O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Energetika fakultetining”“issiqlik energetikasi” kafedrasi «Issiqlik energetikasi»



Yüklə 397,48 Kb.
səhifə88/97
tarix16.12.2023
ölçüsü397,48 Kb.
#181097
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti-hozir.org

2.Kimyoviy tekshiruvning grafigi. 
Ko'pincha, kimyoviy tekshiruvni tavsiyanomasini va tekshirilayotgan muhitdagi qo'llaniladigan
aralashmalar konsentrasiyasini tavsifini hamda olinadigan namunani analizi birma-bir bo'lishini
e'tiborga olinadi. Agar aralashmalarning konsentrasiyasi juda tez o'zgarib, u suv rejimini buzilishiga
xavf keltirsa, u holda tekshiruvni uzluksiz davom ettirib va analizatorlar deb ataluvchi asboblarga ega
bo'lishimiz zarur. Masalan, kondensatni hosil qiluvchi sovituvchi suvni so'rib olishi misol bo'la
oladi.Kimyoviy tekshirishning grafigini tanlashda uning tavsifi katta ahamiyatga ega, u operativ va
tekshiradiganga bo'linadi.Operativ – ko'zlangan ishni darhol ishlatish mumkinligini, suv xo'jaligi va
berilgan shartlar buzilishini oldini olishda ishchi personallari juda tez harakat qilish bilan bog‟liq
bo'ladi. Masalan, deaeratordagi O
2
ni aniqlash operativga, korroziya mahsulotlarini (KIT) aniqlash esa
tekshiriladiganga misol bo'ladi.Undan tashqari kimyoviy tekshirish grafigini mazmuniga asosan,
miqdoriy analiz qilish kiradi.



107
Ularni ko'pincha kimyoviy laboratoriyalarda analiz qilinadigan namunalar uchungina tanlaydilar.


Avtomatik asbob-datchiklaridan o'tayotgan namunalar shunday uslublar bilan analiz qilinadiki,
ularning har bir qurilmalari asosida olinayotgan namunaning tekshirilayotgan xo'jalikka va
tekshirilayotgan aralashmalarning qandayligiga bog‟liqdir. Tekshirilayotgan xo'jalikdagi aniqlanadigan
aralashmalarning konsentrasiyasini, namunaning o'rtacha konsentrasiyasi bilan tenglashishi namuna
deyiladi.Tekshiruv grafigi namunalarni analiz qilishga olish uzlukligini amalga oshiradi. Uni
tekshirilayotgan muhitdagi aralashmalarning konsentrsiyasi o'zgarishi asosida va kimyoviy tekshiruvni
umumiy tavsiyasini o'zgarishi asosida ishlab chiqiladi.Aralashmaning konsentrasiyasi tez o'zgarsa yoki
oshsa, bu suv rejimini buzilishiga sabab bo'lsa, u holda uzluksiz tekshiruvni amalga oshirish zarur.
Buning uchun avtomatik ravishda ishlaydigan, analizatorlar zarur bo'ladi.Masalan, turbinadan keyingi
kondensatni uzluksiz ravishda tekshirilishi, sovituvchi suvni unga qo'shilib ketmasligini o'z vaqtida
oldini oladi.Taqsimlanuvchi bakda joylashgan natr1iy fosfat eritmasini bir necha bor tekshirishga hech
qanday hojat yo'q, chunki uni konsentrasiyasini bir marotaba tayyorlanganda tekshirish
kifoyadir.Usullarni bir xilligi yanada mustahkam va solishtirishi mumkin bo'lgan informasiyalarni
olishga imkon beradi, bu esa turli qurilmalarni qabul qilishda yordam beradi.Toza mahsulotdar:
to'yingan va o'ta qizigan bug‟, ta'minlovchi suv, tuzdan tozalangan suv, turbina kondensatini analizini
bajarish uchun yuqori sezgirlik va texnik madaniyat kerak bo'ladi. Texnik madaniyat o'z navbatida
birinchidan ishchilarning ongini yuqoriligini, ikkinchidan kimyoviy laboratoriyalarini zamon talabiga
javob berishinio'z ichiga oladi. Zamonaviy issiqlik elektr stansiyalaridagi suv rejimini mustahkam
amalga oshirish, tor, yuqori yorug‟likka ega bo'lgan asboblarsiz mumkin emas.
Elektr tarmoqlari va issiqlik elektr stansiyalarining texnologik kodekslash normalarida kimyoviy
tozalashning ekspress laboratoriyalari va uyushgan kimyoviy laboratoriyalari ko'zda tutiladi, bu ikkita
blokka shu stansiya atrofida bittadan laboratoriyaga to'g‟ri keladi. Uyushgan laboratoriya faqatgina suv
rejimini tekshiribgina qolmagan, balki elektrostansiyaning yoqilg‟i, gaz, moy xo'jaligini ham
tekshiradi. Bu atmosferani holatini va oquvchi suvning holatini tekshirib boradi, u havoni tarkibini ham
tekshiradi. Asosan, qoida bo'yicha kimyoviy tekshiruv ishchilari faqat kunduzgi smenada ishlaydi,
ekspress laboratoriya ishchilari esa, kun bo'yi va kechasi bilan ishlaydi.Laboratoriya binosining
balandligi 3†4,5 m bo'lib, eshiklari tashqariga ochilishi kerak.Har xil o'zgarishlarni yo'qotish uchun har
xil sezgir asbobolarni vibroizolyasiya bilan qo'yiladi. Laboratoriya binosi ventilyasiya xo‟jaligiga ega
bo'lishi kerak.Kimyoviy laboratoriyalarda kerakli miqdorda tajriba asboblari bilan to'la bo'lishi kerak.
Suv rejimini kimyoviy tekshirishni amalga oshirish uchun qilinishi shart, undan tashqari quyidagi
tajriba asboblari kerak bo'ladi: tajriba potensiometrlari SрН-metro, plamyafotometr, konduktometr,
fotoeletrokodometrlar.
Tajriba
asboblaridan
quyidagilar
elektrostansiya-larida
qo'llaniladi:
plamyafotometr VPF-VTI, fotoelektrokolorimetrlar FEKI, FEK-N-57, FEK-56 turlari; quyidagi turdagi
рН-metrlar: LP-68, LP-Ya, рН-262, рН-310; quyidagi turdagi konduktometrlar: PK-67, MME va



108
boshqalar.Uzluksiz tekshiruvni olib borish uchun analiz qilishni sanoat asboblari ishlatiladi: рН-


metrlar, konduktometrlar (tuz o'lchovi), rodomerlar,vodorod o'lchovchilar, kremne o'lchovchilar va
boshqalar. Analizator deb ataluvchi asboblarni yaxshi ishlashlari uchun, namuna olish shartlariga qattiq
rioya qilinishi shart, unda tashqari har bir ishchi o'z ishini e'tibor bilan bajarishi davomida avtomatik
asboblarni ishlatishda ham e'tibor berishlari kerak.
Agarda qurilmalardagi asboblarning miqdori kamroq bo'lsa, u holda informasiyani olish va ishla-
tish oson bo'ladi. Agar ko'proq bo'lsa, u holda ishlash sharoitida e'tibor kamroq bo'ladi. Shuning natija-
sida olingan informasiyalar ishchi-personalni noto'g‟ri ishlarga yo'naltiradi va qurilmani ish qobiliya-
tini kamaytiradi. Shular qatorida yana bir katta ta'sir etuvchi faktorni aytib o'tish lozim, bu kimyo-viy
tekshiruvni olib boruvchi ishchini rasional ravishda yuklashdir. Bu ishchini asosiy ishi butun kor-xona
bo'yicha namunalarni olish, uni analiz qilish va namuna analizi natijalari bilan solishtirishdan iborat
bo'ladi. Suv rejimini buzilishi haqidagi stansiya navbatchi muhandisining informasiyasiga qarab,
ishchilar puflash qiymatlarini, reagentlarni miqdorini (ammiak, gidrozin, fosfat) va boshqalarni
o'zgartiradi.7-8 marotaba olingan namuna o'rtacha deb belgilanadi. Namunani olib kelib berish,
sovitish, filtrlash ko'rsatilgan vaqtga kirmaydi. Ishchi personalni ish olib borishi norma bo'yicha 70 %
hisoblanadi, bu sakkiz soatlik ish kunining 5†6 soatiga to'g‟ri keladi.

Yüklə 397,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin