Temir sulfatning gidrolizlanishi natijasida avval temir ikki gidroksidi hosil bo‟lib, so‟ng hosil
15
Koagulyatsiya borishi suvning muhitiga ya„ni PH ko‟rsatkichiga bog‟liq, chunki alyuminiy va
temir gidroksidlari amfalit moddlar bo‟lib suvning рН miqdori o‟zgarishiga
qarab har xil
dissotsiyalanadi. Agar suvning ishqor yoki kislotaligi katta bo‟lsa alyuminiy gidroksidi suvda ionlarga
parchalanishi kattalashib, koagulyatsiya jarayonida kolloid
zarrachalarning kattalashib, katta
zarrchalar “parchalarga” aylanishi sodir bo‟lmaydi. Agar suvda рН ko‟rsatkichi 6,5-8 oralig‟ida
bo‟lsa koagulyatsiya jarayonida alyuminiy gidrooksidi Al(OH)
3
ionlarga
ajralmaydi va gidroliz
natijasida hosil bo‟lgan barcha Al(OH)
3
atrofida har xil kolloid zarrachalari yopishishi natijasida ular
kattalashib cho‟kmaga tushadi. Suvni koagulyatsiyalash uchun koagulyant sifatida temir sulfat FeSO
4
ishlatilganda uning gidrolizlanishi natijasida Fe(OH)
2
hosil bo‟ladi. Koagulyatsiya jarayoni ketishi
uchun uni temir uch
gidroksidiga aylantirish kerak, ya„ni oksidlanishi kerak. Oksidlanish рН =9,0-
9,5 bo‟lganda tezlashadi. Suvni shu miqdorga keltirish uchun suvga ma„lum miqdorda ishqoriy eritma
qo‟shiladi.
Dostları ilə paylaş: