25
Ionitlar o‟zining struktura tuzilishiga qarab musbat va manfiy zaryadlarga ega bo‟ladi. Agar
ionitning harakatlanuvchi zaryadlari musbat bo‟lsa, bunday ionitlar anionitlar deyiladi.
Ionitlarning ion almashtirish qobiliyatiga ularga yutilgan ionlar miqdori bilan o‟lchanadi va bu
xususiyat ishchi ion almashitirish hajmi deb ataladi va R harfi bilan belgilanadi. Ionitlarning ishchi ion
almashtirish hajmi kattaligi 1 m
3
suvda bo‟kkan ionitga yutilgan ionlar miqdori bilan o‟lchanadi va
g·ekv/l yoki mg·ekv/l ifoda qilinadi.
Ionitlarning suv tozalash qobiliyati nihoyat darajada yuqori
va ishonchli hamda uzluksiz
ishlash muddati bir necha yildan iborat.
Ionitlar yordamida
suvni tarkibidagi Ca
2+
, Mg
2+
, Na
+
, K
+
kabi
kationlar va SO
4
2-
, Cl
-
, NO
3
-
,
HSiO
3
-
kabi anionlardan hamda har xil organik moddalardan yuqori darajada tozalash mumkin.
3. Ionit materiallar tuzilishi.
Ionitlar neytral, kuchsiz kislotali va ishqorli muhitlarda suvda erimaydigan polimer moddalar
bo‟lib, ular suvda yaxshi bo‟kish, dissosatsiyalanish, tarkibidagi qo‟zg‟aluvchan ionlarni oson ajratish
va suvda gidrolizlanish kabi xususiyatlarga ega ionitlar suvda bo‟kishi ularning hajmi kengayishi bilan
xarakterlanadi. Oddiy sharoitda quruq holatdagi ionit quruq holatdagi ionit hajmining suvdagi bo‟kkan
ionit hajmiga nisbtaini shu ionitning bo‟kish koeffitsienti deb ataladi va bu koeffitsient 1 m
3
quruq
holatdagi ionit bilan xarakterlanadi.
Dostları ilə paylaş: