Abraziv materiallar
Abrazivlar xarakterisktikasi. Abrazivlar deb, metal bo‟lmagan, konstruksion
materiallarga ishlov berishda qo‟llanadigan moddalarga aytiladi. Ular o‟ziga yarasha
qattiqlikka, o‟tkir kesuvchi qirralarga ega. Texnikada ishlatiladigan abraziv materiallar tabiiy
(olmos, korund, kvars) va su‟niy (sintetik olmoslar, elektr-korund, kremniy karbidi) xillarga
bo‟linadi.
Abraziv materiallar uchun ularning donliligi, qattiqligi, mexanik mustahkamligi, abraziv
xususiyatlari xosdir. ГОСТ 3647-80 ga ko‟ra abraziv materiallar to‟rt guruhga, ya‟ni
silliqlovchi zarralarga, silliqlovchi kukunlarga, mikrokukunlarga va mayin mikrokukunlarga
bo‟linadi. Har bir guruhdagi materiallar zarralarining nomerlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Silliqlovchi zarralar va silliqlovchi kukunlarning donadorligi millimetrning yuzdan bir ulushi
bilan, mikrokukunlar mikrometr bilan aniqlanadi. Abraziv materiallar zarralarining o‟lchamiga
ko‟ra 28 ta nomerga bo‟linadi: silliqlovchi zarralar
200, 160, 126, 100, 80, 63, 50, 40, 32, 25,
20, 16; silliqlovchi kukunlar
12, 10, 8, 6, 5, 4, 3; mikrokukunlar
M63, M50, M40, M28, M20,
M14; mayin mikrokukunlar
M10, M7, M5. Abrazivlarning mineral qattiqligi maxsus shkala
bo‟yicha nomerlanadi, unda olmosning qattiqligi 10 deb, qumtoshning qattiqligi
__
7,
korundniki
9, kremniy karbidniki
9,5 deb qabul qilingan.
Elektr-korund alyuminiyning kristal oksidi bo‟lib (99%Al
2
O
3
), yuqori qattiqlikka ega.
Kremniy karbidi (karbarund SiC) 2000
0
C haroratda kvars qumini ko‟mir kukuni bilan
suyultirib aralashtirish yo‟li bilan olinadi, uning kesish xossalari juda yaxshi, lekin mo‟rt. Bor
kabidi B
4
C qora rangli bo‟lib, kristall ko‟rinishidagi bor kislotasini uglerod bilan suyultirib
aralashtirish yo‟li bilan olinadi, uning qattiqligi nihoyatda yuqori.
Keyingi vaqtlarda kubonit, elbor va slavutich kabi o‟ta qattiq materiallar keng ishlatila
boshlandi. Kubonit va elbor bor bilan azotning kimyoviy birikmasi bo‟lib, qattiqligi
olmosnikiga o‟xshash, otashbardoshligi jihatidan undan ustun turadi. Slavutich o‟ta qattiq,
yeyilishiga chidamliligi va mustahkamligi yuqori materialdir.
Dostları ilə paylaş: |