111
asosan vaqt bo'yicha o'zgaruvchi kattaliklani o'lchash uchun ishlatiladi. Shuning uchun ularning
dinamik tavsiflarini, ya'ni asboblar ko'rsatishlarining bog‟liqligi juda katta ahamiyatga ega. Shuning
uchun ba'zi bir tushunchalarni ko'ramiz, asbob
reogirasiyasi boshlanish vaqti, ya'ni o'lchanayotgan
kattaliklarni asbobga kirib kelish vaqtidan asbobni ko'rsatish vaqtigacha bo'lgan vaqt (chiqish signali);
ko'rsatishlar natijasida yuzaga kelgan vaqt , ya'ni asbobga kirib kelish vaqti bilan ko'rsatuvlar
o'zgarmasdan qolish holatigacha bo'lgan vaqt; o'zgarmas kattalik, ya'ni boshlang‟ich ko'rsatkichlar
bilan o'zgarish 0,632 qiymatga etgandagi vaqt oralig‟i.
Hamma o'lchash asboblari o'zlarining tuzilishiga qarab quyidagilarga bo'linadi: harorat o'lchash
asboblari, sarf bosimini o'lchash va materialni xossasini o'lchash asboblari. Shu aytib o'tilgan
asboblarning ishlash uslubiga asosan analizning fizik-kimyoviy, fizik uslublari kiradi. O'lchanayotgan
kattaliklarni oddiy chizmasini hisobga olganda potensiometrik va fotokolorimetrik kimyoviy tekshiruv
usullarida potensiometrik, konduktometrik, fotokolori-metrik
asboblar juda keng miqyosda
qo'llaniladi.Har qaysi uslub ham qo'l ham avtomatik tekshirishda quyidagi tavsifnomalarga ega: tekshi-
rilayotgan jismning juda kichik miqdori; bir marotaba aniqlash, xatolikni aniqlash uchun ketgan vaqt.
IES ning o'zini suv rejimi extiyojlariga asoslangan holda shu kimyoviy tekshiruv uslublarini tanlash
zarur bo'ladi. Ko'rsatkichlarni tekshirishda avtomatik extiyojlarni hisobga olgan holda olib borish zarur
bo'ladi. Agar qandaydir ko'rsatkich qo'yilgan normadan farqlansa, u holda energoblokda avariya holati
vujudga kelishi mumkin.Qo'l yo'li bilan kimyoviy tekshirishni amalga oshirishda har xil xatoliklarga
yo'l qo'yishga chek qo'yish kerak bo'ladi. Bunday holatni vujudga kelish sababi, tanlangan uslubni
noto'g‟riligidir, indikatorni noto'g‟ri tanlanganligi, byuretkadagi o'lchov orlig‟ini noto'g‟ri
olinganligi
va hisobotlarda yo'l qo'yilgan xatoliklardir.Kimyoviy tekshiruvni bajarishga kirishishda u yoki bu
komponentning mumkin bo'lgan konsentrasiyasini aniqlash uslubini, tezligini, mumkin bo'lgan
xatoliginiva avtomatik o'lchash extiyojlarini qabul qilishdan iborat.
IES da olingan namunalar va suv, bug‟larni ko'pchilik qismi ko'p komponentli va ko'pincha
geterogen eritmalar hisoblanadi. Bunday murakkab sistemalarda bir yoki komponentlar guruhini
mikrokonsentrasiyasini
aniqlash zarur, bu esa oddiy masala emas.Mikrokonsentrasiyani aniqlashda
shunday analiz uslubiga yo'l beriladiki, bunda o'lchanayotgan noelektrik kattalikni elektrik kattalikka
aylantirish extiyojini beradi.Shuning uchun hozirgi vaqtda konduktometrik (solishtirma elektr
o'tkazuvchanlik o'lchash), potensiometrik (turli xil ionselektiv elektrodlar yordamida potensialni
o'lchash) uslublar keng miqyosda yoyilgan.Optik uslub esa, yuqori sezgirlik, selektivlik, aniqlik va tez
ta'sir etishni o'z ichiga olgan.Demak, hozir asosan kimyoviy tekshiruvda asosiy vazifa konsentrasiyani
tekshirish bo'lib qoladi.Bu esa juda kichik erish qobiliyatiga ega ekanligi: suvda va suv bug‟ida bu
mahsulotlar, asosan oksidlar (yoki gidratlar) mos keluvchi metallar – temir, mis,
alyuminiy, xrom,
marganeslarga ega bo'lib, ko'p holatlarda ishchi muhitda ham erimagan, ham erigan holda uchrashi
112
mumkin. Bu esa nodissosiasiyalangan va dissosiasiyalangan bo'laklardan tashkil topadi. Shunday qilib,
olingan namunalarda korroziya mahsulotlarini miqdorini tekshirishda asosan geterogen sistemalar
tashkil etadi. Elektrostansiyadagi eng asosiy murakkab vazifalardan biri erimasdan qolgan kolloid va
katta dispers zarrachalarni erigan holatga keltirishdan iborat, bu esa olingan bir uslub yordamida analiz
qilish tekshirishga olib keladi.Aytib o'tilgandek, ko'pchilik holatlarda suv va bug‟ni sifatini tekshirishda
eng mustahkam uslub bo'lib hisoblanadi.
Birinchi navbatda elektrkimyoviy uslub bilan avtomatik tekshirish uslubi bo'lib u elektro'tkazuv-
chanlikni aniqlashdir;
uni qiymati, xloridlar konsentrasiyasi, natriy, kaliy va boshqalar. Har yili
ionselektiv elektrodlarni turlari ko'payib borayapti, shuning uchun vaqt o'tishi bilan ionlarni
potensiometrik yo'l bilan aniqlashga imkon beradi. Hozirgi vaqtda avtomatik asboblar yordamida
erigan gazlarning gazlarning miqdori
ham tekshirila boshlandi, bornaya kislota kremniyni miqdori
o'lchovni, fosfatni miqdorini o'lchovchi, qattiqlikni o'lchovchi avtomatik ravishda ishlaydigan asboblar
ham mavjud. Shu bilan bir qatorda qo'l yordamida konsentrasiyani, qattiqlikni, ishqorlikni o'lchash
uslublari ham mavjuddir. Shu uslublarni hammasini birgaligi, bizga kerak bo'lgan informasiyani to'liq
va aniq holda o'lchab berishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: