O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti


Sohaviy qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi o’lchovlari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə5/9
tarix23.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#120490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Amaliyot hisoboti2

Sohaviy qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi o’lchovlari



Ishonchlilik toifasi

Reyting bahosi

Ishonchlilik darajasi

% dan

% gacha

A

AAA

1-yuqori daraja

85%

100%

AA

2-yuqori daraja

75%

85%

A

3-yuqori daraja

65%

75%

B

BBB

1-o'rta daraja

55%

65%

BB

2-o'rta daraja

40%

55%

B

3-o'rta daraja

35%

40%

C

CCC

1-qoniqarli daraja

30%

35%

CC

2-qoniqarli daraja

25%

30%

C

3-qoniqarli daraja

20%

25%

D

DDD

1-quyi daraja

7%

20%

DD

2-quyi daraja

5%

7%

D

3-quyi daraja

0%

5%



O’zbekiston Respublikasidagi qurilish-pudrat tashkilotlarining
reyting darajasi kesimidagi soni

Jami tashkilotlar soni: 17 107 ta.

Korxona tenderdan ma’lum bir ob’yektni yutib olgach, buyurtmachi bilan pudrat shartnomasi tuziladi. Shartnoma tuzilgach, buyurtmachi 10 bank ish kuni ichida shartnoma qiymatidan 30% miqdorida avans to’lovicni amalga oshiradi. Pudratchi esa mazkur ob’yektda qurilish ishlarinin amalga oshiradi va har hisobot oyi yakuniga ko’ra buyurtmachiga F-3 (bajarilgan ishlar (xarajatlar) to’g’risida ma’lumotnoma (hisob-faktura), F-5 (bajarilgan ishlar tarkibi) dalolatnomalarini taqdim etadi va buyurtmachi F-3 dagi bajarilgan ishlar qiymatidan ma’lum qismi uchun to’lovni amalga oshiradi (odatda 60-65%). Shu bilan birga buyurtmachi taftish va texnik nazorat bo’limi vakillari bajarilayotgan ishlarni miqdor va sifat jihatidan nazorat qilib boradilar, loyiha-smeta hujjatlarida keltirilgan narxlarni haqqoniyligini, assosiz oshirib yuborilmaganligini doimiy ravishda tekshirib turadilar. Bundan tashqari, qurilishda ishlatilayotgan eng asosiy qurilish materiallari, xususan, g’isht, beton plita va beton qorishmalarini texnik talablarga javob berish-bermasligini aniqlash maqsadida ekspertiza-sinov xulosalari ham tayyorlab qo’yiladi.


Shu tariqa ob’yekt qurib bitkazilgach, inshoot yakuniy tekshiruvidan o’tadi. Ikkala tomondan ham (buyurtmachi va pudratchi) vakillar tayinlanib, ob’yektda ishlar loyiha hujjatlariga muvofiq bajarilganligi tekshiriladi, aniqlangan kamchiliklar va xatolar bo’yicha yo’l qo’yilgan kamchiliklar dalolatnomasi (defekt akti) rasmiylashtiriladi. Aniqlangan barcha kamchiliklar qisqa muddatda bartaraf etilgach, ob’yekt qayta tekshiruvdan o’tadi. Kamchiliklar qayta aniqlanmagan taqdirda ob’yektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi.
Pudratchi tashkilot ob’yektda qurilish ishlarini olib borayotganida ishlarni yoki o’z kuchi bilan (mustaqil) bajaradi, yoki subpudrat (yordamchi pudratchi) tashkilotlarni jalb qiladi. Bunda bosh pudratchi (генподрядчик) va yordamchi pudratchi tashkilot (субподрядчик) o’rtasida pudrat shartnomasi tuziladi va yordamchi pudratchi qurilish ob’yektida bosh pudratchi nomidan bajaradi. Bosh pudratchi to’lovni bevosita buyurtmachidan qabul qilgan to’lov hisobidan amalga oshiradi va bunda bosh pudratchilik xizmatlari (генуслуги) uchun yordamchi pudratchi bajargan ishlarning umumiy qiymatidan ma’lum qismini (odatda 2-4%) ushlab qoladi.
“1-son kompleks loyiha qurilish va montaj” XK xuddi shu mexanizm bo’yicha faoliyat olib boradi. Barcha umumxo’jalik darajasidagi masalalar korxona ta’sischisi, ijrochi direktor va uning o’rinbosari kengashi orqali hal qilinadi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin