O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Energetika fakultetining”“issiqlik energetikasi” kafedrasi «Issiqlik energetikasi»


Ta'minlovchi suvdan keyingi kimyoviy tekshiruvni amalga oshirish



Yüklə 397,48 Kb.
səhifə90/97
tarix16.12.2023
ölçüsü397,48 Kb.
#181097
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   97
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti-hozir.org

4.Ta'minlovchi suvdan keyingi kimyoviy tekshiruvni amalga oshirish. 
Suv xo'jaligini kimyoviy tekshirishni amalga oshirish chizmasiga amal qilinganda unga kerak
bo'lgan ko'rsatkichlar kiradi. To'g‟ri yo'nalishli va barabanli bug‟ generatorlarida 10 Mpa dan yuqori
bosimda bunday ko'rsatkichlar natriy, kremnekislota, eritilgan kislorod, korroziya mahsulotlari temir,
mis, gidrozin, neft mahsulotlari, qattiqlik va рН kattaliklaridir. Undan tashqari barabanli bug‟
generatorlarida nitrat va nitritlar yig‟indisi ham kiradi. 7 MPa dan 10 MPa gacha bosimga ega
bo'lganlarga natriy va kremnekislota bo'lmaydi.Ko'rib chiqilgan ko'pgina normadagi ko'rsatkichlardan
tashqari ta'minlovchi suv aralashmasi tarkibiga ko'pincha tekshiruvchi ko'rsatkichlar ham kiradi.
Kritik parametrlardan yuqori bo'lgan bloklarda bunday ko'rsatkichlarga elektroo'tkazuvchanlik va
vodorodni tashkil etuvchisiham hisobga olinadi. Ta'minlovchi suvni konduktometrlar orqali uzluksiz
ravishda tekshirib turiladi, bu o'z vaqtida ta'minlovchi suvda ionlashgan aralashmasi konsentrasiyasini
ortishini buzilishini o'z vaqtida oldini oladi.Ta'minlovchi suvda vodorodning konsentrasiyasini aniqlash
uchun bug‟ generatori traktida korroziya aktivligini aniqlash maqsadini qo'yadi.Yuqori bosimli bug‟
generatorlarida tekshiriluvchi ko'rsatkichlar elektro'tkazuvchanlik bilan bosim bo'lsa, o'rtacha bosimli
bug‟ generatorlarida xloridlar, sulfatlar, ishqorliklar kiradi.
Namuna olish joyi ham belgilangan normalarga kiritiladi va shu joydan namuna olinadi. Bu holatlar
eritilgan kislorod gidrozin uchun ham ta'luqlidir, chunki О
2
bo'yicha deoerator va ta'minlovchi
nasosdan keyin, NH
3
ga esa ekonomayzerdan keyin olinadi. Buning sababi, kislorod va gidrozin
ta'minlovchi suv trakti bo'ylab harakatlanganda uning konsent-rasiyasi o'zgaradi. 2Н
4
ning
konsentrasiyasi butun ta'minlovchi trakt bo'ylab sekin asta kamayib boradi, buning sababi
gidrozinnioksidlanish-tiklanish jarayonlarida ishtirok etishidir. 2Н
4
100 mkg/ gacha o'zgarishi
mumkin. Bizga ma'lumki, deaerator gaz moddalardan tozalash uchun mo'ljallangandir, lekin havoni
so'rilishi natijasida О
2
ning miqdori sekin-asta ko'tarilishi mumkin.
Ta'minlovchi nasos va ekonomayzer oralig‟ida О
2
konsentrasiyasi kamayadi, chunki bu erda О
2
ni
kelib tushish manbalari yo'q, buning natijasida korroziya holatlari vujudga kelmaydi. Shunday qilib
ta'minlovchi trakt oralig‟ida eng kam namuna olinadi, ya'ni 1 – deaeratordan chiqishda, 2 –
ta'minlovchi nasoslardan chiqishda a 3 – ekonomayzerga kirishda. Bunday namunalarni olishda juda
ko'p aralashmalar bo'ladi, ular natriy, kalsiy tuzlari, magniy, kremnekislota, neft mahsulotlari.
Aralashmalar uchun namuna olish nuqtalari, ularni harakatlanish davomida konsentrasiyasi o'zgarib
borishini e'tiborga olish zarurdir. Ba'zi bir aralashmalarni konsentrasiyasi oshsa, ba'zi birlariniki
kamayadi. Masalan, suvdagi temir moddasining konsentrasiyasi ortishi tufayli u korroziya hosil qilishi
mumkin: misni konsentrasiyasini ortishi, turli mis oqmalarini hosil qilishga olib keladi.Gidrozinni



110
konsentrasiyasini o'zgarishi uning taqsimlanishi natijasida ammiakni konsentrasiyasini ortishiga olib


keladi.Olingan namunani haroratini va bosimini kamaytirish uchun sovitgich va drossel o'rnatiladi.
Bularni shu suv traktiga o'rnatish uchun qo'shimcha qurilmalar kerak bo'ladi, ular o'z navbatida har bir
datchik orqali namunani olinishini kuzatib boradi. Avtomatik analizatorlar yordamida namuna olishni
ko'rsatilgan. Bu chizmada namuna sovitgich orqali o'tib, elektromagnit klapani yordamida bakka
tushadi. Bak datchik analizator yonida joylashgan.

Yüklə 397,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin