Austenit sohasigacha qizdirilgan pо’lat sovitilganda
unda sodir bо’ladigan о’zgarishlar
Аustenit GS va ES chiziqlaridan, ya„ni Ac
3
va Acm
kritik nuqtasidan yuqori
haroratlardagina barqaror bо‟ladi. Pо‟lat Ar va Acm nuqtalardan past haroratgacha juda sekin
sovitilganda evtektoiddan oldingi pо‟latlardan ferrit, evtektoiddan keyingi pо‟latlardan sementit
ajralib chiqa boshlaydi. Bu jarayon harorat Ar
1
kritik nuqtaga tushguncha davom etadi. Harorat
Ar
1
nuqtaga tushganda evtektoiddan oldingi pо‟latlarda austenitdagi ortiqcha uglerodning
hammasi
ferrit tarzida, evtektoiddan keyingi pо‟latlarda austenit tarkibidagi ortiqcha
uglerodning hammasi sementit tarzida ajralib chiqa boshlaydi.
Harorat Ar
1
kritik nuqtadan pasayishi
bilan austenit parchalanadi, ya„ni u perlitga aylanadi.
Austenit parchalanganda mutlaqo yangi fazalarning (ferrit bilan sementitning) mexanik
aralashmasi hosil bо‟ladi. Ma„lumki, ferrit tarkibida
uglerod miqdori nihoyatda kam,
sementitda esa 6,67% uglerod bor. Binobarin, austenitning perlitga
aylanishida uglerod
diffuziya yuli bilan qayta taqsimlanadi.
Austenitdan perlit hosil bо‟lish jarayoni perlit kristallari markazlarining hosil bо‟lishi va
ularning usishidan iborat. Dastavval austenit donalari chegarasida sementitning kristallanish
markazlari hosil bо‟ladi. Bu kristallanish markazlari austenitdan uglerodning diffuziyalanishi
hisobiga о‟sadi.
Natijada, hosil bо‟lgan sementit kristallari (plastinkalari) atrofidagi austenit
tarkibida uglerod kamaya boradi va austenitning ferritga aylanishi uchun sharoit to‟g‟iladi,
natijada sementit kristallari yonida ferrit kristallari hosil bо‟ladi. Sementit kristallari ham, ferrit
kristallari ham bir vaqtda о‟sa boradi. О‟sish jarayoni boshqa kristallar bilan to‟qnashguncha
davom etadi. Bunday jarayon takrorlanishi natijasida perlit donalari hosil bо‟ladi.
Dostları ilə paylaş: