24
6 - Mavzu: Tabiiy suvlarni tozalashda ionit materiallarning ishlatilishi.
Reja:
1. Ion almashtirish usuli bilan suvni yumshatish mohiyati.
2. Ionit materiallarning xususiyatlari.
3. Ionit materiallar tuzilishi.
Tayanch iboralar: suvdagi ion aralashmalar, ionitlar, ionit materiallar, ion almashinish
reaktsiyalari.
Adabiyotlar: 1, 2, 3,14
1. Ion almashtirish usuli bilan suvni yumshatish mohiyati.
Suvni ion almashitirish yo‟li bilan yumshatish ba„zi suvda amalda erimaydigan, ion
almashtiruvchi materiallar yoki ionitlar deb ataluvchi mateirallarning suvning
ion tarkibini xoxlagan
tomonga o‟zgartira olish qobiliyatiga asoslangan. Buning uchun tozalanayotgan suv ionitlar bilan
to‟ldirilgan filtrdan o‟tkaziladi. Ionit materialning donador oralaridan o‟tayotgan suv o‟zining
ionlarini ionitning ionlari bilan almashishi natijasida suvning ham, ionitning ion tarkib o‟zgaradi. Agar
ion almashish jarayonida anionlar almashisa bu jarayon suvni anionlash deb ataladi. Kationlash
ham, anionlash ham issiqlik elektr stantsiyalarida
suvni yumshatishda, tuzsizlantirishda va kremniy
birikmalaridan tozalashda keng qo‟llaniladi. Ion almashtirish usuli bilan suvni yumshatish cho‟kma
hosil qilib yumshatishdan o‟zining ijobiy tomonlari bilan farq qiladi. Tozalash jarayonida cho‟kma
hosil bo‟lmaydi, kimyoviy reagentlar uzluksiz qo‟shib turilmaydi. Suv tozalash uskunalari kichik
hajmda bo‟lib,
ishlatish oddiy, samaradorligi esa yuqoridir.
Bo‟lib, ularning dissotsiyalanishi quyidagicha RK
R
-
IK
+
; Ra=R
+
IA
-
bu yerda R
-
va R
+
ionitlarning suvda erimaydigan harakatsiz qismi belgisi. К
+
va А
-
-
ionitlarning harakatlanib
almashuvchi kation va anionlar beligisi, I – ionitlarning qattiq holatda ham dissotsiyalanashini
ko‟rsatuvchi shartli belgi.
Dostları ilə paylaş: