Ma„lum vaqtdan keyin (15-30 min) aralashmani to‟xtatib, nasos 2 va 3,5 – zadvijkalarni yopib,
16
Katta ishlab chiqarish quvvatiga ega suv tayyorlash inshoatlarida (200 t/s) yuqoridagi
qurilma talabga javob bermay qoladi bunlay katta inshoatlada reagentlarni nam holatda saqlash usuli
qo‟llaniladi. Bu usulda bir oyga yetadigan reagentlar temir betondan yasalgan yacheykalarga yer s
athidan yoki pastroqda joylashtirilib, ularga reagentlar solinadi va suv bilan to‟ldiriladi.
4 - rasm. Koagulyasiyalash qurilmasining sxemasi:
1 – manba suvi; 2 – qizdiruvchi bug'; 3 – kondensat; 4 – tindirgich; 5 – koagulyasiyalangan suv
baki; 6 – koagulyasiyalangan suv nasosi; 7 – tindirgich filtrlarini yumshatish uchun yuvish nasosi; 8 –
tindirgich filtr; 9 – tindirilgan suv; 10 – рН ko'rsatkichini kerakli qiymatini hosil qilish uchun reagent
(ishqor) kiritish; 11 – yumshatilgan suvni chiqishi; 12 – birinchi filtratni chiqishi; 13 – yumshatilgan
suvni yig'ish baki; 14 – tindirgichga yumshatilgan suvni haydash nasosi; 15 – drenaj (yuvish); 16 –
doimiy sath baki; 17 – 19 – texnik suv; 20 – ho'l koagulyant saqlash yacheyka; 21 – koagulyant
aralashmasi nasosi; 22 – koagulyantning sarf baki; 23 – nasos-dozator; 24 – havo qalpog'i.
Shunda yacheykalarda reagentlarning tuyingan eritmasi hosil bo‟ladi. Ularning talab qilingan
kontsentratsiyasi quvurlarda, ejektorlarda yoki taqsimlash baklarida amalga oshiriladi. Reagentlarni
nam holatda saqlashda temir-beton devorlardan eritmaning sizib chiqishini oldini olinishi kerak.
Koagulyant eritmasi kislotali bo‟lib, metall yuzalarini yemiradi. Shuning uchun reagent
tayyorlanadigan kichik qurilmalar taxtadan tayyorlanadi. Metalldan qilingan baklar, nasos va metall
quvurlar kislotaga qarshi qoplamalar bilan ximoya qilinadi yoki kislotaga chidamli po‟lat
qotishmalardan tayyorlanadi.