5) teskari aloqani ta’minlaganda.
Samarali bilim berilishi uchun yo„naltiruvchi va qo„llab quvvatlovchi
teskari aloqa mavjud bo„lishi talab etiladi.
7) o‘rganuvchilarga nisbatan hurmat namoyish etilganda.
Murabbiy hamda o„quvchi o„rtasida o„zaro hurmat va ishonch mavjud
bo„lishi o„quv jarayoniga yordam beradi.
8) do‘stona muhit yaratilganda.
Do„stona kayfiyatda bo„lgan talaba cho„chib o„tirgan, hayajonlanayotgan,
badjahl talabaga nisbatan materialni ancha osonroq o„zlashtirib oladi.
9) qulay vaziyat sodir bo‘lganda.
Demak, o„quvchida o„zlashtirishga nisbatan motiv hosil bo„lsa, o„quv
materialini tez va oson o„zlashtiradi.
Xulosa qilib aytganda, o„z faoliyatini innovatsiyalar asosida tashkil eta
oladigan o„qituvchilarning ishlari ko„p qirrali, murakkab masaladir. Ushbu
masalani samarali hal qilish uchun o„qituvchilarning innovatsion faoliyatga
tayyorgarligining pedagogik asoslarini yaratish lozim.
ADABIYOTLAR
1. I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch”. T-Ma`naviyat-2008 y.
2. I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” T-1999 y.
3. Azizxodjayeva N. “Pedagogik texnologiya va mahorat”., Toshkent., TDPU.,
2006 y.
4. R. A.Mavlonova, M.Arabova, G` Saloxiddinova, M.Shirinov “Pedagogik
texnologiya” ma`ruza matn 2009 y.
5. J.G` Yo`ldoshev “Pedagogik texnologiya asoslari” T., O`qituvchi, 2004.
11-мавзу: Pedagogik texnologiyalar asosida tanqidiy tafakkurni
shakllantirish va rivojlantirish metodlari
Режа:
1.Tanqidiy fikrlash asoslari.
2 Tanqidiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirishning faol metodlari.
3.Tanqidiy mushohada metodi.
4.Tanqidiy mushohada qilishni tashkil etish uchun qo'llanadigan usullar
Tayanch tushunchalar: tanqidiy fikrlash, fikrlash, shakllantirish, rivojlantirish
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov yosh avlodning kamol topishida aqliy
tarbiya va mustaqil fikrlash ko„nikmalarini shakllantirishning o„rni nihoyatda
beqiyos ekanligini ta‟kidlab, shunday deydi: «Har bir insonning, ayniqsa,
endigina hayotga qadam qo„yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni
singdirish kerakki, ular o„rtaga qo„yilgan maqsadlarga erishish o„zlariga bog„liq
ekanligini, ya‟ni bu narsa ularning sobitqadam g„ayrat - shijoatiga, to„la - to„kis
fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog„liq ekanligini anglab yetishlari
kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishining asosiy
shartidir" [3, 98]. Darhaqiqat, ijtimoiy ong, aql-zakovat, borliqni idrok etish, ilm
cho„qqisiga intilish hissi insonni fikr tarbiyasining samarali yo„llari, shakl va
metodlarini takomillashtirishga undaydiki, bu, o„z navbatida, yosh avlodda
tanqidiy fikrlash ko„nikmalarini shakllantirishning ta‟sirchan mexanizmlarini
topishga zamin yaratadi. Pedagogik, psixologik, sotsiologik adabiyotlar tahlili
tanqidiy fikrlashni shakllantirishga doir turli qarashlar mavjudligini ko„rsatadi.
Jadidchilik harakatining yirik namoyondalaridan biri, tilshunos va adabiyotshunos
olim va ma‟rifatparvar Abdurauf Abdurahim o„g„li Fitrat (1886-1938) 1929 yilda
yaratgan “Tarbiyayi avlod” (“Avlod tarbiyasi” va “Tarbiyayi fikriya” (Fikr
tarbiyasi”) asarlarida “sog„lom fikrlilik” insonni saodatga boshlashini uqtiradi. U
“Tarbiyayi fikriya” asarida shunday yozadi: “Fikr va aql insonni kamolotga
yetkazadi va o„qish, o„rganish qobiliyati uni saodatmand qiladi. Insonning komil
aqli yaxshilik muhokamasidir”[22, 36]. “Muhokama nima?”,-deya davom ettiradi
fikrini olim. “Muhokama ikki qismga bo„linadi: birinchisi- kazi (y) yathoyi
ma‟lum ( ma‟lum bo„lgan hukm, voqea va hodisalar), ikkinchisi Kazi (y) yathoy
machhul (noma‟lum voqea va hodisalar)dan xulosalar chiqarilishidir. Masalan,
“butun insonlar o„rtasida mehribonlik va muhabbat lozimdir” ( «Dar miyoni
afrodi bashariyat mehriboni va muhabbat darkorast”), ya‟ni bu kazi(y)yati
machhul (noma‟lum hukm) bo„lib, bunga ikki ma‟lum hukm lozimdirki,
birinchisi “butun insoniyat bir-birlari bilan barobardirlar” («Afrodi bashar
barodari yakdigarand”), ikkinchisi esa “barodarlar orasida muhabbat va
mehribonlik lozimdir” (“Dar miyoni barodaran muhabbat va mehriboni
darkorast”). Demak, muhokama uch qismdan tashkil topib, avvalgi hukm
avvalgisini to„ldiradi va “kaz(y)yati ma‟lum” deb ataladi. Shunday qilib, inson
kamolotga yetadi” [22, 54]. Ko„rib turganimizdek, Abdurauf Fitrat XX asrning
boshidayoq o„quvchilarda analitik fikrlashga undash lozimligi, “ . . . bolalarni
Isobot sohiblari bo„lishlariga, bir voqea va hodisa ustidan fikr yuritganlarida
ularga to„g„ri, bexato ma‟lumotlar berish, asossiz muhokama tarbiyaga ziyon
yetkazishi mumkin...”[22,59]ligining tarafdori bo„lgan.
Insonning barcha mavjudotlardan yuksak jihati - bu uning fikrlash qobiliyatidir.
Zotan, insonlar bir-birlari bilan o„ziga xos o„y-hayollari, mushohadalari, fikr
yuritishlari, mustaqil fikrlash qobiliyatlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun
ham inson fikrini tarbiya qilish muhim sanaladi. Abdulla Avloniyning asarlarida
fikr tarbiyasiga oid quyidagicha talqin berilgan: «Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko„p
zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan,
vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik,
g„ayratlik bo„lishiga sabab bo„ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so„ng
daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga
bog„liqdir»[10]. Darhaqiqat, fikr ustida buyuk daholar so„z yuritishib, muayyan
ta‟limotlar yaratishgan. Fikrlashda qalb, ong va sezgilarning uyg„unligi haqida
Arastu ta‟limoti, fikrning ezgulikka yo„naltirilishi haqida Abu Nasr Farobiy,
insonparvarlikka yo„naltirilishi haqida – Alisher Navoiy, fikrning mantiqiyligi
haqida – Umar Hayyom, fikrlashda signal tizimi haqida I.P.Pavlov, fikrning
bosqichma- bosqich shakllanishi nazariyasini yaratgan P.Y.Galperin, fikrlashda
umumlashtirish haqida –R. Davidov ta‟limotlari mavjud.
Prezidentimiz Islom Karimov «Tafakkur» jurnali bosh muharriri savollariga
bergan javoblarida: «Bizga me‟ros bo„lib qolgan ta‟lim-tarbiya tizimining
ma‟lum bir ma‟qul jihatlari bilan bir qatorda uning eng nomaqbul tomoni
shundan iboratki, o„quv jarayonida o„quvchi va talabalarni mustaqil va erkin
fikrlashga yo„l qo„ymaslik. Agar bolalar erkin fikrlashni o„rganmasa, berilgan
bilimning samarasi past bo„lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o„z
yo„liga. Mustaqil fikrlash ham katta bir boylikdir»,[8]-deb takidlagan edilar.
Fikrlash-murakkab psixologik jarayon bo„lib, o„quv materiali xususiyatlari
to„g„risida o„ylash, narsa-hodisalarni o„zaro taqqoslab, ularning xususiyatlarini
ajratish, quyilgan topshiriq, muammolarni yechish faoliyati. Tushunilgan o„quv
materialining o„quvchi tomonidan tahlil etilishi o„zlashtirilgan bilimlarning
yanada yuqori darajaga ko„tarilishini ta‟minlaydi. Mustaqil ish, o„quv
topshiriqlarini ta‟limga tatbiq etish, mummoli vaziyatlarni vujudga keltirish
fikrlash jarayonining samaradorligini oshiradi.
Bugungi kunda tanqidiy fikrlash – XXI asrda ijtimoiy-siyosiy sohada sodir
bo„layotgan hodisalarni yanada chuqurroq anglashga yordam beruvchi ko„nikma
sifatida qaralmoqda. Tanqidiy fikrlashga o„rgatish O„zbekiston Respublikasining
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da bayon etilgan yuqori kasbiy madaniyatli,
ijodiy va ijtimoiy faol hayotda o„z o„rnini topa oladigan malakali kadrlarni
shakllantirish vazifasini hal qilishga ham mos keladi.
Tanqidiy fikrlashning asosiy belgilari rus olimi I. Resnik fikricha quyidagilardan
iborat: 1)O„quvchilar o„z bilimlarini muayyan masalalarni yechishda tatbiq eta
olsalargina ularda bilim va ijodiy fikrlash rivojlanadi; 2) Tanqidiy fikrlash ta‟lim
jarayoniga jo„shqinlik baxsh etadi, mashg„ulotlarni o„qituvchi va o„quvchi uchun
o„zaro hamkorlik faoliyatiga aylantiradi [132, 46]. Shu nuqtai nazardan olganda,
boshlang„ich sinf o„quvchilarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish ularda bilim
olishga ishtiyoqni kuchaytiradi hamda ta‟lim jarayonida “o„qituvchi, o„quvchilar
va o„quv materiali o„rtasidagi o„zaro didaktik ta‟sirni yuzaga keltiradi” [ 132,47].
Nemis olimi K. Rossning: «O„quvchilarning oldin egallagan bilimlari va
tajribalariga asoslangan o„qish mustahkam bo„ladi. Bularning hammasi
o„quvchiga yangi axborotni bilganlari bilan bog„lash imkoniyatini beradi» [138,
6] -deb ta‟kidlashini didaktikadagi o„zlashtirish jarayoni bilan bog„liq holda
qarash maqsadga muvofiq. Chunki, o„quvchi u yoki bu o„quv materialini
o„zlashtirar ekan, o„z faoliyatida oldindan tanish bo„lgan faoliyatni va
axborotlarni jonlantiradi. O„zlashtirish – o„z faoliyati natijasini o„zgalar faoliyati
natijasiga qo„shib ko„rsatishdir. O„zlashtirish psixologik hodisa bo„lib, quyidagi
tarkibiy qismlardan iborat:
Idrok – o„rganilayotgan narsa-hodisa mohiyatining ongda aks etishi – in‟ikosi. U
keng tushuncha bo„lib, o„quvchining sezgi a‟zolari( ko„rish, eshitish kabi
o„quvlar) yordamida his qilingan ma‟lumot haqidagi bilim, tajribadan oldin
o„tgan narsa-hodisalar to„g„risidagi tasavvurlarni ham qamrab oladi. Bunda
o„qituvchining vazifasi bolalarning o„quv materialini faol idrok etishini
ta‟minlash, turli motivlarni (havas, ishtiyoq, qiziqish) uyg„otish, imkoniyatiga
qarab sezgi a‟zolarining aksariyatini ta‟limda qatnashtirishdan iboratdir.
Ingliz olimi Dj. Benks: «O„qituvchilar g„oyalar va tajribalarning turli-tumanligini
to„g„ri tushunsalargina tanqidiy fikrlash va o„qish yaxshi natija beradi. Agar
«yagona bitta javob ruhi» ustuvorlik qilsa, unda tanqidiy fikrlashga imkon
bo„lmaydi”[39, 56]-degan g„oyani ilgari suradi. Demak, o„quvchilarda tanqidiy
fikrlashni shakllantirish orqali ularning oldindan idrok etgan bilimlarini
mustahkamlashga zamin tayyorlab, yangi ma‟lumotlarni qo„lga kiritishga keng
imkoniyat yaratiladi.
Idrokning rivojlangan yuqori shakli tushunish hisoblanadi. O„rganilayotgan
narsa-hodisa tarkibini fahmlash, ular o„rtasidagi munosabat, aloqalarni tahlil
etish, tushunchalarning asosiy va ikkilamchi belgilarini ajratish, o„quv
materialining tarkibiy elementlari va ular o„rtasidagi bog„lanishlarni bilish,
sababiyatli aloqalarni idrok etish tushuncha darajasiga ko„tarila boradi.
Amerikalik faylasuf va pedagog J. Dyuining fikricha: «O„quvchilar muayyan
muammo bilan shug„ullana boshlasalargina, ularda tanqidiy fikrlash paydo
bo„ladi. Shu sababli, o„quv jarayonining boshlang„ich nuqtasi hisoblangan, biror
vaziyat yoki hodisaga tegishli bo„lgan eng muhim savol bu hodisa qanday
muammoni vujudga keltirishini anglatadigan savoldir. Faqatgina muayyan
muammo bilan kurashib, murakkab vaziyatdan chiqish uchun o„zining shaxsiy
yo„lini izlagandagina, o„quvchi haqiqatan ham fikrlaydi» [63, 44]. Darhaqiqat,
rejali va maqsadli o„qitish va tarbiyalash jarayonida o„quvchilarning intellekt
darajasini aniqlash zaruriyati tanqidiy fikrlashni shakllantirishni vujudga
keltirgan. O„z ibtidosida bu natijalar oddiy pedagogik metodlar orqali aniqlangan.
Bir qator tadqiqotchi olimlar tanqidiy fikrlashni shakllantirish zaruratini:
«Boshlang„ich sinf o„quvchilarida intellektuallikni rivojlantirish, pedagogik
faoliyatni optimallashtirish, qulaylashtirishda zarur bo„lgan axborotni qo„lga
kiritish jarayoni»[178, 128, 129, 35, 65],-deb ta‟kidlaydilar.
O„quvchilarning tanqidiy fikrlash darajalari bir qator pedagogik metodlar orqali
aniqlanadi. Masalan, Y.Yirasek, A.Kernlar tomonidan ishlab chiqilgan
yoshlarning bilim olishga moyilliklarini aniqlovchi testlar, D.B.Elkoninning
«Grafik diktant»lar, A.L.Vengerning «Nuqtalar bo„ylab chizish», I.Shvansarning
«Aqliy rivojlanishni diagnostika qilish» kabi metodikalari mashhurdir.
«Tanqidiy fikrlash» atamasi ilk bor XX asrning ikkinchi yarmida vujudga
kelgan. Mazkur tushuncha haqida tafsilot berishdan oldin, muayyan fikrlash
ko„nikmalari ustida to„xtalish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu ko„nikmalar
o„quvchilarda tanqidiy fikrlashni tarkib toptirish uchun nihoyatda zarurdir.
Esda saqlash - fikrlash ko„nikmalarining hosil bo„lishida asosiy manba bo„lib
hisoblanadi. Usiz o„quv jarayonini amalga oshirib bo„lmaydi, lekin u tanqidiy
fikrlashdan tubdan farq qiladi. Bir qator olimlar (V.V. Guzeyev, I. A. Zimnyaya,
V. Bershadskiy, M.V. Alekseyev) har qanday fikrlashdan ko„ra xotirani
rivojlantirishni yuqoriroq qadrlab, har qanday fikrlash uchun xotira muhim
ekanligini ta‟kidlaydilar. O„quvchining tanqidiy fikrlash jarayonini tadqiq etgan
mutaxassislar (B.Blum, L.Stross, Q.Nazarov) tanqidiy fikrlashning vujudga
kelishi uchun aqliy faoliyatning murakkab turlarini hosil qilish zarurligini
ko„rsatib o„tadilar.
O„quv jarayonini usiz amalga oshirib bo„lmaydigan «notanqidiy fikrlash»
turlaridan yana biri- murakkab g„oyalarni tushunish bilan bog„liq. Matematika,
tarix va adabiyot darslarida o„quvchilar ba‟zan o„qituvchining aytganlari yoki
darslikda nima haqida yozilganligini tushunish uchun ancha «bosh qotiradilar».
Tushunish, ayniqsa, agar o„quv materiali qiyin bo„lsa, murakkab aqliy jarayon
bo„lib hisoblanadi. Masalan, boshlang„ich sinf o„quvchisi murakkab o„quv
materialini tushunish uchun uning miyasida murakkab aqliy jarayonlar kechadi,
lekin bu jarayonlarni tanqidiy fikrlash deb bo„lmaydi. O„zgalar fikrini tushunish
uchun birinchi bosqichda shaxsiy fikrlash sust bo„ladi: bunda kimdir tomonidan
yaratilganni idrok qilinadi, xolos, «Tanqidiy fikrlash - yangi, tushunib bo„lingan
g„oyalar tekshirilayotganda, baholanayotganda, rivojlantirilayotganda va
qo„llanayotganda sodir bo„ladi»,-deb ta‟kidlaydi o„zbek olimi S.S. G„ulomov
[194, 14]. Rus olimasi S.V. Stolbunova: «Dalillarni eslab qolish va g„oyalarni
tushunish tanqidiy fikrlash uchun zarur bo„lgan dastlabki shartlar bo„lib
hisoblanadi, lekin ular o„zaro yaxlitlikda ham tanqidiy fikrlashni
anglatmaydilar»-degan g„oyani ilgari suradi [153, 32].
«Tanqidiy fikrlash» tushunchasiga mos kelmaydigan yana bir fikrlash turi bu-
intuitiv (ichki his-tuyg„u bilan) sezib fikrlashdir. Sportchi, rassom, musiqachilar
miyasida ham murakkab fikrlash jarayoni sodir bo„ladi, lekin ular buni hatto
sezmaydilar ham. Demak, «tanqidiy fikrlash» atamasidan pedagogik muhitda
anchadan beri foydalanib kelinmoqda, ammo uning talqinlari bugungi kungacha
turlichadir. Bir qator pedagog-psixolog olimlar I.S. Kon, L.S. Rubinshteyn, S.S.
G„ulomov, E. G„oziyevlar tanqidiy fikrlash «yuqori tartibdagi» fikrlashni
bildiradi (Benjamin Blum tizimiga ko„ra o„rganish qobiliyatlarining so„nggi oliy
pog„onasi), degan g„oyani ilgari surishsa, faylasuf olimlar (Z. G„ofurov, J.
Tulenov, Q. Nazarov) fikrlaricha- tanqidiy fikrlash deganda mantiqiy fikrlash va
isbotlash ko„nikmalari tushuniladi, uning yordamida o„quvchilar diqqat bilan
o„qish, chuqur munozaralar yuritish va yozuvda o„z fikrlarini aniq va o„ylab
ifoda etish imkonini oladilar. Adabiyot nazariyotchilari va tarixchilari uchun
matnning tarkibiy qismlarini ajratishga va matnning kitobxonga ta‟sir qilish
usullarini tanqidiy qayta mushohada qilishga, hamda muallif asarni yaratishda
amal qilgan sababalarni aniqlashda yordam beradigan matnga yondashish
«tanqidiy» deb hisoblanadi.
Dayana Xalperi «Psixologiya kriticheskogo mishleniya» asarida: «Faol va
interaktiv bilishning bir necha darajalarida bir vaqtda ro„y beradigan jarayon
tanqidiy fikrlash bo„lib hisoblanadi. Tanqidiy fikr egasiga hiyla-nayranglar
kamroq ta‟sir qiladi, o„zining shaxsiy qarashlar tizimi bo„lgani uchun ular turli
xavf-xatardan holi bo„ladilar»[59,36],-deb yozadi. Shunga yaqin fikrni boshqa
amerikalik olimlar Djeni Stil, Kert Meredis, Charlz Templlarning «Tanqidiy
fikrlashni rivojlantirish uchun o„qish va yozish» (TFRO„YO) loyihasida ko„rish
mumkin: «Odam tanqidiy fikrlar ekan, u yoki bu g„oyalar bilan tanishadi, ularni
amalga oshirishdagi mumkin bo„lgan oqibatlarini ham e‟tiborga oladi. Bunda
odam bu g„oyalarni dastlab ma‟lum darajadagi ishonchsizlik bilan idrok qiladi va
qarama-qarshi nuqtai-nazarlar bilan taqqoslaydi. Ularni asoslash uchun
qo„shimcha mulohazalar tizimidan foydalanadi va bular asosida o„z nuqtai-
nazarini ishlab chiqadi»[60, 18].
O„zbek olimasi Sh. A. Abdullayeva “O„quvchilarda refleksiv mushohada qilish
ko„nikmalarini shakllantirish” asarida: “Tanqidiy fikrlash - fikr yuritishning
shunday ko„rinishiki, unda aqliy operatsiyalar (analiz, sintez, induksiya,
deduksiya)ning barchasi ishtirok etadi [24, 34]»,- deb yozadi. Demak, o„quvchi
taqdim qilinayotgan o„quv materialini o„zlashtirishi uchun bilish jarayonining
induktiv (ayrim, xususiy tajribalarni umumlashtirib xulosa chiqarishga fikran
harakat qilish) va deduktiv (umumiydan ayrimlikka yuksalish)pog„onalaridan
o„tadi.
Barcha fikrlarni umumlashtirib, quyidagicha xulosaga kelindi: tanqidiy fikrlash-
bilim o„zlashtirish va mustaqil fikrlashning yuqori darajadagi tarkibiy qismi
bo„lib, shaxsning voqea, hodisa, borliqni obyektiv idrok etish imkoniyatini
kengaytiruvchi aqliy hodisadir. Tanqidiy fikrlashda g„oyalar va ularning
ahamiyati ko„pfikrlilik nuqtai nazaridan ko„rib chiqiladi hamda ular boshqa
g„oyalar bilan taqqoslanadi.
Unda tahlil, taqqoslash, izohlash, qo„llash, muammolarni hal qilish yoki yangi
fikr kashfiyotiga alohida e‟tibor beriladi. Bunda: a) har qanday tanqidiy fikrlash
jamiyatning ehtiyoji natijasida yuzaga keladi, shakllanadi va ma‟naviy-madaniy
asoslariga tayanadi. Har qanday tanqidiy fikrlash ijtimoiydir, u insonning odamlar
orasidagi faoliyati bilan bog„liq; b) tanqidiy fikrlash inson faoliyati shakllaridan
biridir, ya‟ni jamiyatni, ijtimoiy jarayon va hodisalarni tanqidiy ravishda baholash
demakdir. U bilish shakllari bilan uyg„unlashib, tabiatni bilish (tabiatshunoslik)
va tafakkurni bilish (gnoseologiya, mantiq)dan farq qiladi; v) O„quvchilarda
tanqidiy fikrlash shakllantirilganda, avvalambor ularda bunyodkor g„oyalarni
vayronakor g„oyalardan farqlay olishga o„rgatish lozim.
O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim to„g„risida»gi Qonuni, «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi», «Pedagogik ta‟lim Konsepsiyasi» talablari bilan
hamohang ravishda barkamol insonni voyaga yetkazish zarurligi ta‟kidlangan.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq kamol topayotgan yosh avlodning
tanqidiy fikrlashini shakllantirish va rivojlantirish uchun muhit yaratildi. Keyingi
yillarda
hurriyat
buyuk
o„zgartiruvchilik
mo„jizasini
ko„rsatib,
dunyoqarashimizni o„zgartirib, fikrimiz, tafakkurimizni boyitmoqda. Voqealar
rivojini butun mohiyati bilan anglash, dunyoga kengroq va tiyrakroq nazar bilan
qarashni taqozo etmoqda.
Shu jihatdan olganda o„quvchilarni «o„qishga o„rgatish», va tanqidiy fikrlashni
egallashlari muhim vazifalar qatoridan o„rin olmokda. Yangi axborotlarga duch
kelar ekan, o„quvchilar uni mustaqil ravishda baholashi, unga turli xil nuqtai-
nazardan qarashi, undan o„z ehtiyoj va maqsadlari yo„lida foydalana olish
imkoniyati to„g„risida xulosa yasay olishlari zarur. Haqiqiy tanqidiy fikrlaydigan
odam bo„lib yetishish uchun o„quvchilar ijodiy fikrlab, o„zini sinab ko„rishi va
bunga oid malakalarni egallashlari zarur.
Tanqidiy fikrlash muloqot madaniyatini o„stiradi va guruh bilan ishlash
malakalarini rivojlantiradi.
O„quvchilarning tanqidiy fikrlashini shakllantirish natijasida har bir rejali o„quv
jarayonining didaktik ta‟minoti e‟tiborga olinadi, tahsil oluvchi o„quv materialini
qanday o„zlashtirayotgani doimiy monitoringi ishlab chiqiladi, ta‟lim
jarayonidagi muammolarning yechimini topishga harakat qilinadi. Mohir pedagog
o„quv jarayonida tug„iladigan qiyinchiliklarni boshqalardan ko„ra yaxshiroq
tushunadi.
O„quvchilarning tanqidiy fikrlashlarini shakllantirish shunday uslubiy xizmatni
talab etadiki, bunda yoshlarning shaxsiyatiga zarar keltirmaslik, ularning
pedagogik dahlsizligini ta‟minlash hamda milliy qadriyatlar, urf-odatlar,
an‟analar orqali ularga ijobiy ta‟sir ko„rsatish lozim bo„ladi. Demak, O„zbekiston
davlatining har tomonlama rivojlanishi va amalga oshirilayotgan islohotlarning
muvaffaqiyati yosh avlodning mustaqil fikrlashi, keng bilimi, tarbiyasi va
umumiy madaniyatining shakllanganlik darajasiga bog„liq. Shu sababli,
jamiyatimizdagi barcha yoshlarda erkin mushohada qilish, tanqidiy fikrlash
ko„nikmalarini shakllantirish lozimligi ijtimoiy ehtiyoj kasb etadi.
O„quvchilarga tanqidiy fikrlash uchun eng avvalo, ularning o„zlari mas‟ul
ekanliklarini anglatish lozim. Pedagogning vazifasi tanqidiy fikrlashni
rag„batlantirib turuvchi muhitni yaratishdangina iborat bo„ladi.
Tanqidiy fikrlashni paydo qilish uchun quyidagilarga e‟tiborni qaratish lozim:
o„quvchida o„ziga xos nuqtai-nazarni paydo qilish;
bir fikrdan boshqasining afzalligini asoslash mahorati;
murakkab muammolarni yechish mahorati;
dalillarga asoslangan holda bahslashishga odatlantirish;
yagona fikrni ishlab chiqish uchun o„zaro hamkorlikda ishlash mahorati;
o„quvchilarda mavjud bo„lgan bilimlar tanqidiy fikrlash ko„nikmalarini
shakllantirishga qay darajada xizmat qilishini aniqlash.
O„quvchilarni faol o„ylash jarayoniga kiritish, muammoli vaziyatni yechish,
mantiqiy jarayonlarni oqilona hal etishga o„rgatish bilim o„zlashtirishda ijobiy
natijalarga olib kelishi muqarrar.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson narsa emas. Bu muayyan yosh davrida
tugallanishi va unutilishi mumkin bo„lgan masala ham emas. Tanqidiy fikrlashga
olib boradigan aniq-ravshan yo„llar yo„q. Biroq, o„qitish shartlarining muayyan
to„plami borki, uning yordamida tanqidiy fikrlovchilarni tarbiyalash mumkin.
Jumladan, quyidagi shartlarga alohida e‟tibor berish zarur:
Tanqidiy fikrlash tajribasini orttirishga vaqt va imkoniyat berish;
O„quvchilarga fikrlash imkoniyatini berish;
Turli g„oya va fikrlarni qabul qilish;
O„quv jarayonida o„quvchilarning faol qatnashishlariga imkon berish;
O„quvchilarni tanqidiy mulohaza yuritishga qodir ekanligiga ishontirish.
Shu bilan birga, o„quvchilar:
O„z-o„ziga ishonchni rivojlantirib, o„z g„oya va fikrlarining qimmatini
tushunishlari kerak;
Ta‟lim jarayonida faol qatnashishlari lozim;
Turli fikrlarni hurmat bilan eshitishlari kerak;
O„z mulohazalarini shakllantirishga tayyor bo„lishlari yoki undan o„zlarini
tiyishlari lozim.
Tanqidiy fikrlash xususiyatlari quyidagilar:
tanqidiy fikrlash- bu mustaqil fikrlashdir;
axborot- tanqidiy fikrlashning boshlanishidir;
tanqidiy fikrlash savolning qo„yilishi va hal qilinishi zarur bo„lgan muammoni
aniqlashdan boshlanadi;
tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi;
tanqidiy fikrlash-ijtimoiy fikrlashdir.
Birinchidan, tanqidiy fikrlash- bu mustaqil fikrlashdir.
Boshlang„ich sinflarda mashg„ulot tanqidiy fikrlash tamoyillari bo„yicha
yaratilar ekan, har bir ishtirokchi boshqalarnikidan mustasno holda o„zining
g„oyasi, qadriyatlarni baholashi va ishonchiga ega bo„ladi. Demak, fikrlash yakka
tartibli harakterga ega bo„lgandagina, uni tanqidiy fikrlash deb atash mumkin.
Boshlang„ich sinf o„quvchilari o„z aqli, fikrlashi va eng murakkab savollarga ham
o„zlari javob topa olish erkinligiga ega bo„lishi kerak. Qanday fikrlash zarurligini
har bir o„quvchi o„zi uchun o„zi hal qiladi. Shunday qilib, mustaqillik tanqidiy
fikrlashning eng muhim jihatlaridan biridir.
Ikkinchidan, axborot tanqidiy fikrlashning natijasi emas, balki uning
boshlanishidir. Bilim o„quvchini tanqidiy fikrlashga undovchi motiv bo„lib
hisoblanadi. Murakkab fikrni yaratish uchun anchagina «xom ashyo»- dalillar,
g„oyalar, matnlar, nazariyalar, ma‟lumotlar, konsepsiyalarni qayta ishlash zarur.
Uzluksiz ta‟lim tizimida tahsil olayotgan har qanday yoshdagilar ham tanqidiy
fikrlash qobiliyatiga ega bo„lishadi, hatto birinchi sinf o„quvchilarida ham hayotiy
tajriba va bilimlar mavjud bo„ladi. Bolalarning fikrlash qobiliyatlari o„qitish
natijasida yanada takomillashib boradi. Hatto juda yosh bolalar ham tanqidiy
fikrlash va butunlay mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega. Aynan tanqidiy fikrlash
tufayli odatdagi bilish jarayoni alohidalik va anglashuvchanlik, uzviylik va
samaradorlik kasb etadi.
Uchinchidan, tanqidiy fikrlash, savolning qo„yilishi va hal qilinishi zarur bo„lgan
muammoni aniqlashdan boshlanadi. Insoniyat o„z tabiatiga ko„ra qiziquvchandir.
Biz biron-bir yangilikni sezar ekanmiz, albatta uning mohiyatini bilishni
xohlaymiz. Qandaydir tarixiy obidani ko„rar ekanmiz, bizda uning ichkarisiga
kirish istagi paydo bo„ladi. «Barcha hayvonot olamida,- deb yozadi kimyogar va
faylasuf Mikayel Poloniy,- uning eng sodda shakli bo„lgan chuvalchangdan,
ehtimol hatto amyobadan boshlab, biz abadiy ehtiyotkorlik harakatini, ehtiyojni
bevosita qondirishga bog„liq bo„lmagan izlanuvchanlik faoliyatini: har qanday
jonli mavjudotni o„z atrofini aql-zakovat bilan nazorat qilishga intilishini
kuzatamiz»[53,56]. Qiziquvchanlik har qanday tirik mavjudotning ajralmas
xususiyatidir. Bu xususiyat yosh bolalarda ayniqsa quchli bo„ladi. Biroq, har
qanday bosqichdagi haqiqiy bilish jarayoni o„quvchining muammoni hal qilishi,
o„zining shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlaridan paydo bo„lgan savollarga javob
izlashi bilan belgilanadi.
Bundan xulosa qilish mumkinki, boshlang„ich sinf o„qituvchisi darsga
tayyorgarlik ko„rar ekan, o„quvchilar to„qnashishi mumkin bo„lgan muammolar
doirasini aniqlashi, so„ngra esa, o„quvchilarni bu muammolarni o„zlari mustaqil
ravishda shakllantirishlariga tayyorlashi zarur. Tanqidiy fikrlash tufayli o„qitish
aniq maqsadga yo„nalgan, mazmunli faoliyatga aylanishi hamda bu faoliyat
davomida o„quvchilar haqiqiy aqliy ish bajarib, hayotiy muammolarni hal
qilishga qodir bo„lishlari lozim. Ularni dalillar asosida matnlarni tahlil qilishga,
teng kuchli nuqtai-nazarlarni taqqoslab hamda jamoa imkoniyatlaridan
foydalanib, o„zlarini qiziqtirgan savollariga javob topishga undash ta‟limni
texnologik yondashuvlar asosida qurishga zamin yaratadi.
To„rtinchidan, tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi. Tanqidiy fikrlovchi
kishi muammoning o„z shaxsiy yechimini topadi va bu qarorni oqilona, asosli
dalillar bilan mustahkamlaydi. O„quvchi boshqa qarorlar bo„lishi mumkinligini
ham tan olishi mumkin, lekin o„zi tanlagan qaror boshqalarnikiga nisbatan eng
mantiqiy va oqilona ekanligini isbotlashga harakat qilishi ta‟lim jarayonining
samaradorligini oshiradi.
Har qanday ishonchli dalil uch asosiy qismdan iborat bo„lib, tasdiqlash-dalil
markazi, uning mazmuni bo„lib hisoblanadi (ba‟zan u tezis, asosiy g„oya yoki
qoida deb yuritiladi). Tasdiqlash bir necha dalillar bilan mustahkamlanadi.
Dalillarning har biri o„z navbatida isbotlar bilan mustahkamlanadi. Statistik
ma‟lumotlar, matn parchasi, shaxsiy tajriba, umuman olganda, ushbu ishonchli
dalillarni isbotlashga yordam beruvchi va muhokamaning boshqa ishtirokchilari
tomonidan tan olinishi mumkin bo„lgan barcha g„oyalardan isbotlovchi sifatida
foydalanish mumkin. Ishonchli dalillarning yuqorida qayd qilingan barcha
qismlari tasdiq, dalil va isbotlash negizida, uning to„rtinchi qismi bo„lgan asos
turadi. Asos- bu muayyan yo„naltiruvchi boshlang„ich nuqta bo„lib, u notiq uchun
ham, yoki yozuvchi va uning muxlislari uchun umumiy hisoblanadi.
Ishonchli dalillar, unga qarama-qarshi dalillarni mavjud bo„lishi, ularni
giperbolik tarzda (oshirib ko„rsatilishi), yoki qabul qilinishi mumkinligini ham
hisobga olgandagina o„z samarasini ko„rsatadi. Boshqacha nuqtai-nazarlarning
tan olinishi ishonchli dalillarning ta‟sir kuchini yanada oshiradi. O„ta ta‟sirchan
dalillar bilan qurollangan tanqidiy fikrlovchi kishi, hatto katta obro„ga ega
bo„lgan fikrga ham qarshi tura oladi, amaliyotda bunday kishining fikrini
o„zgatirish mumkin emas.
Beshinchidan, tanqidiy fikrlash- ijtimoiy bo„lib hisoblanadi (har bir inson ijtimoiy
organizmdir). Har qanday fikr, agar u boshqalar bilan o„rtoqlashilgandagina
o„tkirlashadi yoki faylasuf Xanna Arendt yozganidek:
«...kimningdir huzurimda bo„lishi, meni barkamollikka erishtiradi»[35, 119].
Bahslashuvda, o„qiganimizda, muhokamada ishtirok etganimizda, e‟tiroz
bildirganimizda, boshqalar bilan fikr almashganimizda, biz o„z nuqtai nazarimizni
aniqlashtiramiz va uni chuqurlashtiramiz, shuning uchun ham o„quvchilarda
tanqidiy fikrlashni shakllantirishni mo„ljallagan o„qituvchi o„z mashg„ulotlarida
juftlikda yoki guruhlarda ishlashning turli shakllaridan samarali foydalanishga
intiladilar. Umuman olganda, tanqidiy fikrlashni shakllantirish jarayoni o„quvchi
shaxsini konstruksiyalashga nisbatan anchagina keng ma‟nodagi vazifalarni hal
qiladi.
Tanqidiy fikrlash (boshlang„ich sinf o„quvchilari misolida)yozma ishda
yaqqolroq namoyon bo„ladi. “Yozuvda,-deb ta‟kidlaydi S.S. G„ulomov fikrlash
jarayonini kuzatish mumkin bo„ladi va bu o„qituvchi uchun ham qulaylik
yaratadi. Yozayotgan o„quvchi doimo faol bo„ladi. U doim mustaqil fikrlaydi va
bunda u o„zida mavjud bo„lgan barcha bilimlardan foydalanadi. U o„z fikrini
mustahkamlash uchun yetarli darajadagi ishonchli dalillarni qatorlashtirib
tashlaydi. Bundan tashqari u o„z tabiati jihatidan ijtimoiy harakterga ega bo„ladi.
Chunki, xat yozuvchi, uni o„qiydiganga mo„ljallab yozadi. O„quvchi uchun eng
qimmatlisi - o„qituvchining uning ishiga qiziqishi va unga hurmat bilan qarashi,
o„z fikrlari to„g„risida sinfdoshlari, boshqa o„qituvchilar, ota-onalar va hatto
notanish kishilar bilan o„rtoqlashish imkoniyatiga ega bo„laganligidir” [194,36].
Shunday ekan, yozishni tanqidiy fikrlashning eng muhim vositasi deb hisoblash
mumkin.
Tanqidiy fikrlash asoslari uch bosqichdan iborat bo„lib, ular: ilm o„rganishga
qiziqish uyg„otish, ya‟ni motivatsiya hosil qilish, o„zlashtirilgan bilimlarni idrok
qilish hamda ularni mushohada qilish ( refleksiya)dir.
Tanqidiy fikrlash motivatsiya bosqichidan boshlanadi, uning davomida
o„quvchilarning fanga nisbatan qiziqishi uyg„onadi, zarur savollar tug„iladi va
bilimlarni egallash uchun falsafiy kategoriya «sabab» shakllanadi. Shundan
keyingina o„zlashtirilgan bilimlarning ma‟nosini anglash, idrok etish bosqichida
o„quvchilar yangilikni izlash uchun rag„batlanadilar. Bolaning refleksiya
bosqichi ta‟lim jarayonining kulminatsiyasi bo„lib hisoblanadi. Uning davomida
o„quvchilardan o„z bilimlarini umumlashtirish, bilib olgan narsalarni bungacha
bilgan narsalari bilan taqqoslash, ularning savollariga javoblarni qay darajada
olganiga qarab baholash (va zaruratga qarab yangi savollarni shakllantirish),
egallangan bilimlarni o„zga muammolarga nisbatan qo„llash, tayyor axborot
haqida mushohada yuritish, munozara qilish va tug„ilgan g„oyani himoya qila
olish kabilar uchun zamin yaratiladi.
Boshlang„ich sinflarda o„quvchilarning erkin mushohada yuritishlari uchun,
avvalambor motivatsiya bosqichining ahamiyati kattadir, unda yangi bilimlar,
o„zi mustaqil tanlagan maqsad uchun intilish anchagina kuchli bo„ladi.
Motivatsiya bosqichida faoliyatning bir nechta bilim beruvchi muhim turlari
amalga oshiriladi. Birinchidan, kichik maktab yoshidagi o„quvchi mazkur mavzu
to„g„risida bilganlarini tiklashda faol ishtirok etadi. Bu esa uni o„z bilimlarini
tahlil qilishga va tez orada batafsil ko„rib chiqiladigan mavzu haqida o„ylashga
majbur etadi.
O„quvchilar yangi bilimlarini oldin bilgan va tushunganlar kontekstida qabul
qilsa, unda bilim o„zlashtirish darajasi yuqori bo„ladi. Agar axborot o„quvchiga
oldingi bilimlar bilan bog„lanmasdan taqdim etilsa, u tez xotiradan yo„qoladi.
Ta‟lim jarayoni - yangi bilimlarni avvaldan ma‟lum bo„lgan axborot bilan
bog„lash jarayoni ekan, boshlang„ich sinf o„quvchilarining yangi tasavvurlari
ilgarigi bilimlari va tasavvurlari asosida kengayadi. O„quvchilarga ilgarigi bilim
va tasavvurlarini sintez qilishga yordam berish didaktikada muhim ahamiyat kasb
etadi.
Motivatsiya bosqichining ikkinchi maqsadi- o„rganilayotgan axborotni tezkorlik
bilan idrok etishga qiziqishni kuchaytirishdan iboratdir, chunki ta‟lim- intilish
talab etadigan intensiv faoliyatdir.
Boshlang„ich sinf o„quvchilari yangi axborotni ongli, puxta tushunishlari va yangi
ma‟lumotga tanqidiy yondashishlari uchun ta‟lim jarayonida faol qatnashishlari
kerak. O„quvchi belgilangan maqsad asosida o„ylab, fikrlarini o„z so„zlari bilan
ifodalash orqali faollashadi. Bilimlarni namoyish qilish (o„ziga va sherigiga)
og„zaki yoki yozma nutq yordamida, faol fikrlash orqali sodir bo„ladi. Shunday
qilib, o„quvchilarga yangi axborotni avval bilganlari bilan samarali bog„lashga
imkoniyat yaratish, ularda tanqidiy fikrlashga o„rgatishga zamin tayyorlaydi.
Motivatsiya bosqichining uchinchi maqsadi- o„rganilayotgan mavzu bo„yicha
o„quvchida oydinlashtirilgan maqsadni tushunishga zamin hozirlashdan iborat.
Motivatsiya va maqsadning hosil bo„lishi o„quvchilarning faolligini yanada
oshiradi.
Mustaqil ravishda tanlangan maqsadlar, tashqaridan majburiy kiritilgan
maqsadlardan kuchliroq bo„ladi. Shaxsiy qiziqish xususiy maqsadni belgilaydi.
Agar barqaror qiziqish bo„lmasa, o„quv faoliyatining motivatsiyasi susayadi.
Umuman olganda o„quvchi o„z savollariga javob olishi orqali haqiqiy
tushunishga erishadi.
Dostları ilə paylaş: |