O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti


Korxona to’g’risida umumiy ma’lumotlar, korxona pasporti va rekvizitlar



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə3/9
tarix23.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#120490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Amaliyot hisoboti2

Korxona to’g’risida umumiy ma’lumotlar, korxona pasporti va rekvizitlar
“1-son kompleks loyiha qurilish va montaj” XK pasporti
1. Tashkilot/korxona: “1-son kompleks loyiha qurilish va montaj” xususiy korxonasi
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Qilichbek qo’rg’oncha mahallasi, Mannon Uyg’ur ko’chasi, 34-uy
Tashkilot rahbari: Radjabov Ixtiyor Inatovich
Telefon: (90) 729 71 71 Faks: ___________________
Muloqot qiluvchi shaxs: Boymatov Muhiddin Botirovich


2. Tashkilotning faoliyat turi:
Sanoat 1
Savdo 1
Qishloq xo’jaligi
Xizmat ko’rsatish 1
Qurilish 1
Boshqalar


3. Faoliyatning qisqacha tavsifi:
Umumqurilish ishlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish va qurilish materiallari savdosi


4. Mulk shakli:
Davlat mulki Xususiy mulk 1


5. Tadbirkorlikning tashkil etish shakli:
Xususiy tadbirkorlik ______
Qo‘shma korxona _______
Mas’uliyati cheklangan jamiyat _____
Chet el korxonasi ______
Aksionerlik jamiyati ______
Boshqalar ______


6. Tashkil etilgan sana: 17.02.2004 yil
7. Tashkilot xodimlari soni: 157 (01.08.2022 yil holatiga)


8. Tashkilot tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot:
Umumqurilish xizmatlari, pishiq sopol g’isht, peno- va gazoblok, temir-beton mahsulotlari, MDF eshik-derazalar, alyumin va plastmass eshik-derazalar, sendvich panellar, profnastil mahsulotlari va boshqalar
“1-son kompleks loyiha qurilish va montaj” xususiy korxonasi 2004 yilda tashkil etilgan bo’lib, hozirda viloyat miqyosidagi eng yirik qurilish tashkilotlaridan biri sanaladi (yillik aylanmasi 150 mlrd. so’mdan ziyod1). Tashkilotning asosiy faoliyatini umumqurilish ishlari (kapital qurilish va rekonstruksiya qilish, bino-inshootlarni kapital va joriy ta’mirlash, yo’l qurilishi, ichimlik va oqova suv, gaz, kanalizatsiya tarmoqlarini qurish, infratuzilma ob’yektlarini barpo etish, ko’kalamzorlashtirish, loyihalashtirish va boshqalar) tashkil etadi. Bundan tashqari korxona qurilish bilan bog’liq boshqa xizmatlarni, xususan og’ir yuk tashish xizmatlari, maxsus texnika (avtokran, minorali kran, ekskavator) xizmatlari, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va boshqa xizmatlar ham ko’rsatadi.
Quyida korxona rekvizitlari va boshqa ba’zi ma’lumotlari keltirilgan:
To’liq nomi: “1-son kompleks loyiha qurilish va montaj” xususiy korxonasi
Qisqacha nomi: “1-son kompleks loyiha qurilish va montaj” XK yoki
“1-son KLQM” XK
Ro’yxatdan o’tgan sanasi va raqami: 17.02.2004 yil, 574
Manzili: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Qilichbek qo’rg’oncha mahallasi, Mannon Uyg’ur ko’chasi, 34-uy
Hisob raqami: 2020 8000 0043 0782 5001
Bank: CHEKI “HAMKORBANK” ATB Bosh ofisi
MFO (bank kodi): 00083
Soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR): 204 850 106
IFUT kodi (amalga oshiradigan faoliyat turi): 41201 – turar-joy binolarini qurish
Ustav fondi (Nizom kapitali): 85 629 167 000.00 so’m
“1-son kompleks loyiha qurilish va montaj” XK Qashqadaryo viloyati shahar va tumanlarida bugunga qadar ko’plab turar joy binolari, sanoat, ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari, davlat idoralari ma’muriy binolari, harbiy ob’yektlarda qurilish va ta’mirlash ishlarini bajargan. Quyida korxona tomonidan 2021 yilda qurilishi yakunlangan va boshlangan yirik ob’yektlar keltirilgan:
1. Dehqonobod tumani Beshbuloq QFY da harbiy shaharcha qurilishi (2017-2021, umumiy qiymati - 94 mlrd. so’m, buyurtmachi – O’zR DXX Chegara qo’shinlari
Kapital qurilish bo’limi).
2. Qarshi shahri, Tallimarjon, Nishon, Qarshi, Mirishkor va Kasbi tumanlarida D-800, 1020 mm ichimlik suv quvurlarini almashtirish hamda nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish (2021- h.v., umumiy qiymati – 77 mlrd. so’m, buyurtmachi – “Suv ta’minoti va oqova suv ob’yektlari qurilishi bo’yicha injiniring kompaniyasi” UK Qashqadaryo hududiy boshqarmasi).
3. Qashqadaryo viloyat hokimligi “Qabullar uyi”ni kapital ta’mirlash (2021, qiymati – 12,7 mlrd so’m, buyurtmachi - Qashqadaryo viloyat hokimligi YaBX injiniring kompaniyasi).
4. Qarshi shahridagi 17-ixtisoslashtirilgan maktab-internati binosini kapital ta’mirlash (2021, qiymati – 15,5 mlrd. so’m, buyurtmachi - Qashqadaryo viloyat hokimligi YaBX injiniring kompaniyasi).
Yuqoridagilardan tashqari korxona Qarshi shahridagi Mulla To’ychi Toshmuxammedov nomidagi musiqali drama teatri, “Odina” masjidi, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi, viloyat va shahar hokimligi ma’muriy binolari hamda Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida ham boshqa qator ob’yektlarda keng ko’lamli qurilish, ta’mirlash, ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini bajargan.
Korxona ko’p tarmoqli bo’lib, qurilishda ishlatiladigan asosiy qurilish materiallarining deyarli 8 foizi bevosita korxonaning o’zida ishlab chiqariladi. Korxona yordamchi ishlab chiqarish xo’jaligini quyidagilar tashkil etadi:
1. Pishiq g’isht ishlab chiqarish zavodi.
2. Beton va temir-beton mahsulotlari (plitalar, blok, lotok, kolonna, quduq va boshq.), shuningdek, penoblok va gazoblok ishlab chiqarish sexi.
3. Payvandlash sexi (temir darvoza, eshik, panjara, transformator “budka”lari va boshqa maxsus ishlanmalar).
4. MDF eshik-derazalar va boshqa inventar jihozlar ishlab chiqarish sexi.
5. Alyumin va plastmassa eshik-rom (AKFA) ishlab chiqarish sexi.
6. Sendvich panel ishlab chiqarish mini-zavodi.
Ko’rishimiz mumkinki, korxonada ishlab chiqarish faoliyati ham yaxshi va keng ko’lamda yo’lga qo’yilgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning o’z ehtiyojlaridan ortgan qismi sotishga yo’naltiriladi va shu hisobidan qo’shimcha daromad olinadi.


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin