12- мавзу: Pedagogik texnologiyalarning asosiy tarkibiy qismlari,
jarayonlari, turlari va natijalari.
Режа:
1. Pedagogik texnologiyalarning asosiy tarkibiy qismlari.
2. Pedagogik texnologiyalarning asosiy jarayonlari.
3. Pedagogik texnologiyalarning turlari.
4. Pedagogik texnologiyalarning tajriba-sinov natijalari.
Tayanch tushunchalar: pedagog, texnologiya, jarayon. Tur, natija,
kafolatlangan natija
Pedagogika talabalar guruhi bilan ishlashda yuqori natijaga erishish yo„llarini
doimo izlab kelgan va o„z vosita, usul va shakllarini hamma vaqt takomillashtirib
kelgan. Ko„zlangan maqsadga erishish imkoniyatini beruvchi, qandaydir usul yoki
usullar majmuasini topish ilinjida bo„ldi. Buning natijasida turli uslubiyotlar paydo
bo„ldi. Pedagogik tajriba to„planishi bilan yangi, samaraliroq uslubiyotlar yaratila
bordi. Ammo, yangi uslubiyotlarni yaratish borasidagi amaliy ishlar natijasi, o„sib
borayotgan talablarga hamma vaqt ham javob bermas edi. O„qitishdagi doimiylik,
rejalashtirilgan natijalarga erishish kafolati kabi muammolar o„z yechimini kutar edi.
O„quv maqsadlarning noaniq va mujmal qo„yilishi, shu bilan bog„liq o„qitishdan
kutilgan natijaning yo„qligi, an‟anaviy ta‟lim maktabining kamchiligi hisoblanadi.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida, oliy ta‟lim muassasasi, o„qitishdan
kutiladigan natija yo„qligidek, ortiqcha daxmazaga yo„l qo„ya olmaydi. O„qitish
natijasi aniq va erishiladigan bo„lishi lozim, aks holda, tayyorlangan mutaxassislarga
ehtiyoj ham noaniq bo„ladi va ular talab qilib olinmaydi. An‟anaviy o„qitish
maktabiga tayangan oliy ta‟lim muassasasi, hozirgi zamon ishlab chiqarish va boshqa
sohalarning aniq talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga qodir
bo„lmaydi. Shuning uchun, o„quv jarayonini takomillashtirish, talabalar qiziqishini
oshirish, o„qitish natijalarini yaxshilashning eng samarali yo„llarini izlash ishlari
uzluksiz davom ettirilmoqda. O„qitish sifatini oshirish, obyektiv zaruriyatga
aylanganligi tufayli, alohida o„qitish uslublaridan pedagogik texnologiyaga o„tish
muammosining dolzarbligi ortib bormoqda. O„quv jarayonini birinchi marta ushbu
tarzda talqinlash Y.A.Komenskiyning pedagogikasida uchratish mumkin.
Komenskiy asarlarida, inson tabiati qonuniyatiga uyg„unlashgan o„qitish tartibini
izlash urinishlari mavjud. O„qitish texnologiyasining asosiy elementlari - dars
tamoyili, sinf tamoyili, o„qitishning predmetligi, o„quv materialini bayon etishning
umumtartibi – aynan Y.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan edi, bu esa uning
pedagogik tizimining individual jamiyatdagi uning ommaviy so„ngra umumiy ta‟limi
ehtiyoji uchun uzoq yillar xizmat qilishini ta‟minlaydi. U o„qitishning yagona
takomillashgan usulini ko„z oldiga keltirib, uni soat mexanizmining aniq va ravon
ishi bilan taqqoslagan edi. Komenskiy Y.A. bu haqda - «O„qitish san‟ati - vaqt, fanlar
va usullarning mohirona taqsimotidan boshqa hech narsani talab etmaydi. Agar biz
bu taqsimotni aniq o„rnata olsak, maktab yoshlarini ularning soni qanchaligidan
qat‟iy nazar, tipografiya asboblari bilan minglab qog„ozlarni nafis harflar bilan
bezatishdan yoki Arximed mashinasini o„rnatib, uylar, minoralar yoki xilma-xil
og„irliklarni ko„chirishdan, yoki minglab kemada okeanni kesib o„tib, Yangi Olamga
(Amerikaga) jo„nab ketishdan ham osonroq bo„ladi. Hamma narsa soatdek yengillik
bilan, shunday zavq va shavq bilan oldinga yuradiki, shunday zavq va shavq bilan
unga o„xshash avtomatni kuzatamiz va nihoyat, faqat bunaqa epchil asbobda
erishilishi mumkin bo„lgan ishonch bilan unga qaraymiz. Shunday qilib, Olloh taolo
haqi, soatga to„la o„xshagan shunday maktab tuzilmasini ishlab chiqishga urinib
ko„ramiz».
O„quv maqsadlarining turli-tumanligi, ta‟lim mazmuni elementlarining xilma-xilligi
(o„quv materiali turlari), talabalarning individual xususiyatlari oliy darajadagi yagona
o„qitish usuliga erishishga to„sqinlik qiladi. O„qitish amaliyotida, o„qitishning turli
tuman yo„llari, usullari va shakllari keng qo„llaniladi. Ammo o„qitishda yagona
samarali (integral) yondashuv sohasidagi izlanishlar jadallik bilan hamon davom
ettirilmoqda. O„qitishni, o„ziga xos ishlab chiqarish texnologik jarayonga aylantirishi
mumkin bo„lgan didaktik yondashuvlar, didaktik vositalarni izlash davom etmoqda.
50-yillarda o„quv jarayoniga mashinalarni kirib kelishi va tarqalishi bilan, pedagogik
texnologiyalarni rivojlanish bosqichi boshlandi. Bu paytda sanoat ishlab chiqarishida
yangi ilmiy yo„nalish – sistemotexnika paydo bo„ldi va u «odam-mashina»
majmualarini yaratish masalalarini yechib berdi. Ushbu ilmiy yo„nalishda «odam-
mashina» tizimida odamning rolini aniqlash muhim ahamiyatga ega, hozirgi kunda
ushbu muammo yechimining uch bosqichini ko„rsatish mumkin:
Birinchi bosqich - «mashina hamma narsaga qodir» tamoyilini qo„llab,
mashinani odamga bog„liqsiz loyihalash.
Ikkinchi bosqich - vazifalarni odam va mashina o„rtasida taqsimlash tamoyili
asosida, odam bilan mashinaning o„zaro ta‟sir jarayonlarini o„z ichiga oluvchi
mashinalarni loyihalash.
Uchinchi bosqich - odamni texnik tizimning tarkibi sifatida qarashdan voz
kechish bilan belgilanadi, loyihalash asosiga odam faoliyati tamoyili qo„yiladi,
ya‟ni odam faoliyati tizimi loyihalana boshlandi. Faoliyat tizimi o„zining
funksional birliklaridan iborat mazkur bosqich, industrial jamiyat o„rniga
kelayotgan, informatsion yoki postindustrial deb ataluvchi yangi jamiyatning
rivojlanayotgan elementlariga yo„naltirilgan. Yangi jamiyatning taraqqiyoti,
bilimlarni to„plash va qayta ishlash jarayonlarida inqilobiy shartni qo„yadi,
bunda markaziy rolni telekommunikatsiyalar tarmog„iga ulangan kompyuter
bajaradi. Informatsiya (axborot) bosh tovar mahsulotga aylanadi, uni yaratish
qobiliyati esa mamlakatning strategik resursiga aylanadi. Ishlab chiqarishda
yangi yuqori texnologiyali tarmoqlar paydo bo„ladi, mavjudlarining esa shakli
keskin o„zgaradi.
Ishlab chiqarishdagi o„zgarishlar, yangi turdagi xodim paydo bo„lishiga olib
keladi. Xodimning bu turi o„zining quyidagi sifatlari bilan ajralib turadi: u
ko„proq mustaqil, ijodiy fikr qiladi, endi u mashinaga qo„shimcha qism
hisoblanmaydi. Qo„l asboblari to„plamiga ega bo„lgan sanoatlashmagan
davrning, hunarmand ustasidek, yangi intellektual ishchilar, bilimlar, mahorat,
axborotlar kabi ma‟naviy asboblar to„plamiga egalar.
Intellektual ishchilar doimiy o„zgarishlar, muammolar, vaziyatlarga
moslashuvchan bo„ladilar. Ular o„z ishlarini qattiq nazoratsiz, o„z hohishlariga
ko„ra, ijodiy, erkin bajarishga moyil bo„ladilar. Ular o„zlarida iste‟dodli shaxsni
ifoda etadilar. Qayerda intellektual ishchi faoliyati uchun sharoit yaratilgan
bo„lsa aynan shu yerda ishlab chiqarish raqobatbardosh va daromadli bo„ladi.
Bunda ishlab chiqarishning sifati va samaradoligiga ishchilarning muskul
energiyasi, texnik malakasi orqali emas, balki uning omilkorligi, ma‟lumoti,
harakatchan fikrlash qobiliyati va ishga ijodiy munosabati orqali erishiladi.
Postindustrial jamiyat xodimini shakllantirish uchun, jamiyat ishlab
chiqarishning yangi talablariga javob beradigan, yangi ta‟lim texnologiyasi zarur
bo„ladi, yangi turdagi xodim uchun yangi turdagi pedagog mos keladi. Sistema
texnika majmuasi taraqqiyotining uch bosqichiga mos, ta‟lim tizimida
o„qituvchining uch turli maqomi, pedagogik faoliyatning uch turini alohida qayd
etish mumkin.
Pedagogik faoliyatning birinchi turi, shu bilan xarakterlanadiki, o„qituvchi o„z
ishining ustasi hisoblanadi, nodir bilimlar, ko„nikmalar tashuvchisi, shaxsiy
tajribaga, pedagogik qobiliyatga ega bo„ladi (qadimgi davrdagi hunarmandga
o„xshash). Uning «asboblari» - yo„llari, usullari individual bo„lib, pedagogik
iste‟dodining mevasidir, qo„llanmalar, ko„rgazmali va texnik vositalar unga
meros qolgan yoki o„zi tomonidan ishlab chiqilgan.
Pedagogik faoliyatning ikkinchi turi, shu bilan xarakterlanadiki, unda o„qitish
tajribasi umumlashtiriladi, tizimlashtiriladi va ilmiy fan ko„rinishini oladi.
Bunga, kitob chop etishning paydo bo„lishi, pedagogik mehnatning bo„linishi va
ixtisoslashuvi sabab bo„ldi. Bu yerda pedagogik jarayon, oqilona tashkil etilgan,
o„qitish ma‟lum qoidalar bo„yicha amalga oshiriladi. Ushbu sharoitlar bilimni
obyektivlashtirish imkonini berdi. O„qituvchi sanoatlashgan (industrial)
jamiyatning ishlab chiqarish xodimiga o„xshab, sanoatlashgan (industrial)
turdagi xodimga aylanadi.
Pedagogik faoliyatning uchinchi turi shu bilan xarakterlanadiki, u pedagogik
texnologiya asosida amalga oshiriladi, o„qituvchining holatini, zamonaviy
kompyuterdan foydalanuvchi holati bilan taqqoslash mumkin. O„qitish
texnologiyasi kasbiy yondashuv asosida aniqlanadi. Ular odatda, shaxsga
yo„naltirilgan o„qitish texnologiyalari hisoblanadi.
«Pedagogik texnologiya» atamasi, ishlab chiqarish - texnologik sohasidan
olingan, o„ziga xos ma‟lum qoida va tamoyillarga ega bo„lgan, «texnologiya»
tayanch iborasini o„z ichiga oladi. Ishlab chiqarish sohasida, mahsulotni
tayyorlash uchun, ishlab chiqarishni tayyorlash talab etiladi, u turli xildagi ilmiy-
tadqiqot konstruktorlik, texnologik, tashkiliy-rejaviy tadbirlarni qamrab oladi.
Oliy malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayoni ham shunga o„xshash tadbirlar
majmuasini o„z ichiga oladi. Oliy ta‟lim sohasida kadrlar tayyorlash bosqichlari
va ishlab chiqarishni tayyorlash bosqichlari juda o„xshashdir.
Ishlab chiqarishni tayyorlashning birinchi bosqichida ilmiy-tadqiqotlar natijasi
bo„yicha konstruktorlik tayyorgarligi amalga oshiriladi, ta‟lim esa davlat ta‟lim
standartlari (ta‟lim sohasi «konstruksiyasi»ni aniqlovchi) tayyorlanadi.
Oliy ta‟limning Davlat ta‟lim standarti kadrlar tayyorlash sifatiga, ta‟lim
mazmuniga qo„yilgan talabalar; ta‟lim oluvchilar tayyorgarligining zaruriy va
yetarli darajasi; ta‟lim muassasalari bitiruvchilariga qo„yilgan malakaviy talablar,
o„quv yuklamasining maksimal hajmi; ta‟lim muassasalari faoliyati va kadrdar
tayyorlash sifatini baholash tartiblari hamda yo„l-yo„riqlarini belgilaydi.
Mamlakatimizda oliy ta‟lim sohasi ilmiy tadqiqot ishlari va davlat ta‟lim
standartlari loyihalarini ishlab chiqish oliy va o„rta maxsus ta‟limni rivojlantirish
Markazi hamda ta‟lim yo„nalishlari bo„yicha tayanch oliy ta‟lim muassasalari
tomonidan bajariladi.
O„qitish jarayoni bilan ishlab chiqarish texnologik jarayon taqqoslash asosida –
pedagogik texnologiya o„zida o„qitishning zamonaviy samarali shakl va
usullarini qamrab olganidek, zamonaviy ishlab chiqarish - texnologik jarayon
ham mahsulot tayyorlashning eng samarali usullarini qamrab olishini ta‟kidlash
mumkin.Ishlab chiqarishni tayyorlashning ikkinchi bosqichida konstruktorlik
tayyorgarlik bajarilgandan so„ng ishlab chiqarishning tayyorgarligi amalga
oshiriladi, uning o„zagini – detallarni tayyorlash, mashina uzellari va
agregatlarini yig„ish, texnologik jarayonlarni ishlab chiqish - tashkil etadi.
Texnologik jarayonlar – texnologik xaritalar va ularning to„plamlari ko„rinishida
rasmiylashtirildi. Texnologik jarayonning texnologik xarita ko„rinishida aks
ettirilishi, yuqori malakaga ega bo„lmagan ishiga, yuqori sifatli mahsulot
tayyorlash
imkoniyatini
beradi,
chunki
texnologik
xarita
mahsulot
tayyorlashning barcha bosqichlari – materiallar, tayyorlash, jihozlar, texnologik
operatsiyalar mazmuni va ketma-ketligi, ishlov berish sharoitlari, asboblar, vaqt
meyorlari, sifat nazorati vositalari keltiriladi. Ishlab chiqarish - texnologik
jarayon, - minimal material va insoniy manbalar xarajatlari, ishlab chiqarishning
maksimal mehnat unumdorligi va rentabelligi bilan zaruriy sifatdagi mahsulot
olinishiga imkoniyat yaratadi. Ishlab chiqilgan texnologik jarayonsiz, zamonaviy
samarali ishlab chiqarish bo„lishi mumkin emas. Ishlab chiqarish sohasiga
o„xshab, ta‟lim sohasida davlat ta‟lim standartlari yaratilgandan so„ng (ta‟lim
«konstruksiya»si barpo etilishi) – texnologik tayyorgarlik amalga oshiriladi
(namunaviy o„quv rejalar, fanlarning namunaviy o„quv dasturlarini darslik va
o„quv qo„llanmalar tayyorlash, laboratoriya jihozlari, o„qitishning texnik
vositalari loyihalash, tayyorlash va sotib olish, o„quv ishlarini hisoblash uchun
vaqt meyorlarini o„rnatish va h.k.), u ta‟lim jarayonini tartibga soladi, ta‟lim
muassasasini va kadrlar tayyorlash sifatini baholaydi.Pedagogik texnologiya,
ommaviy ta‟lim sharoitida davlat ta‟lim standartlari talablari darajasida kadrlar
tayyorlashni ta‟minlaydi.O„quv jarayonining texnologik tayyorgarligi o„qitish
jarayonini (ishlab chiqarish - texnologik jarayonda, bu mahsulot tayyorlashning
texnologik operatsiyalari, uni maqbullashtirish va samaradorligini o„z ichiga
oladi. O„qitish jarayonini birxillashtirish (unifikasiyalash), o„qitishda maksimal
samaradorlikka yetishish, pedagogik texnologiyani yaratish va qo„llash orqali
erishiladi.Pedagogik texnologiya negizida, pedagogik ilmiy usul va malakalari,
ishlab chiqarishning usul va malakalaridek, o„quv jarayonini ro„yobga
chiqaruvchi obyektiv mantiqiy imkoniyatlar sifatida mavjud bo„lishi mumkinligi
haqidagi, tasavvur yotadi.
Ishlab chiqarish sohasida ushbu imkoniyatlar qanday ro„yobga chiqarilsa,
pedagogik ishda ham shunga o„xshash jarayon sodir bo„ladi. Yuqori malakali
pedagog o„zning pedagogik qobiliyati tufayli bu imkoniyatlarni aniqlaydi va
ularni ishlab chiqadi.
O„qitish jarayonining mavjud obyektiv qonuniyatlarni o„rganish va qo„llash,
o„qitishda zaruriy natijaga erishish, ma‟lum darajada hattoki pedagog va
talabaning qobiliyatiga bog„liq emas degan xulosaga olib keladi.
Pedagogik jarayon qanchalik chuqur ishlangan va obyektlashgan bo„lsa, uni
ro„yobga chiqarish uchun, shunchalik kam qobiliyat talab etiladi. Ushbu,
ommaviy ta‟limning butun amaliyotida o„z tasdig„ini topdi. Bundan tashqari
kompyuterli o„qitishni joriy etish amaliyoti, odamning bevosita ishtirokisiz ham,
o„qitishning usul va yo„llari tizimi, amalga oshirilishi mumkinligini
ko„rsatmoqda.
Pedagogik texnologiyaning xususiyati shu bilan belgilanadiki, unda qo„yilgan
maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o„quv jarayoni yaratiladi va ro„yobga
chiqariladi.Ishlab chiqarish texnologik jarayon ma‟lum mahsulot uchun
ishlanganidek, xuddi shunday pedagogik texnologiya ham har qaysi fan uchun
o„qitish texnologiyasining asosiy elementlarini o„z ichiga olgan umumiy
uslubiyot asosida ishlab chiqiladi.Pedagogik texnologiyaning afzalligi ham,
ahamiyati ham shu bilan belgilanadi. Bu ommaviy o„qitish sharoitida, talabalarni
to„la o„zlashtirishini ta‟minlovchi yagona to„g„ri yo„ldir.Pedagogik texnologiya,
ishlab chiqarish texnologik jarayondek, rejalashtirilgan natijaga erishishni
kafolatlaydi.
1.3. Pedagogik texnologiya tamoyillari.
Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi sharoitida, «Pedagogika» va «Texnologiya»
fanlar ulashuvida paydo bo„lgan, pedagogik texnologiya mustaqil fanga aylandi.
Har bir mustaqil fan o„z mohiyatiga ko„ra uning nazariy asoslarini tashkil etuvchi
o„zining tamoyillariga ega bo„ladi, pedagogik texnologiya tamoyillari,
«Pedagogika» va «Texnologiya» fanlarining negizini tashkil etuvchi qoidalar
yig„indisiga tayanadi. Pedagogik texnologiya maqsadlari, vazifalari, tarkibi,
mazmunining tahliliga ko„ra uning quyidagi asosli tamoyillari shakllantirilgan:
ilmiylik, loyihalanish, tizimlilik, yo„naltirilganlik, faoliyatli yondashuvlik,
boshqariluvchanlik, tuzatuvchanlik, natijaviylik, qayta takrorlanuvchanlik,
tejamlilik. Ushbu barcha tamoyillar o„zaro bog„liq bo„lib, biri birini talab etadi va
to„ldiradi. Bu tamoyillar asosida o„quv jarayoni tashkil etiladi, ya‟ni uning
tayyorgarligi va o„qitish jarayoni amalga oshiriladi.
Pedagogik texnologiyaning tamoyillarida pedagogik va texnologik fanlarning
yutuqlari qamrab olingan. «Pedagogik texnologiya» fani ko„rinishidagi mazkur
tamoyillar majmuasi aniqligi, isbot talab etmasligi, amaliyligi tufayli, yuqori
malakali kadrlar tayyorlashda ajoyib natijalarni beradi.
1. Ilmiylik tamoyili.
Bu tamoyil har qanday o„quv predmeti, o„quv materiali fanining zamonaviy
yutuqlariga tayanishi lozimligini ko„rsatadi. Ushbu tamoyil, eng avvalo o„quv
dasturlar, o„quv qo„llanmalar va dasturlarni yaratish jarayonida amalga
oshiriladi. Ilmiylik tamoyiliga muvofiq har yili fanlarning ishchi o„quv rejalari va
o„quv materiallarini takomillashtirish, muammoli mashg„ulot o„tkazish talab
etiladi. Ilmiylik shakli va fanning tili o„rganiladigan predmetlar xarakterining
asosiy ko„rsatkichlari hisoblanadilar. Ilmiy axborotni ifoda etilish aniqligi va
qat‟iyligi, uni ifoda etish tizimi va aloqalariga, juda katta e‟tibor qaratishni talab
etadi. Oliy maktabda, ilmiylik birinchi navbatda obyektiv olam qonuniyatlarini
ochish bilan uzviy bog„liq va fanlararo bog„lanishlar va fanlarning o„zaro
ta‟sirini shakllanishini talab etadi.
Ushbu tamoyilning Oliy maktabda ro„yobga chiqarishi uchun, barcha
o„qituvchilar tomonidan majburiy ravishda ilmiy-tadqiqot ishlarning olib
borilishini va bu ishga talabalarni jalb qilinishi taqozo etiladi. Bu talabalarda
ajoyib va nostandart yechimlar qabul qilish, individual va ijodiy ishlash
malakalarini hosil qilish, ilmiy adabiyot va axborotlardan foydalanish
ko„nikmalarini, ularda tanqidiy fikrlash, bilimlar harakatchanligi, tez
o„zgaruvchan
sharoitlarga
moslashish
–
qobiliyatlarini
rivojlanish
imkoniyatlarini shakllantiradi. Oliy maktabda o„quv jarayoni doimo harakatdagi
jarayondir, shuning uchun u doimiy ravishda nafaqat fan va texnikaning holatini,
balki ularning zamonaviy taraqqiyoti barcha xususiyatlarini e‟tiborga olishni
talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |