10- mavzu:
Innovatsion pedagogika predmeti amaida tatbiq qilinadigan vazifasi
Reja:
1.
Innovatsion pedagogika.
2.
Innovatsion pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
3.
Innovatsion pedagogikaning rivojlanishi va umumiy g'oyasi.
4.
Innovatsion
potentsial, innovatsion muhit, yangi jarayon.
5.
Tarbiya tizimida innovatsiyalar.
O'qituvchii pedagogik faoliyatida psixologik to'siqlar.
Lug„aviy jihatdan
“innovatsiya
” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”)
“yangilik kiritish” degan ma‟noni anglatadi. “Innovatsiya”
tushunchasi
mazmunan aniq holatni ifodalaydi.
Innovatsiya
-muayyan tizimning ichki tuzilishini o„zgartirishga qaratilgan
faoliyat
O„zbekiston Milliy ensiklopediyasida ko„rsatilishicha, innovatsiya
quyidagicha mazmun va tushunchalarga ega:
“Innovatsiya (ingl. “innovationas” – kiritilgan yangilik, ixtiro)
1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta‟minlash
uchun
iqtisodiyotga sarflangan mablag„lar;
2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg„or tajribalarga asoslangaan texnika,
texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar,
shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo„llanishi”.
A.I.Prigojinning fikriga ko„ra, innovatsiya
maqsadga muvofiq ravishda
muayyan ijtimoiy birlik – tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga nisbatan munosabatga
yangicha yondashish, bu munosabatni bir qadar turg„un elementlar bilan boyitib
borish tushunilishi lozim. Bu o„rinda anglanadiki, muallifning qarashlari bevosita
ijtimoiy munosabatlar, ularga nisbatan innovatsion yondashish mohiyatini
ifodalaydi. Shundan kelib chiqqan holda har bir shaxs fuqaro, mutaxassis, rahbar,
xodim,
qolaversa, turli ijtimoiy munosabatlar jarayonining ishtirokchisi sifatida
o„ziga xos innovator faoliyatni tashkil etadi.
Amerikalik psixolog E.Rodjers o„z tadqiqotlarida innovatsion xarakterga
ega
ijtimoiy
munosabatlarning
ijtimoiy-psixologik
jihatlari,
ijtimoiy
munosabatlarga
yangilik kiritish, bu jarayonda ishtirok etuvchi shaxslarning
toifalari, ularning yangilikka bo„lgan munosabatlari,
yangilikni qabul qilish,
mohiyatini anglashga bo„lgan tayyorlik darajasi hamda muayyan shaxslar toifalari
o„rtasidagi innovatsion xarakterga ega ijtimoiy munosabatlarning tasnifi
masalalarini o„rgangan.
Innovatsion ta‟lim(ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) – ta‟lim oluvchida
yangi g„oya, meyor, qoidalarni yaratish, o„zga shaxslar
tomonidan yaratilgan
ilg„or g„oyalar, meyor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni
shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta‟lim.
Innovatsion ta‟lim jarayonida qo„llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta‟lim
texnologiyalari yoki ta‟lim innovatsiyalari deb nomlanadi.
Ta‟lim
innovatsiyalari-ta‟lim sohasi yoki o„quv jarayonida mavjud muammoni
yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo„llanilib, avvalgidan ancha
samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar.
Ta‟lim innovatsiyalari “innovatsion ta‟lim” deb ham nomlanadi. “Innovatsion
ta‟lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo„llanilgan.
Ta‟lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi.
Asosiy turlari
1.Faoliyat yo„nalishiga ko„ra
2.Kiritilgan o„zgarishlarning tavsifiga ko„ra
3.O„zgarishlarning ko„lamiga ko„ra
4.Kelib chiqish manbaiga ko„ra
5.Pedagogik jarayonda qo„llaniladigan innovatsiyalar
6.Ta‟lim tizimini boshqarishda qo„llaniladigan innovatsiyalar
7.Radikal innovatsiyalar
8.Modifikatsiyalangan innovatsiyalar
9.Kombinatsiyalangan innovatsiyalar
10.Tarmoq (lokal)
innovatsiyalari
11.Tizim innovatsiyalari
12.Modul innovatsiyalari
13.Jamoa tomonidan bevosita yaratilgan innovatsiyalar
14. O„zlashtirilgan innovatsiyalar
Innovatsiyalar turli ko„rinishga ega. Quyidagilar innovatsiyalarning asosiy
Dostları ilə paylaş: