О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Pо’lat qizdirilganda unda sodir bо’ladigan о’zgarishlar



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/134
tarix06.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#108487
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   134
Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Pо’lat qizdirilganda unda sodir bо’ladigan о’zgarishlar 
Pо‟latni termik ishlash Fe-Fe
3
C tizimining holat diagrammasiga asoslanadi. Shuning 
uchun bu diagrammaning pо‟latlarga oid qismini keltirib о‟tamiz (21 - rasm). 
25 - rasmda tasvirlangan diagrammadan kо‟rinib turibdiki, Ac
1
nuqtadan (727 
0
C) pastda 
evtektoiddan oldingi pо‟latlar perlit bilan ferrit donalaridan, evtektoid pо‟lati perlit


donalaridan, evtektoiddan keyingi pо‟latlar esa perlit donalari bilan sementitdan iborat. Termik 
ishlaganda pо‟latni qizdirishdan maqsad - unda austenit strukturasini hosil qilishdir. 
21 - rasm. Fe-Fe
3
C holat diagrammasining pastki chap (po‟latlarga oid) qismi. 
Pо‟lat qizdirila borganda unda sodir bо‟ladigan о‟zgarishlar bilan tanishamiz. 
Evtektoiddan oldingi, masalan, tarkibida 0,4% uglerod bо‟lgan pо‟lat (21 - rasm, 1-1) 
qizdirilganda а (Ас
1
) nuqtada perlit austenitga aylana boshlaydi, ferrit esa о‟zgarmaydi, а 
nuqtadan в nuqtaga tomon ferrit austenitda eriy boradi, harorat в nuqtaga yetgach (Ас
3
), 
ferritning juda kо‟p qismi austenitda erigan bо‟ladi. в nuqtadan yuqorida esa pо‟lat faqat 
austenitdan iborat bо‟ladi. Ferritning hammasini austenitda eritish va austenit strukturasini bir 
jinsli qilish uchun pо‟latni kritik nuqtadan yuqoriroq haroratgacha qizdirish va shu haroratda 
ma„lum vaqt tutib turish kerak. Pо‟lat kritik nuqtadan qanchalik yuqori haroratgacha qizdirilsa, 
shu haroratda tutib turish vaqti shunchalik qisqa bо‟ladi. Ammo, harorat kо‟tarilaversa, austenit 
donalari yiriklasha boradi, pо‟lat sovitilganda hamma donalar yirikligicha qoladi. Pо‟latni 
termik ishlashda esa hamma vaqt pо‟lat donalarini maydalashga harakat qilinadi, chunki mayda 
donali pо‟latning mexanik xossalari yirik donali pо‟latnikidan ancha yaxshi bо‟ladi. 
Endi, evtektoiddan keyingi pо‟latlar qizdirilganda ularda bо‟ladigan о‟zgarishlarni kо‟rib 
chiqaylik. Misol tariqasida tarkibida 1,2 % uglerod bо‟lgan pо‟latni olamiz (21 - rasm, II-II). 
Bu pо‟lat qizdirilganda d (Ас
1
) nuqtada perlit austenitga aylana boshlaydi, sementit esa 
о‟zgarmaydi. d nuqtadan с nuqtagacha sementit austenitda eriy boradi, harorat с (Асm) nuqtaga 
yetgach sementitning juda ko‟p miqdori austenitda erigan bо‟ladi, с nuqtadan yuqorida esa 
pо‟latning strukturasi faqat austenitdan iborat bо‟lib qoladi. Evtektoiddan keyingi pо‟latlarning 
strukturasi faqat austenitdan iborat bо‟lishi uchun ular Acm kritik nuqtadan yuqoriroq 
haroratgacha qizdirilishi va shu haroratda ma„lum vaqt tutib turilishi lozim, ammo haroratni 
keragidan oshirib yuborish yaramaydi, aks xolda pо‟lat donalari yiriklashib ketadi. 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin