Venn diagrammasi - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini
solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo„yish uchun qo„llaniladi.
U o„quvchilarda tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish
ko„nikmalarini rivojlantiradi. Dastlab o„quvchilar Diagramma Venna tuzish
qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik gurhlarda diagramma Vennani
tuzadilar va kesishmaydigan joylarni (x) to„ldiradilar. Juftliklarga
birlashadilar, o„zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va to„ldiradilar.
Doiralarni kesishuvchi joyida, ikki/uch doiralar uchun umumiy bo„lgan,
ma‟lumotlar ro„yxatini tuzadi. Masalan, o„quvchilarda davlat ramzlariga
nisbatan milliy g„ururni shakllantirishda ham ushbu diagrammadan
foydlanish mumkin.
“Nima uchun” sxemasi - muammoning dastlabki sabablarini aniqlash
bo„yicha fikrlar zanjiri tarzida tuziladi. U tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni
rivojlantiradi va faollashtiradi. Dastlab bunda ham o„quvchilar “Nima
uchun” sxemasini tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik
guruhlarda muammoni ifodalaydilar. “Nima uchun” so„rog„ini beradilar va
chizadilar, shu savolga javob yozadilar. Bu jarayon muammoni ng dastlabki
sababi aniqlanmagunicha davom etadi. Kichik guruhlarga birlashadilar,
taqqoslaydilar, o„zlarining chizmlarini to„ldiradilar. Umumiy chizmaga
keltiradilar. Ish natijalari taqdimoti o„tkaziladi. Masalan, o„quvchilar bilan
vatanimiz taraqqiyoti uchun milliy g„ururli yoshlar kerakligi haqida ham
shunday diagramma tuzish mumkin.
Tadbirlar davomida o„quvchilarga muayyan muammoni yechimini jamoa
bo„lib hal etish uchun mazkur innovatsion metoddan foydalanish mumkin.
Nima uchun ?(Nima uchun Ona tabiat deymiz? )
|