O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Energetika fakultetining”“issiqlik energetikasi” kafedrasi «Issiqlik energetikasi»



Yüklə 397,48 Kb.
səhifə9/97
tarix16.12.2023
ölçüsü397,48 Kb.
#181097
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti-hozir.org

Nazorat savollari . 
1. Tabiat suvlari tarkibida uchraydigan zarrachalarning bir – biridan farqi. 
2. Kolloid va ion dispers zarrachalar qanday moddalardan tashkil topgan? 
3. Ion – molekulyar zarrachalarga qanday kimyoviy moddalar kiradi? 
4. Tabiiy suvlarni Ca va Mg kationlari bilan boyitadigan birikmalar va ularning suvda erish xolatlari 
qanday? 
5. Suvda karbonat va kremney birikmalari qanday xolatlarda uchraydi? 
6. Tabiiy suvlarda organik birikmalar qanday xolatlarda uchraydi? 
7. Suvning sifat ko‟rsatkichlari necha xil bo‟ladi? 
8. Suvning karbonati va nokarbonatbli qattiqligi qanday farq qiladi?
3 - Mavzu: Suvni kolloid va dag'al zarrachalardan tozalash usullari va qurilmalari.

Reja: 
1. Suvni tindirish usuli bilan tozalash. 
2. Kolloid zarrachalarning xossalari. 
3. Koagulyatsiya usuli bilan suv tozalash mohiyati. 
4. Koagulyatsiya jarayonida ishlatiladigan qurilmalar. 
Tayanch iboralar: kimyoviy va mexanik moddalar, tindirish, koagulyatsiya, flokulyatsiya, 
koagulyatorlar. 
Adabiyotlar: 1, 2, 3,14 
1. Suvni tindirish usuli bilan tozalash. 
Issiqlik elektr stantsiyalarida asosan daryo, anhor va ko‟l suvlari ishlatiladi. Ammo bu suvlar
tarkibida har xil kimyoviy va mexanik moddalar ko‟p bo‟lishi sababli, IES larda ularni tozalash uchun
murakkab sxemali, unumdorligi yuqori bo‟lgan suv tozalash inshoatlari zarur bo‟ladi. Suv tozalash
qurilmalarni shu qurilmalarda ishlatiladigan uskunalarni tanlash ishlatiladigan suvning tarkibiga va
suvni qay darajada tozalashga bog‟liq. Suv tozalash imkoniyatlarida tabiiy suvlarni tarkibidagi dag‟al-
kolloid va ion-molekulyar zarrachalardan tozalash ikki usulda olib boriladi.
1. Tabiiy suvlarga kimyoviy reagenrtlar qo‟shib koagulyatsiya va cho‟kma hosil qilish usuli
bilan.



13
2. Dastlabki tozalashdan o‟tgan suvlarni ionit materiallardan o‟tkazib, ion almashtirish usuli


bilan. Ionitlar suv tarkibidagi ionlar miqdorini yuqori darajada kamaytirish qobiliyatiga ega bo‟lgan
moddalar bo‟lib, ular yordamida suvni har qanday talab qilingan me„yorda tozalash mumkin.
Suvni tindirish. Suvni muallaq dag‟al zarrachalardan tozaligi tindirish deb ataladi.
Tindirish jarayonida zichligi suv zichligidan kichik bo‟lgan zarrachalar suv yuzasiga qalqib
chiqsa, zichligi suv zichligidan katta bo‟lgan zarrachalar suv tagiga cho‟kadi. Suvni tindirish kimyoviy
reagentlarsiz yoki issiqlik elektr stantsiyalarida suvga reagent qo‟shib tozalash usuli ayniqsa tabiiy
va oqava suvlarni tozalashda qo‟llaniladi. Suv tozalash texnikasida suvni tindirish va reagent qo‟shib
tindirish har xil maxsus tindirgichlarda yoki katta hajmdagi hovuzlarda amalga oshiriladi.

Yüklə 397,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin