O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti “Energetika fakultetining”“issiqlik energetikasi” kafedrasi «Issiqlik energetikasi»



Yüklə 397,48 Kb.
səhifə83/97
tarix16.12.2023
ölçüsü397,48 Kb.
#181097
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   97
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti-hozir.org

Nazorat savollari . 
1. Barabandan chiqib ketayotgan to'yingan bug' nimaga aylanadi? 
2. Tomchilar tarkibida qanday moddalar uchraydi? 
3. Qaysi qotishmalar kondensator va regenerativ qizdirgichlarining quvurlarini zanglashga sabab
bo'ladi? 
4. Yuvishning usulini ayting? 
5. 300-500 mvt li turbina agregati qismlarida bir necha kg qatlamlar xosil bo'lishi nimaga olib 
keladi? 
6. Bug' qizdirgichlarining ichki yuzalarida xosil bo'lgan tuzli qatlamlar necha °S li suv bilan 
yuviladi? 
7. Hosil bo'lgan bug'ning etarli darajada toza bo'lmagani sababli bug' qanday elementga o‟tadi? 
25 -Mavzu:

IES da kimyoviy nazorat tashkil qilishning prinsipial sxemalari. 
Reja: 
1.Kimyoviy nazoratning vazifasi. 
2.Suv va bug'dan na‟muna olish. 
3.Kimyoviy nazoratni amalga oshirishda qo'llaniladigan usullar va asboblar. 
4. Yengil uchuvchi moddalardan namuna olish. 
Tayanch iboralar: Kimyo laboratoriyasi, qozon agregati, turbina qurilmasi, teploximik sinovlar
Bug' va kondensat, Elektr tuz o'lchagichlarning. 
Adabiyotlar: 1.2.3.7.9.14 
Suv tayyorlash va suv tartiblari ustidan kimyoviy nazoratning asosiy vazifasi stansiyada
ishlatilayotgan suv va bug'ning talab qilingan me'yorlari suv tayyorlash qurilmalarida yoki suv
tartiblarida buzilayotgani o'z vaqtida aniqlash, bu jarayonlarni doimiy nazorat qilib, aniqlangan
kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf qilish hisoblanadi.Issiqlik elektr stansiyalarida kimyoviy
nazoratni tarkibida kimyo laboratoriyalari bo'lgan kimyo sehi amalga oshiradi.
Kimyo laboratoriyasi qozon agregati va turbina qurilmasida teploximik sinovlar ishlab chiqarish
talablaridan kesib chiqadigan sozlash ishlarini hamda tayyorlanayotgan suv va hosil bo'layotgan
qatlamlarni to'liq analiz qilib boradi.
Bajarilayotgan ishlar asosida IESda olib borilayotgan suv tartiblarining samaradorligi va
tejamkorligi aniqlanib, suv tartiblarini va suv tayyorlash texnologiyasini yanada rivojlantirish chora
tadbirlari ishlab chiqilmoqda.
Ekspress ya'ni tezkor laboratoriyalar esa kechayu – kunduzi tiinimsiz tayyorlanayotgan suv sifati
stansiyaning turli qismlarida o'rnatilgan talablarda javob berish bermasligini nazorat qiladi.



99
Bundan tashqari kimyo sehi xodimlari suv tayyorlash qurilmalari va issiqlik qurilmalari ishga


tushayotganda,sozlash ishlari amalga oshirilayotganda va sinovdan o'tkazilayotganda kimyoviy
nazoratni amalga oshiradi hamda suv tayyorlash qurilmalaridan chiqayotgan oqova suvlar sifatini,
ularning tozalanishini , konservasiyalangan va zahirada turgan agregatlar holatini ham nazorat qilib
turadi. Kimyo sehi zimmasiga qozon barabanlarining kollektorlarining, kondensator, qizdirgichlarning
hamda turbina kuraklarining holatini kuzatib qatlamlar va zanglarning joylashishini miqdorini
xususiyatlari va tarkibi hamda qalinligi o'lchamlari harakterini aniqlash ham kiradi.Bunday olib
boriladagan nazoratlar bir birini to'ldirib IESlarning ishonchli va samarali ishlashini ta'minlaydi.
2.Suv tayyorlash va suv tartiblari ustidan kimyoviy nazoratning muhim shartlaridan biri suv
va bug' kondensatidan aniq na‟muna olishdir. Olingan na‟muna tarkibi nazorat qilinayotgan suv yoki
kondensat tarkibidan farq qilmasligi kerak aks holda bu olib borilayotgan suv tartiblari natijalari
noto'g'ri baholanishga olib keladi. Bir jinsli muhitdagi , qizdirilgan bug' kondensat, tozalangan
qo'shimcha va ta'minot suvlari ulardan na‟muna olishda qiyinchilik to'g'dirmaydi.Turli usullarda
olingan na‟munalar ,bu muhitlarning safiga mos keladi.Ta'minot suvidan na‟muna olish ekonamayzer
oldidan quvurga o'rnatilgan trubka orqali amalga oshiriladi.Qizdirilgan bug'lardan na‟muna olish uchun
bug' quvurlarida so'rg'ichli va tirqishli na‟muna olish trubkalari o'rnatiladi.


Yüklə 397,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin