Uchkarbon sikli fermentlarining ingibirlanishi, hujayralar uchun halokatli
sikli fermentlari ingibitorlari) nihoyatda zaharli birikmalar hisoblanib, tana
Shuningdek, nafas olish zanjiri fermentlari faoliyatiga ta‘sir ko‗rsatuvchi
birikmalar mavjud. Nafas olish zanjiri fermentlari ishini bloklovchi toksikantlar
(sianidlar, sulfidlar) bir necha daqiqa ichida organizmni o‗ldirishi mumkin. Nafas
olish zanjirining birinchi pog‗onasi fermentlari sedativ birikmalarga (barbituratlar)
Bir qancha birikmalar o‗z navbatida oksidlanishli fosforlanishni jarayonini
bir-biridan uzib qo‗yish xususiyatiga ega. Bunday xususiyatli birikmalarga lipofilli
birikmalar, tarkibida fenol gruppasi saqlaydigan molekulalar hamda kuchsiz
organik kislotalarni kiritish mumkin. Masalan, 2,4-dinitrofenol (DNF), dinitro-o-
krezol, xlorfenollar, dikumarol, shuningdek, salisilatlar, arsenatlar, tiroksin va
33
boshq. Eng faol buzuvchi birikma bu 3,5-ditretbutil-4-gidroksibenziliden-
malononitril (SKF6847) hisoblanadi. Bu birikma 2,4-dinitrofenoldan taxminan
1800 marta faolroq bo‗lib, 0,2 mol konsentrasiyada 1 mol sitoxromda to‗liq
fosforlanishni uzib qo‗yadi.
Oksidlanishni fosforlanishdan uzib qo`yuvchi birikmalarning ta‘sir
mexanizmlari to‗liq asoslanmagan. Ular protonlarning mitoxondriyadan
sitoplazmaga chiqib ketishini tezlashtiradilar. Yoki hujayra energiya ta‘minotining
buzilishini ta‘minlovchi boshqa bir mexanizm shuki, bunda mitoxondrial
translokazaning shikastlanishidir, qaysiki u sintezlangan ATF ni mitoxondriyadan
sitoplazmaga chiqishi uchun zarur. O‗rta yer dengizida o‗suvchi Distel Atractylis
gummifera o‗simligidan olingan birikmalar aynan shunday ta‘sir ko‗rsatadi.
Toksikantlarning zaharli ta‘sir mexanizmlaridan yana biri, ular to‗qimalrdagi
kislorodning parsial bosimining pasayishi bilan bog‗liq. Odam va boshqa sut
emizuvchilarda kislorod yetishmovchiligi bir necha daqiqa davom etishi mumkin
xolos, undan ortib ketsa, shu organizm halok bo‗lishi aniq.
Quyidagi jadvalda kalamush turli organlarining kislorodga bo‗lgan talabi
keltirilgan (1-jadval).
Dostları ilə paylaş: