 
va mantig'iga zid bo'lib, ta'lim texnologiyasining haqiqiy ma'nosini bermaydi. 
Amerikalik olimlar va yapon olimi Sakomoto «bola etaklash» texnologiyasini 
emas, balki tahsil oluvchilar faolligini ta'minlaydigan, ta'lim jarayonining 
samaradorligini kafolatlaydigan texnologiyani yaratish g'oyasini ilgari surishgan. 
Shunga asoslangan holda biz mazkur atamani «ta'lim texnologiyasi» deb atalishi 
tarafdorimiz. 
Pеdаgоgik tеxnоlоgiya fаni bo‟lаjаk o‟qituvchilаrni ilmiy mеtоdik 
tаyyorlаshdа аlоhidа o‟rin tutаdi. Pеdаgоgikа nаzаriyasi vа tаrixidаn
mukаmmаl bilim vа mаlаkаgа egа bo‟lgаndаn kеyin pеdаgоgik tеxnоlоgiya 
yoki yangi pеdаgоgik tеxnоlоgiya fаni o‟rgаnilаdi.
Dеmаk, pеdаgоgik tеxnоlоgiya, pеdаgоgikа, pеdаgоgik mаxоrаt, 
psixоlоgiya, mаtеmаtik mоdеllаshtirish fаnlаri bilаn o‟zаrо bоg‟liklikdа
o‟rgаnilаdi. Pеdаgоgik tеxnоlоgiya fаnining dаsturi uch yunаlishdа:
Pеdаgоgik tеxnоlоgiyaning nаzаriy аsоsi, tаrix vа аmаliy ko‟nikmаlаr 
shаkllаntirishgа qаrаtilgаn.
Ilmiy аdаbiyotlаrdа pеdаgоgik tеxnоlоgiyaning uch аspеkti to‟g‟risidа fikr 
yuritilаdi; ilmiy, tаvsifiy, аmаliy. 
Ilmiy аspеktdа: o‟qitishning mаqsаdi, mаzmuni vа mеtоdlаri ilmiy 
аsоslаnаdi, pеdаgоgik jаrаyon lоyihаlаshtirilаdi. 
Tаvsifiy аpеktdа: rеjаlаshtirilgаn o‟qitish nаtijаlаrigа erishishning mаqsаdi, 
mеtоdlаri vа vоsitаlаrining ishtirоki аsоsidа аlgоritm jаrаyoni ishlаb chiqilаdi. 
Аmаliy аspеktdа; pеdаgоgik tеxnоlоgiya jаrаyoni аmаlgа оshirilаdi. 
Tа`lim аmаliyotigа nisbаtаn pеdаgоgik tеxnоlоgiyaning uch sаthi 
bеlgilаnаdi: umumpеdаgоgik, xususiy mеtоdik, lоkаl (mоdul). 
Umumpеdаgоgik tеxnоlоgiya yaxlit tа`lim jаrаyonini ifоdа etаdi. 
Xususiy mеtоdik tеxnоlоgiya bir fаn dоirаsidаgi o‟quv-tаrbiya jаrаyonini
аmаlgа оshirish mеtоdlаri vа vоsitаlаridаn ibоrаt. 
Lоkаl tеxnоlоgiya o‟quv tаrbiya jаrаyonining mаxsus bo‟limlаrigа
tеxnоlоgiyani tаdbiq qilishni ifоdа qilаdi. Bu tеxnоlоgiya xususiy didаktik 
tаrbiyaviy vаzifаlаrni hаl qilishgа qаrаtilаdi. 
Pedagogik texnologiyalar fanining maqsad va vazifalari.” 
-litsey va kollejlarninng bo‟lajak o‟qituvchilarininng zamonaviy pedagogik 
texnologiyalar nazariy asoslari bilimlari bilan qurollantirish; 
- yangi pedagogik darajada pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etishlari 
uchun zarur mahoratlarga ega bo‟lishlari; 
- zamonaviy pedagogik texnologiyalar, g‟oyalar maktablar, yo‟nalishlar, keng
turlarida yo‟l topa bilish mahorati; 
- pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik to‟g‟ri bajarishga tayyorlikni
shakllantirish; 


- mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o‟zini tarbiyalash va o‟zini mutaxasislik 
darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish. 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin