SO‟Z BOSHI
Issiqlik elektr stantsiyalari (IES) hamda tarmoqlarida suv va bug‟ bilan muloqotda bo‟ladigan
qurilmalarning uzluksiz uzoq muddat samarador ishlashi ishlatilayotgan suvning tozalik darajasiga
bog‟liq. Shu sababli “Issiqlik energetikasi” sohasida ishlatilayotgan suvlarning yuqori darajada
tozalash talab qilinadi.
Bu sohada suv tozalash jarayonlari murakkab qurilmalar hamda kimyoviy reagentlar yordamida
amalga oshiriladi. Ushbu ma„ruza matnida energetika sohasida suvning ahamiyati, issiqlik va elektr
energiyasi ishlab chiqarishdagi roli, suvlarning hosil bo‟lish jarayonlari, kimyoviy tarkibi va
ifloslanish sabablari haqida yetarli tushuncha berilgan. IESlarida zamonaviy suv tayyorlash jarayonlari
ikki bosqichda: ya„ni suvga har xil kimyoviy moddalar qo‟shish orqali, hamda ionit filtrlar yordamida
amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda suvni reagentlar bilan tozalashda qo‟shiladigan moddalarning
suv tarkibiga ta„sir etishda beradigan kimyoviy qonuniyatlar, suvga qo‟shiladigan miqdori va suv
sohadagi texnologik qurilmalarning ishlatilishi. Ikkinchi bosqichda ionitli filtrlar yordamida tozalash
kimyoviy jarayonlar, ionit qurilmalarning ishlatilishi, ularning unumdorligini oshirish, sarflanadigan
xarajatlarni kamaytirish yo‟llari yoritilgan. Shuningdek, ma„ruza matnida suvni bug‟latgichlarda
tuzsizlantirish, kondensatni tozalash qurilmalari va suvlarni gazlardan tozalash usullari, ulardagi
jarayonlar, shu sohalarda ishlatiladigan qurilmalarni tuzilishi, ishlash tarzi bayon etilgan. Shuningdek,
IESlarida suv tozalash sohasida sarflanadigan xarajatlar asosan suv tozalash qurilmalarini tanlash va
ishlatish, IESlarni quvvatiga va unda ishlatiladigan suvning tarkibiga asosan suv tozalovchi qurilmalar
tizimini tanlash, xarajatlarni hamda hosil bo‟ladigan chiqindi suvlarning miqdorini kamaytirish
imkoniyatlari ham yoritilgan.
Ushbu ma„ruza matni issiqlik energetika yo‟nalishi bo‟yicha ta„lim olayotgan talabalar uchun
Issiqlik energetikasida suv texnologiyasi va kimyoviy nazorat fanini chuqur o‟rganish uchun
mo‟ljallangan.
|