O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix06.06.2020
ölçüsü0,71 Mb.
#31573
  1   2   3   4   5   6   7
boshlangich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil yetish texnologiyasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 

                

                                                                        Qo‘lyozma huquqida  

                                                                           UDK 371.044.2 

 

 

                    BARATOVA   SARVINOZ  YULDASHEVNA 

 

Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil yetish texnologiyasi 

 

5А110701-“Boshlang‘ich ta’lim” 

 

Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan 

 dissertatsiya 

 

 

 

 

                                                                        Ilmiy rahbar: 

                                                         p.f.n., dots. Oripova N.X  

 

 

 

 

 

 

QARSHI –2013 

 

 



 

 

                                    



                                          M U N D A R I J A 

Kirish....................................................................................................................3 

I - BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYAVIY ISHLARNI 

TEXNOLOGIYALASHTIRISHNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI 

1.1 Boshlang‘ich sinflar tarbiyaviy ishlarini texnologiyalashtirish pedagogik 

muammo sifatida...................................................................................................10 

1.2. Tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari va turlari......................................19 

1.3. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning mavjud ahvoli ..28 

1-bob yuzasidan xulosalar………………………………………………………..31 



 

II-BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLAR TARBIYAVIY ISHLARINI 

TEXNOLOGIYALASHTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 

2.1.Boshlang’ch sinf  ertaliklarini texnologiyalashning mazmuni……………….32   

2.2. Boshlang’ch sinflarda ko’rik tanlov va sayohatlarni 

texnologiyalash.......................................................................................................42 

2.3. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlarining 

ahamiyati................................................................................................................47 

2-bob yuzasidan xulosalar………………………………………………………..57 

 

III-BOB.  Boshlang‘ich  sinflarda  tarbiyaviy  ishlarni  texnologiyalashtirish 



jarayonining samaradorlik darajasi 

 

3.1. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda sinf rahbarining tarbiyachilik o`rni…….58 



 

3.2. Tajriba-sinov ishlari tahlili ............................................................................ 75 

 

3-bob yuzasidan xulosalar………………………………………………………. 78 



 

 

Umumiy xulosalar ...............................................................................................80 



Foydalanilgan adabiyotlar...................................................................................83 

Ilovalar ..……........................................................................................................87                              

                                      

 

 



 

 

                                                 K I R I SH  

Mamlakatimiz  taraqqiyoti  har  tomonlama  barkamol  insonlar  shaxsini  shakllantirish 

masalasi  bilan  bog'liq.  Buning  uchun  esa  avvalo  ularning  ongida  yangicha  dunyoqarashni, 

mustaqil  fikrlashni,  mustaqil  yashashni,  mustaqil  ishlashni  hamda  axloqiy  fazilatlarni  yuksak 

darajada shakllantirish kerak. Shu bilan birga ularda Sharqona odob-ahloqqa xos bo'lgan barcha 

hislatlar,  fazilatlar  jumladan:  kattalarga  hurmat,  shirin  so'z,  mehribonlik,  yurtni  e'zozlash, 

saxiylik va ilm egallash kabilar mujassam bo'lmog’i lozim. Bu borada bizga asosiy manba  bo'lib 

milliy qadriyatlar hisoblanadi. Chunki, bizning millatimizga xos bo'lgan axloqiy qarashlar, tartib-

qoidalar barchasi ana shu milliy qadriyatlarda mujassamdir.   

 Prezidentimiz  I.Karimov  “O'zbekistonning  o'z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo'li”  asarida 

yoshlarimizning  tarbiyasiga  alohida  to'xtalib,  «Kattalarni  hurmat  qilish,  oila  va  farzandlar 

to'g'risida  g'amxo'rlik  qilish,  ochiq  ko'ngillilik,  millatidan  qat'iy  nazar  odamlarga  xayrihohlik 

bilan munosabatda bo'lish, o'zgalar kulfatiga hamdard bo'lish va o'zaro yordam tuyg'usi kishilar 

o'rtasidagi  munosabatlarning  me'yori  hisoblanadi.  O'zbeklar  diyoriga,  o'z  Vataniga  mehr-

muhabbat,  mehnatsevarlik,  bilimga,  ustozlarga,  ma'rifatparvarlarga  nisbatan  alohida  hurmat-

ehtirom O'zbekiston aholisiga xos fazilatdir”

1

- degan edi.  



Darhaqiqat,  vatanparvarlik,  mehnatsevarlik,  tavoze,  sahovat,  shirinsuhanlik,  o'zidan 

kattalarni  hurmat  qilish,  ota-onani  e'zozlash,  ilm  egallash,  to'g'ri  so'zlik,  mehmondo'stlik, 

bag'rikenglik  kabi  insoniy  fazilatlar  barchasi  shaxsning  axloqiy  qadriyatlari  turkumiga  kiruvchi 

xalqimizning eng ezgu hislatlaridan biridir. Bizning vazifamiz xalqimizning ushbu qadriyatlarni 

yanada  churroq  o'rganish,  ularni  ta'lim  tarbiya  jarayoniga  tadbiq  etish  hamda  boshlang'ich 

sinflardanoq o'quvchilar shaxsini shakllantirishda ulardan tarbiya vositasi sifatida foydalanishdan 

iboratdir.  

Bizga ma'lumki, shaxsning shakllanishi tarbiya jarayonida amalga oshiriladi, tarbiya esa 

bola dunyoga kelgan kundan boshlab amalga oshiriladi. Rivoyat qilishlaricha, bir kishi ikki oylik 

farzadini  Ibn  Sino  huzuriga  olib  boradi  va  bolasining  tarbiyasi  bilan  qachondan  boshlab 

shug'ullanish lozimligini so'raydi. Ibn Sino esa afsus siz ikki oyga kech qolibsiz, degan javobni 

beradi. Bu rivoyatdan qo'rinib turibdiki, bola tarbiyasi kechiktirib bo'lmas masaladir.  

Milliy qadriyatlarimizda mavjud ma'naviy merosda, ayniqsa, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, 

Alisher  Navoiy,  Jomiy  singari  ma'naviyatimiz  durdonalari  bo'lgan  mutafakkirlarning  shaxs 

tarbiyasi  haqidagi  ko'plab  fikr-mulohazalari  ham  bugungi  kunda  har  bir  inson  uchun,  ayniqsa, 

yoshlar  shahsini  shaqllantirish  uchun  qimmatli  tarbiyaviy  ahamiyatga  egadir.  Axloq  tarbiyasi 

insonni  axloqiy  barqamollikka  etqazish  va  uning  bashariyat  jamiyatiga  foydali  inson  qilib 

tarbiyalashdan iboratdir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun avvalo bolalarni jismoniy va fikriy 

                                                 

1

 



Karimov I.A. O'zbekistonning istiqlol va taraqqiyot yo'li. - T.: O'zbekiston, 1992, 46 b.

 


 

 



 

 

tarbiyaga  da'vat  qiling,  keyin  axloqiy  quvvatlarini  muhokama  orqali  tushuntiring,  ularni  yaxshi 



(foydali)  ishlarga  odat  qildiring,  yomon  ishlardan  nafrat  uyg'oting  –  deb  ta'kidlagan  edi, 

Abdurauf Fitrat.  



Mavzuning dolzarbligi: Yoshlar tarbiyasi barcha davrlarda ham dolzarb muaamolardan 

biri  ekan,  ayniqsa  bu  masalaga  mustaqillik  yillarida  jiddiy  e’tibor  berib  kelinmoqda. 

Prezidentimiz  I.  Karimov  ta’kidlaganlaridek,  yoshlar  ma’naviyatini  yuksaltirmasdan  turib, 

jamiyatimizni  rivojlantirib  bo‘lmaydi,  chunki,  mamlakatimiz  taraqqiyoti  shu  yosh  avlod 

qo‘lidadir.  Ularni  qanchalik  vatanparvarlik,  insonparvarlik,  mehnatsevarlik  va  ayniqsa  milliy 

ruhda      tarbiyalay  olsakgina  mustaqil  ona  diyorimiz  yanada  gullab  yashnaydi,  rivojlangan 

mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin egallaydi.  

Bizga  ma’lumki,  yurtimiz  mustaqillikka  erishgach,  xalqimiz  ma’naviyatini  yuksaltirish 

masalasi  kun  tartibidagi  dolzarb  masalaga  aylandi.  Mu’telik,  o‘z  qadriyatlarini  unutish  va 

namoyon qila olmaslik xalqimiz qalbi va shuurining xiralashib ketishiga sabab bo‘ldi. 

Shu bois yurtimiz fuqarolari ma’naviyatini yuksaltirish, o‘z qadrini tiklashi, o‘z vataniga 

o‘zi  egalik  qilishi  hissini  o‘yg‘otish  Prezidentimiz  I.A.  Karimov  va  hukumatimiz  zimmasiga 

tushdi. Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” nomli asari ham ana shu tarzda 

dunyoga keldi.             

Bizga ma’lumki, yosh avlod ma’naviyati shubhasiz ta’lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. 

Ta’lim  jarayonining  ajralmas  qismi  hisoblangan  tarbiyaga  bo‘lgan  e’tibor  yurtimizda  har 

qachongidan ham muhim dolzarblik kasb etmoqda. O‘quvchi o‘quv jarayonining davomi sifatida 

bevosita  tarbiyaviy  ishlarda  ishtirok  etadi.  Uning  darsda  olgan  bilimi,  dunyoqarashi,  qiziqishi, 

imkoniyatlari  tarbiyaviy  ishlarda  namoyon  bo‘ladi,  mustahkamlanadi.  Eng  asosiysi  o‘quvchi 

tarbiyaviy ishlarda qatnashish jarayonida o‘z-o‘zini anglaydi, ijodkorligi o‘sadi, olgan bilimlarini 

amalda  qo‘llashga  o‘rganadi,  shuningdek,  ularda  jamoatchilik,  uyushqoqlik,  hamdardlik  kabi 

ko‘nikmalar shakllanadi. Shunday ekan, ta’lim tizimi oldida turgan asosiy masalalardan biri ham 

tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish, samaradorligini oshirish, yosh avlodda 

g‘oyaviy-siyosiy  bilimdonlikni  oshirishdan    iboratdir.    Ushbu  masalaning  yana  muhim 

tomonilaridan  biri  shuki,  bugungi  kunda  tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etishda  zamonaviylikka 

asoslanish,  ya’ni  tarbiyaviy  ishlarda  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish 

pedagogik jarayonda talab etilayotgan masaladir.       

Yuqoridagi  ehtiyoj  va  pedagogik  talablardan  kelib  chiqqan  holda  biz  magistrlik 

dissertatsiyamiz  mavzusini  “Boshlang‘ich  sinflarda  tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etish 

texnologiyasi” tarzida tanladik. 

Muammoning  o‘rganilganlik  darajasi.  Yosh  avlod  tarbiyasi  aslida  inson  paydo 

bo‘lgan davrdan boshlanadi.  Kishilar goh u, goh bu yo‘sinda farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanib 



 

 



 

 

kelganlar. Qadimda ular tarbiyaga oid o‘z qarashlarini ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, dostonlar, 



maqollar va boshqalarda pand-nasihat tarzida ifodalab o‘tganlar.  

“Avesto”,  O‘rxun-Yenisey  yodgorliklari,  Qur’oni  Karim  va  Hadisi  Sharif  kabi  yozma 

manbalarimizda ham  yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalashga alohida 

e’tibor berib kelingan. 

 Markaziy Osiyo allomalari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Kaykovus, Amir Temur, Alisher 

Navoiy,  Bobur  kabi  allomalarimizning  asarlarining  bosh  g‘oyasini  ham  yosh  avlodni    yuksak 

ma’naviyatli, ma’rifatli, vatanparvar insonlar etib tarbiyalash masalasi tashkil etadi.       

Yosh  avlodni  ma’naviy-axloqiy  va  jismoniy  jihatdan  yetuk  insonlar  etib  tarbiyalashga 

qaratilgan  qator  ishlarda  muammoning  pedagogik  talqini  bayon  etilgan  bo‘lib,  S.Nishonova, 

O.Musurmonova,  U.Mahkamov  kabi  ko‘plab  olimlarning  ilmiy  tadqiqotlari  shu  jihatdan 

e’tiborga loyiqdir.  

Pedagog olimalarimizdan professor Oysha Hasanova o‘z tadqiqotlarida kuni uzaytirilgan 

guruhlarda olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning ko‘lamiga to‘xtalib o‘tgan. 

Mustavillikdan keyingi yillarda professor R.Mavlonova va kat. o‘qit. B. Normuradovalar 

tadqiqotlarining mazmunini ham tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga  bag‘ishlangan. 

Oliy ta’lim talabalari tarbiyaviy ishlarini tashkil etish muammosi  pedagog olima Zuhra 

Ashurova tadqiqotlarida o‘rganilgan.   

Afsuski,  yurtimizda  tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etishga  birinchi  darajali  ish  sifatida 

qaralayotgan  bugungi  bir  paytda  tarbiyaviy  ishlarni  takomillashtirishga  oid  ilmiy  izlanishlar 

yetarlicha  olib  borilayotgan  yo‘q..  Balkim,  shu  boisdan  tarbiyaviy  ishlarga  oid  darsliklar, 

metodik qo‘llanmalar yetarli daraja deb bo‘lmaydi.  

Tadqiqotning  maqsadi  –  boshlang'ich  sinflarda  tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etish 

texnologiyasini  ishlab  chiqish  va  ularni  takomillashtirishga  oid    metodik  tavsiyalar  ishlab 

chiqish.   

Tadqiqotning ob’yekti – boshlang'ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil jarayoni. 

Tadqiqotning  predmeti  –  boshlang'ich  синфларда  тарбиявий  ташкил  этишнинг 

mazmuni, manbalari, shakllari, vositalari.  



Tadqiqot metodlari:  nazariy tahlil, kuzatish, suhbat, anketa, savol-javob, test so‘rovlari, 

pedagogik ekspriment, matematik statistika. 



Tadqiqotning ilmiy farazi shundan kelib chiqadiki, agar: 

-  Boshlang‘ich  sinflarda  tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  texnologiyasi  pedagogik  muammo 

ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilsa; 

-  o'quvchi  shaxsini  shakllantirishda  tarbiyaviy  ishlarning  muhim  vosita    ekanligi 

tadqiqotda o‘z isbotini topsa,  


 

 



 

 

-  boshlang‘ich  sinflarda  tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etishga  oid  metodik  tavsiyalar  ishlab 



chiqilsa  kutilgan samaradorlikka erishish mumkin. 

Tadqiqotning maqsadi va ilmiy faraziga muvofiq quyidagi vazifalar belgilandi: 

Birinchidan, tarbiyaviy ishlarning mazmuni, turlari va yo‘nalishlarini tahlil qilish; 

Ikkinchidan,  boshlang'ich  ta'lim  jarayonida  tarbiyaviy  ishlardan  foydalanish 

texnologiyasini ishlab chiqish; 



Uchinchidan, tarbiyaviy ishlar jarayonida o'quvchi shaxsini shakllantirishning omillarni 

aniqlash; 



To‘rtinchidan, ishlab chiqilgan tadqiqotni sinovdan o‘tkazish va uning samaradorligini 

aniqlashdan iborat. 



Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  

1.  Boshlang‘ich  sinflarda  tarbiyaviy  ishlarni  texnologiyalashtirish  muammosi  birinchi 

marta ilmiy tadqiqot sifatida o‘rganildi.   

2.  Maktab tarbiyaviy ishlarining nazariy va texnologik asoslari yaratildi. 

3.  Boshlang‘ich  sinf  tarbiyaviy  ishlarini  texnologiyalashtirishga  oid  ilmiy-metodik 

tavsiyalar ishlab chiqildi. 



Tadqiqotning  ilmiy  va  amaliy  ahamiyati.  Pedagogika  nazariyasi  fani  boshlang'ich 

ta'lim  jarayonida  tarbiyaviy  ishdan  foydalanish  texnologiyasiga    oid  nazariy  qarashlar, 

yondoshuvlarga ega bo'ladi. Qaysikim, ushbu metodika va nazariy qarashlardan boshlang'ich sinf 

o'qituvchilari, kadrlar malakasini oshirish tinglovchilari foydalanishlari mumkin.   



Tadqiqotning metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston 

Respublikasining  «Davlat  tili  to‘g‘risida»gi  Qonuni,  O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim 

to‘g‘risida»gi  Qonuni,  O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy  dasturi,  “2004-2009 

yillarda  maktab  ta’limini  rivojlantirish  davlat  umummilliy  dasturi”,  Pedagogika  fani 

konsepsiyasi,  Boshlang‘ich  ta’lim  konsepsiyasi,  Boshlang‘ich  ta’limning  davlat  ta’lim 

standartlari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimovning  shaxs  kamoloti,  yoshlarni 

vatan  va  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalash,  ta’lim  tizimi,  shu  jumladan,  boshlang‘ich  ta’limni 

rivojlantirish  haqidagi  nazariy  qarashlari,  yondashuvlari,  tarixiy-ma’naviy  meros  namunalari, 

shuningdek, mavzuga oid ilmiy-pedagogik, metodik manbalar, o‘quv metodik majmualar. 

Himoyaga olib chiqiladigan holatlar: 

1. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari. 

2. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga xizmat qiladigan manbalar va 

vositalar. 



 

 



 

 

3. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning zamonaviy  texnologiyalari 



va uning samaradorlik darajasi. 

Tadqiqotning bosqichlari: tadqiqot ishi ikki bosqichda amalga oshirildi: 

Birinchi  bosqich  (2011-2012  yillar)da  izlanayotgan  muammo  bo‘yicha    ya’ni  tarbiyaviy 

ishlarni  tashkil  etish  metodikasi,  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  haqidagi  pedagogik  va 

ilmiy  ommabop  adabiyotlar  o‘rganildi.  Boshlang‘ich  ta’lim  dasturlari,  metodik  adabiyotlar, 

hujjatlar  tahlil  qilindi.  Ish  tajribalari  bilan  tanishildi.  Ilmiy  tadqiqotning  nazariy  asoslari,  holati 

aniqlandi,  tadqiqot  ishining  dasturi  va  metodlari  ishlab  chiqildi.  Boshlang‘ich  sinflarda 

tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etish  texnologiyasi  holati  bo‘yicha  yutuq  va  kamchiliklar  tahlil  etildi 

hamda tajribalari umumlashtirildi. Tajriba-sinov maydonlari belgilandi. 

Ikkinchi bosqich (2012-2013 yillar)da tadqiqot doirasida tajriba sinov ishlari olib borildi 

va  uning  natijalari  amaliyotga  tatbiq  etildi.    Tarbiyaviy  ishlarni  tashkil  etish  jarayonining 

pedagogik shart-sharoitlari o‘rganildi. Kuzatishlar va chiqarilgan xulosalarga asoslanib, metodik 

tavsiyalar  tayyorlandi.  Tajriba-sinov  ishlari  natijalari  tahlil  qilindi,  umumlashtirildi,  mavjud 

materiallar dissertatsiya shaklida rasmiylashtirildi. 

Tadqiqot  natijalarining  joriy  etilishi  va  amaliyotga  tatbiq  qilinganligi:  Tadqiqot 

2011yilda  Qarshi  davlat  universitetining  «Boshlang’ch  ta’lim»  kafedrasining  majlisida,  ilmiy 

metodologik  seminarlarda  atroflicha  muhokama  qilingan  va  himoya  uchun  tavsiya  etilgan. 

Tadqiqotchi  o‘z  chiqishlari  bilan  Viloyat    ilmiy-amaliy  anjuman  va  seminarlarida  (2012-2013 

yillar) qatnashgan. 

Ishning  sinovdan  o‘tganligi:  Tadqiqot  ishi  natijalari  Qarshi  tumanidagi  25–sonli 

umumta’lim maktabining boshlang‘ich ta’lim o‘quv faoliyatiga tatbiq etilganligi hamda tajriba-

sinov ishlarining muvaffaqiyatli yakunlanganligi bilan tavsiflanadi.  

Tadqiqot  natijalarining  chop  etilganligi:  dissertatsiya  ishining  mazmuni  2012-2013 

yillarda  o‘tkazilgan  respublika  ilmiy-amaliy  konferensiyalardagi  tezislarda  (  3  ta    ilmiy 

maqolalarda ) o‘z ifodasini topgan.  

Dissertatsiyaning  tarkibiy  tuzilishi:  dissertatsiya  kirish,  3  bob,  6  paragraf,  boblar 

bo‘yicha xulosalar, umumiy xulosa va tavsiyalar, hamda  foydalanilgan  adabiyotlar ro‘yxatidan 

iborat bo‘lib, uning hajmi 95 sahifani tashkil etadi. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

I - BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYAVIY ISHLARNI 

TEXNOLOGIYALASHTIRISHNING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI 

 

1.1. Boshlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish pedagogik 



muammo sifatida 

 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini ta’lim sohasi tashkil 



etadi.  Ayni  damda  ta’lim  jarayoni  islohoti  rejalashtirilgandek  amalga  oshrilmoqda.  Ya’ni, 

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro'yobga chiqarishning uchinchi sifat bosqichida  - «ta'lim 

muassasalarining  moddiy-texnika  va  axborot  bazasini  mustahkamlashni  davom  ettirish,  o'quv-

tarbiya  jarayonini    yuqori  sifatli  o'quv  adabiyotlari  va  ilg'or  pedagogik  texnologiyalar  bilan 

ta'minlash,  uzluksiz  ta'lim  tizimini  axborotlashtirishni  amalga  oshirish»”

2

  vazifalari  belgilab 



qo'yilgan  edi.    Shubhasiz,  ushbu  vazifadan  maqsad  mamlakatimizni  rivojlangan  davlatlar 

qatoridan  o'rin  olishi,  bozor  iqtisodiyoti  saroitida  raqobatbardosh  kadrlar  tayyorlashga 

erishishdan iboratdir. 

Bugungi kunga kelib Respublikamiz uzluksiz ta'lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar 

o’z  natijasini  berdi  va  dunyo  hamjamiyati  tomonidan  e’tirof  etildi.  Bu  ulkan  yutuqlarning 

samarasi  sifatida  ta’lim  jarayonida  keng  qo’llanilib  kelinayotgan  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalardan foydalanish samaradorligining oshganligini misol qilib keltirishimiz mumkin. 

Bizga  ma’lumki,  innovatsiyalar  uzluksiz  ta'lim  tizimini  rivojlantirishning  eng  muhim 

omillaridan  hisoblanadi.  Ular  ta'lim  jarayonida  o’quvchilarning    sifatli  bilim  olishlarini 

kafolatlabgina  qolmay,  ularning  intellektual  qobiliyati,  mustaqillik  tafakkurini  shakllantirishga 

olib keladi.  

                                                 

2

Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq NMK, 1997. –61 b. 



 

 

 



 

 

Demak,  innovatsiyalar  yangiliklar  asosida  vujudga  keladi  va  ta'lim  jarayonini 



rivojlantirishda  muhim  ahamiyatga  ega  bo’ladi.  Ta’lim  jarayonida  innovatsiyalardan  o’rinli 

foydalanish  o’qituvchi  uchun  ham  o’quvchi  uchun  ham  ko’plab  qulayliklarni  yaratib  beradi. 

Xuddi  shunday  tarbiyaviy  ishlarda  ham  innovatsion  texnologiyalardan  foydalanish  faqat  va 

faqatgina samadorlikning oshishiga olib keladi. 

Demak,  belgilangan  vazifalar  asosida  bugungi  kunda  ta’lim  sohasida  juda  katta  ishlar 

amalga  oshirildi  va  oshirilmoqda.  Zamonaviy  texnologiyaning  ta’lim-tarbiya  jarayoniga  kirib 

kelishi jadallashmoqda. 

 Ilmiy  ma’lumotlarga  ko‘ra  redagogik  texnologiyaning  rivojlanishini  4  bosqichga  bo‘lish 

mumkin: 

1-bosqich  –  40-50  yillar.  Pedagogik  texnologiya  ta’lim  jarayonida  audiovizual  (texnik 

vositalar) vositalardan foydalanish deb tushunilgan. 

2-bosqich.  50-60  yillar.  Ta’lim  texnologiyasim  programmalashtirilgan  ta’lim  sifatida 

qaralar edi. 

3-  bosqich.  60-70  yillar.  Ta’lim  jarayonini  loyihalashtirib,  aniq  belgilangan  maqsadning 

kafolatlangan natijasiga erishish sifatida qaraladi. 

4-  bosqich.  Ta’lim  jarayoniga  kompyuter  texnologiyasi  va  axborot  texnologiyalarining 

kirib kelishi bilan bog‘liq.  

Texnologiya nima?  

Texnologiya - yunoncha so‘z bo‘lib, texne-mahorat, san'at, logos-tushuncha, ta'limot 

ma'nolarini anglatadi. Texnologiya tushunchasi-tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish 

jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmui; shunday usul va metodlarni ishlab 

chiqaruvchi va takomillantiruvchi fan sifatida ta'riflanadi.  

V.M.Shepel  ta’rifiga  ko‘ra  texnologiya-  ishlov  berish,  ahvolni  o‘zgartirish  san’ati, 

mahorati,  qobiliyati,  metodlar  yig‘indisi.  Keyinchalik  texnologiya  tushunchasi  ta’lim 

jarayonlarida ta’lim texnologiyasi nomi bilan qo‘llanila boshladi. 

Pedagogik  texnologiya  asrimizning  60-yillarida  Amerika  Qo‘shma  Shtatlarida,  70-80 

yillarda boshqa rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llanila boshlandi. 

YUNESKOning 1996  yildagi  xalqaro konferensiyasida mamlakatning ma‘naviy iqtisodiy 

salohiyatini  oshirishda  va  ta’lim-tarbiyani  intensivlashtirishda  pedagogik  texnologiya  muhim 

ahamiyatga ega ekanligi ilmiy asoslanadi. 

“Pedagogik  texnologiya  bilimlarni  o‘rganish  yaxlit  jarayonida  ta’lim  shakllarini 

optimallashtirish, texnikaviy, insoniy imkoniyatlar, ularning o‘zaro hamkorligini amalga oshirish 

metodlari tizimidir”, - degan xulosaga kelinadi. 

Pedagogik texnologiya nima?  



 

 

10 



 

 

 Bu haqida ko‘pgina mualliflar o‘z ta’riflarini berganlar. Bular: 



BMT ning nufuzli idoralaridan biri bo‘lgan YUNESKO ta’rificha:  

Ta’lim texnologiyasi – ta’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika 

resurslari  va  ularning  o‘zaro  ta‘sirini  hisobga  olgan  holda,  butun  o‘qitish  va  bilimlarni 

o‘zlashtirish jarayonini aniqlash, yaratish va qo‘llash tizimidir.  

V.P.Bespalko:  «har  qanday  faoliyat  yoki  texnologiya,  yoki  san‘at  bo‘lishi  mumkin. 

San‘at  ichki  sezgi  (intuitsiya)ga,  texnologiya  esa  fanga  asoslanadi.  hammasi  san‘atdan 

boshlanadi va texnologiya bilan tugaydi va yana qaytadan boshlanadi» - degan edi. 

M.Ochilov  “Pedagogik  texnologiya  –  tizimli,  texnologik  yondashuvlar  asosida  ta’lim 

shakllarini  qulaylashtirish,  natijasini  kafolatlash  va  ob‘ektiv  baholash  uchun  inson  salohiyati 

hamda  texnik  vositalarning  o‘zaro  ta‘sirini  inobatga  olib,  ta’lim  maqsadlarini  oydinlashtirib, 

o‘qitish va bilim o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmuidir”, degan 

ta’rifni beradi. 

Pedagogik  texnologiyaga  professor  N.Saidahmedov:  “Pedagogik  texnologiya  bu 

o‘qituvchi  (tarbiyachi)  tomonidan  o‘qitish  (tarbiya)  vositalari  yordamida  o‘quvchilarga  ta‘sir 

ko‘rsatish  va  bu  faoliyat  mahsuli  sifatida  ularda  oldindan  belgilab  olingan  shaxs  sifatlarini 

shakllantirish jarayoni”-degan ta’rifni beradi. 

Ta’lim  texnologiyasi  –  oldindan  belgilangan  o‘quv  maqsadlariga  erishishni 

kafolatlaydigan,  ta’lim  jarayonida  inson  va  texnika  resusrlaridan  foydalanishning 

loyihalashtirilgan  muayyan  tizimi.  XTV  “Multimediya  umumta’lim  dasturlarini  rivojlantirish” 

markazi ta’rifi. 

     Hozirgi  kunda pedagogik  adabiyot,  ta’lim  muammolariga oid  ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda 

"yangi  pedagogik  texnologiya",  "ilg‘or    pedagogik    texnologiya",  "zamonaviy  pedagogik 

texnologiya"  iboralari  keng  qo‘llanilmokda.  Aynan  tizimli  yondashuv  pedagogik    texnologiya 

asosida o‘qitishni boshqa yondashuvlardan farqlovchi asosiy belgi hisoblanadi.  

Aslini  olganda,  pedagogik  texnologiya  -  bu  o‘qitishga  o‘ziga  xos  bo‘lgan  yangicha 

(innovatsiya) yondashuvidir.  

Keltirilgan  ta’riflarni  ilmiy-falsafiy  nuqtai  nazardan  tahlil  qiladigan  bo‘lsak,  uzoq 

horijda  berilgan  ta’riflar  bilan  MDH  mamlakatlari  olimlari  bergan  ta’riflari  bir-biriga  yaqin 

kelsada,  farqi  ham  anchaligini  ko‘ramiz.  Jumladan,  YUNESKO  ta’riflarida  tizimli  yondashuv 

tamoyillariga alohida urg‘u berilgan.  

Jahon ta’limi taraqqiyoti tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti ta’limning 

takomillashishi va taraqqiy etishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Prezident I. Karimov ta’kidlab 

o‘tganidek: «Aslida ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi yo‘q. Toki hayot davom etar 


 

 

11 



 

 

ekan, ta’lim ham, tarbiya ham zamon o‘rtaga qo‘yayotgan yangi-yangi talablarga ko‘ra mustaqil 



ravishda o‘zgarib-yangilanib boraveradi».

3

  

 

Respublikamizda  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  qonun,  «Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dastur»  va 



«Davlat  ta’lim  standart»lari  talablariga  mos  keladigan  yangi  ta’lim  texnologiyalarini  yaratish 

dolzarb muammoga aylandi.  An’anaviy 

ta’lim 

tizimidan 



farqli 

ravishda, 

pedagogik 

texnologiyalar  ta’lim  –  tarbiya  jarayonidagi  boshqa  innovatsiyalar  bilan  kirishib  va  rivojlanib 

keta olishi ilg‘or davlatlar tajribasida allaqachon o‘z isbotini topgan. 

 

Yangi  pedagogik  texnologiyalardan  foydalangan  holda  tashkil  etilgan  tarbiyaviy  ishlar 



samarali natija berib, o‘quvchilarni bevosita maktab, o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.  

Bunday innovasion metodlarga kichik guruhlarda ishlashning  quyidagi: «Aqliy hujum», 

«Rolli  o'yinlar»,  «Munozara-ringi»,  «Yechimlar    daraxti»,  «Sinkveyn»,  «Klaster»,  «Kubiklar», 

«B-B-B», “Zigzag» va boshqa shakllarini misol qilib keltirish mumkin. 

Shulardan  biri  -  “Breynshtorming”  (“Aqliy  hujum”)  metodidir.  Breynshntorming  – 

yangi  g'oyalar  yaratish  metodidir.  Bunda  o'quvchilar  kichik  guruhlarga  birlashgan  holda 

muammoni  echishga  harakat  qiladilar:  muammoni  echish  uchun  shaxsiy  g'oyalarini  ilgari 

suradilar. 

 «Aqliy  hujum»ning  vazifasi  o'quvchilarni  ko'proq  mustaqil  fikrlashga  va  yangi 

g'oyalarni yaratishga undashdir. Masalan, ko’rik tanlovlar tashkil etganda ham ushbu metoddan  

foydalanish  mumkin.  Bunda  o'quvchilar  kichik  guruhlarga  bo’linadilar  va  har  bir  guruh 

nomlanadi.  Ko’rik  tanlov  shartlari  o’quvchilar  tomonidan  ishlab  chiqilgan  g’oyalar  asosida 

baholanadi. Bunda o'quvchilar tomonidan bildirilgan har qanday g'oya va fikrlar hisobga olinadi. 

Bildirilgan g'oya va fikrlarni to'ldirish va yanada kengaytirish uchun imkoniyat yaratiladi. 

O’quvchilar faolligini oshiruvchi metodlardan biri - sinkveyn strategiyasidir. Sinkveyn-

fransuz  tilida  «besh  qator»  ma'nosini  bildiruvchi  pedagogik  strategiya  hisoblanadi.  Sinkveyn-

ma'lumotlarni  umumlashtirishga  yordam  beradigan  qofiyasiz  she'r  bo'lib,  unda  o'rganilayotgan 

tushuncha  (hodisa,  voqea,  mavzu)  to'g'risidagi    axborot  yig'ilgan  holda,  o'quvchi  tilidan  turli 

variantlarda ifodalanadi.  

Sinkveyn  tuzish-murakkab  fikrlarni  bir  nechagina  so'zlar  bilan  ifodalash  uchun  muhim 

bo'lgan ko'nikmadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi. 

Sinkveyn tuzishda quyidagilarga amal qilish kerak: 

          1-   qator: Mavzu birgina so'z, ot orqali ifodalanadi. 

     2- qator: Mavzu ikki so'zdan iborat sifat bilan ifodalanadi. 

   3-qator:  Mavzu  doirasidagi  hatti-harakat  uchta  so'z  orqali  ifodalanadi.  Bu  so'zlar  fe'l  yoki 

ravishdosh bo'lishi lozim. 

                                                 

3

 



Karimov I. A. “O‘zbekiston buyuk kelajak sari” T. O‘zbekiston, 1998 y. –62 b. 

 

 

12 



 

 

   4-qator: Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to'rtta so'zdan iborat bo'lgan  yaxlit 



fikr ifodalovchi gap yoziladi.  

    5-qator: Mavzuni takrorlaydigan  sinonim so'z yoziladi. 

Masalan:  


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin