O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Energetika fakultetining”“issiqlik energetikasi” kafedrasi «Issiqlik energetikasi»


Suv, bug’ va cho'kmalarni analizi natijalarining ko'rinishi



Yüklə 397,48 Kb.
səhifə69/97
tarix16.12.2023
ölçüsü397,48 Kb.
#181097
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti-hozir.org

4.Suv, bug’ va cho'kmalarni analizi natijalarining ko'rinishi. 
Issiqlik elektr stansiyalaridagi suv xo'jaligi kerakli ravishda avtomatik moslash asboblari bilan
to'liq ta'minlanmagan, shuning uchun ularni bajarish uchun analitikuslublari ham kiritiladi.
Har qanday miqdoriy analizni o'tkazish uchun tekshirilayotgan moddani sifat tarkibini bilish zarur.
Bu masala suv, bug‟ va cho'kmalarni tekshirishga ta'lluqlidir.Tekshirilayotgan ob'ektga qarab miqdoriy
analizni natijalari turlicha ifodalanadi; Qattiq jismlar – cho'kma (nakip) reagentlar miqdorini massaviy
ulushda yoki hisoblanayotgan quruq moddaga nisbatan foizda ifodalanadi. Suv aralashmalarini yoki
bug‟ni natijalarini esa aralashmaning konsentrasiyasi bo'yicha ifodalanadi.Konsentrasiya – bu
ko'rilayotgan komponentning aralashma yoki eritmadagi nisbiy tashkil qilishini bildiradigan
kattalikdir. Ko'proq qo'llaniladigan turlari quyidagilar:
konsentrasiyani massaviy ulushi – (g, mg, mkg) larda o'lchanuvchi berilgan komponentni
massasini, sistemani hamma massasiga bo'lgan nisbati, bu nisbat, 100 ga ko'paytirilsa massa bo'yicha
konsentrasiyani foizini ko'rsatadi;
konsentrasiyani hajmiy ulushi – har bir tashkil etuvchini hajmini, sistemaning umumiy hajmiga
bo'lgan nisbati bilan belgilanadi, agar 100 ga ko'paytirsak, u holda hajmni foizini ko'rsatadi;
molyar ulushi – 1 l eritmadagi erigan moddaning mollar soni bilan ifodalanadi;
molyal ulushi – 1000 g eritmadagi erigan moddaning mollar soni;



84
Normal ulushi – 1 l eritmani tashkil etuvchi qismidagi gramm-ekvivalentlar soni.


Shularga asoslangan holda elektrostansiyada suv, bug‟ini analiz qilishda xajmiy, molyar va normal
konsentrasiyalar qabul qilingan.Ko'pincha suv va bug‟ni kimyoviy tekshirishni natijalarini
ko'pchiligini ion xilida erigan tuzlar va metall oksidlarini analizi natijalarini esa molekulyar xilida
ifodalanadi. Muhitning kislotalik – asosiy reaksiyasi vodorod ionlarining aktivligi bilan tavsiflanadi va
uning manfiy logarifmi ko'rinishida ko'rsatiladi, buni vodorod ko'rsatkichi рН = - lg [H
+
] deb
belgilanadi.IESda suvni analiz qilishda ion oksidlar va gazlarni konsentrasiyasini aniqlash bilan bir
qatorda bir qancha texnologik ko'rsatkichlari aniqlaydilar, shartli ravishda bular suv aralashmasi
guruhlarini yoki ularning to'liq kompleksini tashkil etuvchilaridir. Bunday ko'rsatkichlar ba'zida suvni
sifatini texnologik tavsifida solishtirma elektr o'tkazuvchanlik, qattiqlik, ishqoriylik, kislotaga egalik,
suvning loyqaligi ( tozaligi), kremniyga ega ekanligidir.

Yüklə 397,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin