44
1 - rasm. Aralash harakatli filtr.
1 – suv taqsimlagich; 2 – ishqorni taqismlochi qurilma; 3,5 – anionit va ktionit qatlami; 4 –
oraliq kollektor; 6 – sizdirish.
Bulardan yuqori
qismdagi taqsimlovchi sistema, tozalanadigan suvni filtrga yuborish, anionit
qatlamini regeneratsiya qilishda filtrga ishqor eritmasini va yuvadigan
suvni yuborish, yayratish hamda
anionitlarni ajaratish jarayonida beriladigan suvni va havoni chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi.
O‟rta qismdagi taqsimlovchi sistema kationit qatlamini regeneratsiya qilishda kislota eritmasini
yuborish hamda anionit qatlamidan o‟tayotgan ishqor eritmasi aralashgan
regeneratsiya mahsulotini
chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Tag qismidagi taqsimlovchi sistema kationit qatlamidan
o‟tayotgan yuvindi suv filtrning o‟rta qismi quvurlaridan chiqariladi. Bu jarayon tugagandan so‟ng
filtrning tag qismi
quvuridan havo yuboriladi, ionitlar aralashtiriladi va aralashgan ionitlar yana
tuzsizlantirilgan suv bilan kremniy miqdori 20 mkg/kg, natriy miqdori 10 mkg/kg tushguncha yuvilib,
keyin ishga qo‟shib yuboriladi. Bu regeneratsiya jarayoni 3,5-4 soat davom etadi.
Filtrlash tezligi
soatiga 50 metrdan oshmasligi kerak, filtrlovchi materialning umumiy balandligi 1,2-1,5 m bo‟lib, tag
qismidagi kationit qatlami 0,5 m. ni tashkil qiladi.