O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Energetika fakultetining”“issiqlik energetikasi” kafedrasi «Issiqlik energetikasi»



Yüklə 397,48 Kb.
səhifə6/97
tarix16.12.2023
ölçüsü397,48 Kb.
#181097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti-hozir.org

Nazorat savollari . 
1. IESlarning turlari va bug‟ ishlab chiqarishda suvning ahamiyati. 
2. IESlarda suv tayyorlash jarayonida qanday talablar bajarilishi zarur? 
3. IESlarning ishlash jarayonida yo‟qotiladigan suvning miqdori nimalarga bog‟liq? 
4. Tabiatda suvlarning turlari va hosil bo‟lish jarayonlari. 
5. IESlarda ishlatiladigan suvlar qanday nomlanadi? 
6. IESlarda xarakatda bo‟lgan suv va bug‟ning ifloslanishi sabablari? 
7. Yer usti suvlari issiqlik elektr stantsiyalarida ishlatish uchun nima uchun kerak? 
2 - Mavzu: Tabiiy suvlarning tarkibi, sifat ko'rsatkichlari va ifloslanishi. 
Reja: 
1. Tabiiy suvlarni ifloslantiruvchi zarrachalar. 
2. Suvning sifatini belgilovchi zarrachalar. 
3. Suvning umumiy qattiqligi va ishqoriyligi. 
Tayanch iboralar: tabiiy suv, zarracha, suv tarkibidagi zarracha, kolloid, ion – molekulyar 
zarrachalar, suv qattiqligi, ishqoriylik. 
Adabiyotlar: 1, 2, 3,14 
1. Tabiiy suvlarni ifloslantiruvchi zarrachalar. 
Tabiiy suvlar tarkibida uchraydigan organik va anorganik moddalardan tashkil topgan har xil
zarrachalar turlicha gidravlik kattalikdadir. Kimyo fanidan ma„lumki biror moddaning mayda
zarrachalari boshqa bir modda ichida tarqalishinidan hosil bo‟lgan sistema dispers sistema deyiladi.
dispers so‟zi lotincha “tarqalmoq” degan ma„noni beradi. Tarqalgan modda dimpers faza ikkinchisi
dispersion muhit deb ataladi.
Tabiiy suvlarni ifloslantiruvchi dispers sistemalar zarrachalarning katta – kichikligiga qarab, uch
guruhga bo‟linadi:
1. Dag‟al dispers zarrachalar, bularing o‟lchami 100 millimikrondan kata bo‟ladi. Dag‟al dispers
zarrachalar muhitning agregat holatiga qarab, bir necha xildir. Suvdagi qum, tuproq kabi qattiq jinslar
aralashmasidan hosil bo‟lgan sistema suspenziya deyiladi. Bunda suv dispersion muhit, qattiq jinslar
dispers faza deyiladi. Bunday sistemalar tindirilgan suvdan og‟ir moddalar tindirgich tagiga cho‟kadi.
Bu dispersion muhit ichidagi dispers fazaning cho‟kish jarayoni sadimentatsiya deyiladi.
Dispers fazaning cho‟kish tezligi dispers muhit zichligiga, qovushqoqligiga, mazkur moddaning
zichligi va radiusiga bog‟liq bo‟ladi. Agar t vaqt ichida zarrachaning bosgan yo‟li S bo‟lsa, unda
cho‟kish tezligi V=S/t bo‟ladi. Bu tezlik bilan muhitning qovushqoqligi va zichligi orasidagi
bog‟lanish



10


q
)
d
D
(
r
t
S
V
2



- muhitning qovushqoqligi, D – zarrachaning solishtirma og‟irligi, d – muhitning solishtirma


og‟irligi, q – erkin tushish tezligi. Ifodadan ko‟rinadiki, bir xil dispertsion muhitda turli xil moddaning
cho‟kish tezligi unga dispers faza radiusi kvadratiga, zarracha va muhitning zichliklari ayirmasiga
mutanosib (proportsional) bo‟lib, muhit qovushqoqligiga teskari mutanosib (proportsional) ekan.
Muallaq dag‟al zarrachalar, ya„ni suvda uchraydigan mexanik jinslar qum, tuproq, har xil
organik birikmalardan iborat bo‟lib, bu moddalar suvning loyqaligini oshiradi. Loyqalik barcha
suvlarga xos bo‟lib, qirg‟oq va uzanlarning yuvilishidan hosil bo‟lib, tez-tez o‟zgarib turadi va buni
suvning tiniqligi degan tushuncha bilan ham belgilash mumkin. O‟rta Osiyo daryolarida loyqa ko‟p
bo‟lib har metrida 1000 kg gacha bo‟lishi mumkin.
2. Kolloid dispers zarrachalar suv tarkibidagi kremniy temir, alyuminiy birikmalari va suvga
ko‟kish tus beruvchi gumis moddalardan iborat bo‟lib, ularning o‟lchamlari 100 mmk dan kichik
bo‟ladi.
3. Ion-molekulyar zarrachalarga tuz, ishqor va kislotalarning suvdagi ionlari hamda molekula
harakatidagi mineral birikmalar kiradi.

Yüklə 397,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin