116
O'ta kritik bosimli (Z=24,0 MPa) turbinalarning bug'idagi aralashmalar tarkibi past bosimli
isitgichlarning po'latiga, kondensat, ta'minot suv va bug' qozonlarning suv tartiblariga bog‟liq
bo'ladi. Shu bug'da Cu, Fe oksidlari va Si birikmalari har xil miqdorda kirishlari mumkin.
Shuning uchun bug‟, kondensat va ta'minot suvining normalari bu ko'rsatkichlarga qarab
belgilanadi.
Qatlamlar tarkibida 10%-gacha Ca, Al birikmalari ham kiradi. Al ionlari kondensatorning so'rish
suvlardagi alyumosilikatlar tarkibiga kirib, isitgich yo'llarida termolizga uchraydi va bug' qozonga,
turbinaga o'tadi.
BTQ filtrlarini ish holati buzilganda, kondensat bilan bug' qozonga va turbinaga Ca ionlari
o'tishi mumkin.
Ma'lumki, turbinaning yuqori bosimli qismdan (YuBQ) bug' o'tganda, uning harorati, bosimi
kamayadi va aralashmalar metal yuzasida qatlamlar hosil qiladi.
turbinani pog'onagacha qatlamlar miqdori ko'tarilishini, keyin tez kamayishini va pog'onalarda yo'q
bo'lishini ko'ramiz. Qatlamlar tarkibi Cu, Fe, Zn metallarini oksidlaridan va Si birikmalardan iboratdir.
Si miqdori 5% gacha, eng ko'p miqdorda Cu birikmalari kiradi.
Gidrazin-ammiakli suv tartiblarida past bosimli isitgichlarning quvurlari jezdan yasalgan. Perlit
po‟latga nisbatan emirilish jarayonining tezligi kattaroq bo'lgani natijasida bug'ga Cu ko'proq
o'tishi mumkin. Yuqori harorat va yuqori bosimda uning bug'dagi eruvchanligi katta bo'lishi tufayli
qatlamlar tarkibiga ham Cu ko'p miqdorda o'tadi.
Cu ga nisbatan qaraganda, Fe oksidlarining miqdori kamroq bo'ladi. Ular bug'da erigan va kukun
holatida uchraydi.
Kukun zarrachalarining o'lchami 10-300 mkm-ga teng. Ular turbinani oqim harakat qismining
yuzasini tilinish jarayoniga olib keladi va turbina avariyaga uchrashi mumkin. Shuning uchun, har
xil holatlardan foydalanganda, ta'minot suvdagi Fe oksidlarining miqdori TFQ normasida
belgilangan miqdoridan kamroq bo'lishiga erishish kerak.
Ushbu masalani echish uchun suv tartiblaridan betarafli kislorod holati to'g'ri keladi. PBI po'lati
zanglamas austenitdan yasalgani tufayli ta'minot suvda Fe oksidlar va turbinaning oqim
harakatchan qismida qatlamlar miqdori, gidrazin-ammiakli suv tartibiga nisbatan kamroq bo'ladi.
Undan tashqari, gidrazin-ammiakli suv turbinaning PBQda oxirgi pog'onani metall yuzasida
qatlamlardan tozaligini ko'ramiz va tozaligi tufayli ular ko'proq emirilish jarayonga uchraydi .
Turbinaning ko'rsatkichlari orasida yana bir muhim ko'rsatkichi bor, bu rostlovchi pog'onasidan
keyingi bosim. Gidrazin - ammiakli holatda bu bosim normal qiymatidan 8-9% ga ko'tariladi va ishga
tushgan vaqtda blok quvvati normadan 5-8 mvt kamroq bo'ladi.
Betarafli kislorodning suv tartibida uzoq muddat ichida (4 yil va undan keyin) bosim qiymati
normadan past bo'lib, blok quvvati 310 mvt gacha ko'tarilganadi .Har xil suv tartiblari bir-biri bilan
117
solishtirilganda, turbina uchun betarafli kislorod holatining ma'qulligi k o'rinadi. IESlarda PBI jezdan
qilinganda, turbina ko'rsatkichlari uchun gidrazinli, ammiaksizli tartib to'g'ri keladi. Kondensatga
yuboriladigan gidrazin jezning emirilish jarayoniga qarshi hususiyatini kuchaytiradi va bug'da Cu
miqdorini kamaytiradi.
Har xil suv tartiblari solishtirilganda, gidrazin-ammiakli suv tartibida qatlamlar eng ko'p miqdorda
hosil bo'ladi, lekin past bosimli qismidagi oxirgi pog'onalarida uchramaydilar. Metall yuzasi
emirilish jarayoniga uchraydi. Betarafli kislorodning suv tartibida qatlamlar baravar yoki kamroq
bo'ladi va oxirgi pog'onalarning metal yuzasidagi qatlamlar tufayli emirilish jarayonidan himoya
qilinadi.
Yana bir suv tartiblaridan kompleksonli holati metall yuzasiga yaxshi ta'sir qiladi. Shu holatda
turbinani hamma pog'onalarida metall yuzasida himoyali parda hosil bo'ladi.Kompleksonli suv tartibi
turbinaning foydalanishida eng samarali hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: