O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi


Turli xildagi jigar patologiyalarida (toksik gepatitda) mitoxondrial



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/44
tarix31.12.2021
ölçüsü0,81 Mb.
#49942
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
jigar hujayralarining toksik zararlanishida ular mitoxondriyalari membranasining fiziologik holati

1.3. Turli xildagi jigar patologiyalarida (toksik gepatitda) mitoxondrial 

funksiyalarning o„zgarishi 

 

Adabiyot  manbalaridan  ma‘lumki,  patologik  holatlarining  kelib  chiqishiga 



asosan 

mitoxondriyalar 

disfunksiyasi 

sabab 


bo‗ladi. 

Mitoxondriya 




 

27 


membranasining  zararlanishi  kasallikka  olib  keladi.  Masalan,  (-hujayralarda 

mitoxondrial buzilishlar diabetni chaqiradi (Эршова, 2003). Mitoxondriyalar yana 

ishemiyada,  gepatitda  va  ishemik  to‗qimalar  reperfuziyasida  zararlanadi,  bu 

yurakda, miyada va buyrakda yaqqol namoyon bo‗ladi. Mitoxondriya oqsillarining 

mutatsiyalanishi  patologik  to‗qimalarning  turli  ko‗rinishlarida  kuzatiladi; 

mitoxondriya  disfunksiyasi  barcha  asosiy  neyrodegenerativ  kasalliklar  Parkinson, 

Alsgeymerga  bog‗liq  bo‗lib,  motoneyronlarning  buzilishi  va  ko‗pincha  sklerozga 

olib  keladi  (Krieger,  Duchen,  2002;  Schon,  Manfredi,  2003).  Yurak 

mitoxondriyalari  disfunksiyasi  kardiomiopatiyani  keltirib  chiqarishi  mumkin. 

Sepsis kasalligi davrida ko‗pgina organlar tizimining zararlanishida mitoxondriya 

disfunksiyasi  asosiy  rol  o‗ynashi  isbotlangan.  Mitoxondriyalar  hujayra 

disfunksiyalarining  inisirlanishida  asosiy  mishen  hisoblanadi  [Duchen,  1999; 

Francesca et al., 2002].  

Ma‘lumki,  mitoxondriya  o‗tkir  disfunksiyasi  ishemiya  yoki  anoksiyada 

hujayrada  energiya  yetishmovchiligi  va  nekrotik  o‗limiga  olib  keladi.  Hujayra 

metobolizmidagi energetik o‗zgarishlar organizmning qarishi va kasalliklarda ular 

bilan  bog‗liq  ravishda  shuningdek,  bir  qancha  turli  xil  o‗sma  shishlari 

rivojlanishida  muhim  rol  o‗ynaydi.  Mitoxondriyada  hosil  bo‗ladigan  erkin 

radikallar,  taxmin  qilingandek  hujayra  funksiyalari  degradasiyasida  markaziy  rol 

o‗ynaydi.  Qarish  jarayoni  asosida  nima  yotadi?  Bunda  uzoq  yashashni 

ta‘minlaydigan  bir  qancha  genlar  mitoxondriyani  himoya  qiladi  yoki  hech 

bo‗lmaganda  hujayra  antioksidant  himoya  funksiyasini  o‗zgartiradi  (Hekimi, 

Guarente, 2003; Migliaccio et al., 1999).  

Mitoxondrial  DNK  mutasiyasi  bir-biridan  farq  qiladigan  kardiomiopatiya 

patologiyalaridan  tortib,  oshqozon-ichak  trakti  patologiyasi  va  bosh  miya 

shikastlanishigacha bo‗lgan patologiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. 

Mitoxondriyalarda  patologik  holatlarning  rivojlanishida  ular  ichki 

membranasidagi  SsA-sezgir  poralarining  roli  keng  mushoda  qilinmoqda. 

Aniqlanishicha, ushbu poralarning ochilishi to‗qimalar reperfuziyasi va ishemiyada 



 

28 


nekrozning rivojlanishida kalit rolini o‗ynaydi  [Lemasters et al., 1998].  Jigarning 

turli  xildagi  zararlanishlari,  xususan  turli  ko‗rinishdagi  gepatitlarning  kelib 

chiqishida 

mitoxondriyalarning 

funksiyasi 

buzilishi 

yotadi. 

Zamonaviy 

gepatologiyada 

tadqiqotchilar 

asosiy 

e‘tiborni 

turli 

gepatitlarning 



farmakoterapiyasi  va  ushbu  patologiyalarning  molekulyar  mexanizmlarini 

o‗rganishga qaratmoqdalar. Buni ushbu patologiyalarda membrana buzilishlarining 

molekulyar  mexanizmlari  to‗lig‗incha  asoslanmaganligi  bilan  tushuntirish 

mumkin.  Shuningdek,  bu  jarayonlarga  ijobiy  ta‘sir  ko‗rsatuvchi  biologik 

preparatlar  aniqlash  va  ulardan  samarali  foydalanish  yo‗llarini  aniqlash  borasida 

ko‗plab tadqiqotlarni olib borishni taqozo etmoqda [Mеyr, 2001]. Shu munosabat 

bilan jigar patologiyalarida membrana buzilishlarining molekulyar mexanizmlarini 

o‗rganish  dolzarb  muammolardan  bo‗lib,  davolashning  yangi  uslub  va 

ko‗rinishlarini ishlab chiqish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. 

Gepatit 


sharoitida 

patologik 

holatlar 

rivojlanishi 

mexanizmlarini 

o‗rganishning birmuncha qulay modeli bu eksperimental toksik gepatit hisoblanadi 

(Акиншина, 2001). 

Ma‘lumki,  jigarning  SSl4  bilan  toksik  zararlanishida  jigar  hujayralari 

gipoksiyasi kuzatiladi. Buni jigarning ichki gemosirkulyatsiyasining o‗zgarishi va 

hujayra  ichki  fermentlar  faolligining  buzilishi  bilan  tushuntirish  mumkin 

[Абдуллаев,  Kаримов,  1989;  Гuбский  и  др.,  1990;  Gumpricht  et  al.,  2005]. 

Hujayra  va  hujayra  organiodlari  membranasi  o‗tkazuvchanligining  oshishi 

natijasida,  hujayralarda  destruktiv  o‗zgarishlar  yuzaga  keladi  [Абдуллаев, 

Kаримов,  1989  Гутникова,  Акиншина  и  др.,  1999].  Krebs  siklining 

dezorganizasiyalanishi  natijasida  glutamat,  malat  va  sitrat  oksidlanishining 

pasayishi,  mitoxondriya  nafas  zanjiri  fermentlari  faolligining  susayishi, 

oksidlanishli  fosforlanishning  uzilishi,  shuningdek  ATF  hosil  bo‗lishining 

kamayishi  kabi  jarayonlar  kuzatiladi  [Алматов  и  др.,  1986;  Гонский  и    др., 

1996].  



 

29 


O‗z  navbatida,  ССl

4

  gepatositlar  mitoxondriyalarida  shikastlanishlarni  va 



ularda bioenergetik jarayonlarning buzilishini chaqiradi. CCl

4

 tа‘siriда sitoxrom S 



да  nаfаs  zаnjiri  elеktronlаrining  tаshuvchilаri  yo‗qolishi  [Абдуллаев,  Kаримов, 

1989; Гонский и  др., 1996; Dehpour et al., 1999], to‗qima nafas olishining izdan 

chiqishi  va  nafas  zanjiri  kofaktorlarining  kamayishi,  NAD  va  NADF  sintezining 

buzilishi, suksinatdegidrogenaza va sitoxromoksidazalar faolligining  tushib ketishi 

oqibatida  jigar  mitoxondriyalarida  nafas  olishning    fosforlanishdan  uzilishi  yuz 

beradi  [Манкус,  Хафизова,  1980;  Ким  и  др.,  2005].  ССl

ta‘sirida 



mitoxondriyalarda  Ca

2+

  transportining  izdan  chiqishi  qiziqarli  fakt  hisoblanadi. 



ССl

4

  ta‘sirida  jigar  hujayralari  membranasining  zararlanishi  sAMF  va  sAMF-ga 



bog‗liq  glikogenolitik  kaskadning  faollanishiga,  shuningdek  sitozolda  Са

2+

 



miqdorining  ortishi  bilan  uning  kompartmentalizasiyasining  buzilishiga  olib 

keladi.  [Gubskiy  i  dr.,  1990].  Bu  ma‘lumotlar  ССl

4

  ning  aniqlangan  ma‘lum 



konsentrasiyalarida  SsA-sezgir  poralarning  yuqori  o‗tkazuvchanlik  holatiga  o‗tib 

qolishini isbotlovchi dalillardir.  

Geliotrinli  toksik  gepatitda,  mitoxondrial  va  nemitoxondrial  Ca

2+

  pulining 



tezlik  bilan  bo‗shab  qolishi  kuzatiladi,  buning  natijasida  timositlar  plazmatik 

membranasidagi membranaga bog‗liq Са

2+

 miqdori ortib ketadi [Ионов, 2000].  



Shu  munosabat  bilan  ushbu  ishda  kalamush  jigari  mitoxondriyalari  SsA-

sezgir poralari holatini toksik gepatit sharoitidagi o‗zgarishlarini o‗rganish maqsad 

qilindi.  

 


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin