O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi


 Hujayra energiya ta‟minotining toksik zararlanish mexanizmlari



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/44
tarix31.12.2021
ölçüsü0,81 Mb.
#49942
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44
jigar hujayralarining toksik zararlanishida ular mitoxondriyalari membranasining fiziologik holati

1.4.1. Hujayra energiya ta‟minotining toksik zararlanish mexanizmlari 

 

Hujayralar va mikroorganizmlar hayoti davomida doimiy ravishda murakkab 



tuzilgan  molekulalar  (nuklein  kislotalar,  oqsillar,  polisaxaridla,  yog‗lar  va 

boshqalar)  sintezi  sodir  bo‗lib  turadi.  Bu  birikmalar  yuqori  entalpiya  va  past 

entropiyaga ega. Bunday molekulalarning hosil bo‗lishi sistemada erkin energiyani 

ortishiga  olib  keladi.  O‗z  navbatida  sintetik  jarayonlar  ekzergetik  reaksiyalarsiz 

sodir  bo‗lmaydi.  Bunday  reaksiyalar  uchun  zarur  energiya  makroergik  bog‗larga 

ega  birikmalarning  gidrolitik  parchalanishi  hisobidan  qoplanadi.  Bunday 

birikmalarga  adenozinuchfosfor  kislota  (ATF),  adenozinikkifosfor  (ADF), 

guanozinuchfosfor  kislota  (GTF),  sitozinuchfosfor  kislota  (STF),  uridinuchfosfor 

kislota,  asilfosfat  va  boshqalar  kiradi.  Hujayraning  energetik  imkoniyati  undagi 



 

31 


makroergik  bog‗larga  ega  bo‗lgan  birikmalar  (birinchi  navbatda  ATF)  bilan 

baholanadi.  

ATF  doimo  2  ta  hujayraviy  jarayon  natijasida  sintezlanib  turadi,  bular 

glikoliz  va  substratlarning  biologik  oksidlanishi  (hujayra  nafas  olishi) 

jarayonlaridir.  Bu  ikkalasi  bevosita  bir-biriga  bog‗liq.  Glikoliz  hujayra 

sitoplazmasida  sodir  bo‗ladi.  Nafas  olish  makroergik  bog‗larning  hosil  bo‗lishi 

mitoxondriyalarda  amalga  oshadi.  Nafas  olish  jarayoniga  ko‗pgina  fermentlar, 

oqsil, yog‗ va uglevodlardan tarkib topgan substratlarishtirok etadi. Ular kislorod 

ta‘sirida  oksidlanadi,  CO

2

  va  Н



2

O  hosil  bo‗ladi  hamda  o‗zida  katta  miqdordagi 

energiya to‗plovchi ATF molekulasi sintezlanadi. Hujayraning energiyaga bo‗lgan 

talabining  asosiy  qismi  asosan  ana  shu  ATF  hisobiga  qondiriladi  (6-rasm).  Bu 

rasmda  hujayra  nafas  olishining  sxematik  modeli  tasvirlangan  (Куценко,  2002). 

Zanjir  bo‗ylab  harakatlanadigan  elektron  va  protonlar  energiyasi  fermentlarni 

faollashtiradi hamda ADF ning fosforlanishi amalga oshadi.  

Toksikantlar  ta‘sirining  nozik  (ahamiyatli)  tomoni  shundaki,  ular 

organizmda  makroergik  molekulalar  hosil  bo‗lishini  izdan  chiqaradi,  buning 

natijasida  shu  organizm  to‗qima  hujayralarida  energiyaga  bo‗lgan  taqchillik 

yuzaga  keladi  oxir-oqibatda  bu  jarayon  to‗xtatilmasa,  hujayraning  nobud 

bo‗lishiga  olib  keladi.  Toksikantlar  bundan  tashqari  organizmning  nerv 

sistemasiga, uning biologik faol suyuqliklari faolligiga ham jiddiy ta‘sir ko‗rsatishi 

adabiyot manbalaridan ma‘lum.  

Ma‘lumki,  bioenergetik  jarayonlarning  buzilishi  o‗z  navbatida  biologik 

sistemalarning  shikastlanishiga  olib  keladi.  Margimush,  simob  va  boshqa  shunga 

o‗xshash organik va noorganik, og‗ir metallar glikolizning enzimlarning sulfgidril 

gruppalari va uchkarbon sikliga bevosita ta‘sir ko‗rsatib, ularning faolligini buzadi. 

Bunday  zaharli  toksikantlarni  sulfgidril  zaharlar  ham  deb  yuritiladi.  Bular  imkon 

qadar  tabiiy  substratlar  (ftorasetat,  uglerod  oksidlari  va  boshq.)  ga  tanlab  ta‘sir 

ko‗rsatadi.  Ular  enzimlarning  faol  markazlariga  ta‘sir  ko‗rsatib,  uning 

nofaollashtiradi, natijada hujayraning energiya ta‘minotini izdan chiqaradi. 




 

32 


 


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin