O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Energetika fakultetining”“issiqlik energetikasi” kafedrasi «Issiqlik energetikasi»


 – Mavzu: Aralash ionitli filtrlarni tuzilishi, ishlatilishi, turlari va ularni regenerasiyalash



Yüklə 397,48 Kb.
səhifə37/97
tarix16.12.2023
ölçüsü397,48 Kb.
#181097
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   97
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti-hozir.org

12 – Mavzu: Aralash ionitli filtrlarni tuzilishi, ishlatilishi, turlari va ularni regenerasiyalash 


usullari. 
Reja: 
1. Aralash ionitli filtrlarning ishlatilishi. 
2. Aralash ionitli filtrlar tuzilishi. 
3. Aralash ionitli filtlarni regeneratsiyalash usullari. 
Tayanch iboralar: aralash ionitli filtr, aralash ionitli filtrlarda da ishlatiladigan materillar. 
Adabiyotlar: 1, 2, 3,14 
1. Aralash ionitli filtrlarning ishlatilishi. 
Aralash ionitli filtrlar issiqlik elektr stantsiyalarida asosan qo‟shimcha suv tayyorlovchi uch
pog‟onali qurilmalarda suvlarni yuqori darajada kremniysizlantirish va natriy kationlaridan tozalash
hamda, kondensat tozalovchi qurilmalarda kondensatni chuqur tuzsizlantirish uchun ishlatiladi.
Aralash ionitli filtrlarda (AIF) filtrlovchi ionitlar sifatida kuchli kislotali kationitlar hamda kuchli
asosli anionitlar aralash yoki alohida qatlamlar holatida ishlatiladi.
IESlarda qo‟shimcha suv tayyorlovchi qurilmalada AIFlar qurilmaning oxirgi pog‟onasida
o‟rnatilishi sababli, filtrlardagi kationit suvni natriy kationlaridan, anionit esa HSiO
3
anionlaridan
tozalash uchun xizmat qiladi:
R/H+Na
+
=R/Na+H
+
; R/OH+HSiO
3
=R/ HSiO
3
+OH
-

Konstruktsiyasiga qarab AIF larda ionitlar alohida kameralarda yoki aralashgan holatda bitta
kamerada joylashadi. Ionitlar aralash holatda bo‟lgan AIF larni regeneratsiya qilish boshqa turdagi
ionitli filtrlardan farq qiladi. Ularni regeneratsiya qilish uchun avval filtrlardagi kationit va anionitlar
alohida ajratiladi. Buning uchun AIF tag qismidagi quvuri orqali ionitlarni yayratish jarayonidagi
kabi suv yuboriladi. Filtrga suv berilganda anionitlarning zichligi kationitlarning zichligidan hamda
suvning zichligidan kichik bo‟lganligi sababli, anionitlar filtrning yuqori qismiga, kationitlar esa
pastki qismga joylashib, ular ikki qatlamga ajaraladi. Ikki qatlamga ajratilgan anionitlarni
regeneratsiya ham ikki xil usulda, ya„ni shu filtrning ichida yoki filtrdan tashqarida maxsus filtrda
amalga oshiriladi.

Yüklə 397,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin