O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə2/9
tarix23.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#120490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Amaliyot hisoboti2

I. Umumiy ma’lumotlar.
1.1. Korxona to’g’risida umumiy ma’lumotlar, korxona pasporti va rekvizitlar………………………………………………………………………...5-7
1.2. Korxona boshqaruv strukturasi…………………………………………….......8
1.3. Korxonaning umumxo’jalik faoliyati to’g’risida qisqacha ma’lumot, korxona faoliyatining huquqiy bazasi................................................................................9-14
II. Xo’jalik faoliyati tahlili.
2.1. Korxonaning asosiy fondlari, ulardan foydalanish samaradorligi va mavjud salohiyati tahlili..................................................................................................15-18
2.2. Korxona aylanma mablag’lari tahlili..........................................................18-22
2.3. Korxonaning 2020-2022 yillar (3 yillik) hisobotlari bo’yicha umumlashtirilgan moliyaviy tahlil, xarajatlar tarkibi.
Xulosa va takliflar.
Foydalanilgan manbalar va hujjatlar.


Kirish
Ma’lumki, qurilish har qanday mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biridir. Iqtisodiy nuqtai nazardan ta’rif bersak, qurilish bir vaqtning o’zida sanoat va xizmat ko’rsatish sektorlarini o’zida birlashtiradi, tovar va xizmatlar, ishchi kuchiga talabni shakllantiradi. Real nuqtai nazardan esa aytishimiz mumkinki, qurilish mamlakatda aholini uy-joy bilan ta’minlashdan tortib muhim strategik ahamiyatga ega bo’lgan harbiy ob’yektlar barpo etishgacha o’z ichiga qamrab oladi.
O’zbekistonda ham qurilish sohasiga so’nggi yillarda alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa mazkur sohani korrupsiyadan tozalash, raqamlashtirish masalalari dolzarb tus oldi. Sohani takomillashtirish maqsadida yangi qonunlar ishlab chiqilmoqda, maxsus elektron platformalar ishlab chiqilib, ishga tushirilmoqda. Xususan, 2021 yildan respublika miqyosida qurilish pudrat tashkilotlarining o’ziga xos reytingi shakllantirildi, bunda tashkilotlar maxsus ishlab chiqilgan mezonlarga ko’ra darajalarga taqsimlab chiqiladi va bu ularning asosiy faoliyatiga bevosita ta’sir etadi. Bundan tashqari, tender tanlovlarini maxsus elektron platformalarda tashkillashtirilishi sohadagi korrupsion holatlarning keskin kamayishiga sabab bo’ldi.
Hozirda qurilishga bo’lgan zamon talablari ham o’zgargan. So’nggi yillarda respublikada qurilishdagi arxitektura nazorat organlari, xususan qurilish nazorat organlari, qurilish tashkilotlarini sertifikatlovchi tashkilotlar, loyiha-smeta hujjatlari va boshqa yuridik kuchga ega hujjatlarni ekspertizadan o’tkazuvchi tashkilotlar faoliyati ham takomillashtirildi. Bu esa o’z navbatida pudratchi tashkilotlarning mas’uliyatini oshirish, barpo etilayotgan bino-inshootlarning sifat talablariga javob berishi ustidan nazoratni kuchayishiga sabab bo’lmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida qurilish tashkilotlari o’rtasida raqobat ham avj olib bormoqda. Bu esa ko’rsatilayotgan xizmatlar va qurilayotgan bino-inshootlarning sifat jihatidan takomillashuviga sabab bo’ladi, narxlar barqarorlashib, ob’yektlarni qurib, foydalanishga topshirish muddatlari qisqaradi.
Men ushbu hisobotimda Qarshi shahridagi shunday bir yirik qurilish tashkilotlaridan birida o’tagan malakaviy amaliyotim natijasida ega bo’lgan bilim va ko’nikmalarimga asoslanib mazkur tashkilotning xo’jalik faoliyatini tahlil qilishga, mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish, muammolarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga harakat qildim.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin