99
Bundan tashqari kimyo sehi xodimlari suv tayyorlash qurilmalari va issiqlik qurilmalari ishga
tushayotganda,sozlash ishlari amalga oshirilayotganda va sinovdan o'tkazilayotganda kimyoviy
nazoratni amalga oshiradi hamda suv tayyorlash qurilmalaridan chiqayotgan
oqova suvlar sifatini,
ularning tozalanishini , konservasiyalangan va zahirada turgan agregatlar holatini ham nazorat qilib
turadi. Kimyo sehi zimmasiga qozon barabanlarining kollektorlarining, kondensator, qizdirgichlarning
hamda turbina kuraklarining holatini kuzatib qatlamlar va zanglarning joylashishini miqdorini
xususiyatlari va tarkibi hamda qalinligi o'lchamlari harakterini aniqlash ham kiradi.Bunday olib
boriladagan nazoratlar bir birini to'ldirib IESlarning ishonchli va samarali ishlashini ta'minlaydi.
2.Suv tayyorlash va suv tartiblari ustidan kimyoviy nazoratning
muhim shartlaridan biri suv
va bug' kondensatidan aniq na‟muna olishdir. Olingan na‟muna tarkibi nazorat qilinayotgan suv yoki
kondensat tarkibidan farq qilmasligi kerak aks holda bu olib borilayotgan suv tartiblari natijalari
noto'g'ri baholanishga olib keladi.
Bir jinsli muhitdagi , qizdirilgan bug' kondensat, tozalangan
qo'shimcha va ta'minot suvlari ulardan na‟muna olishda qiyinchilik to'g'dirmaydi.Turli
usullarda
olingan na‟munalar ,bu muhitlarning safiga mos keladi.Ta'minot suvidan na‟muna olish ekonamayzer
oldidan quvurga o'rnatilgan trubka orqali amalga oshiriladi.Qizdirilgan bug'lardan na‟muna olish uchun
bug' quvurlarida so'rg'ichli va tirqishli na‟muna olish trubkalari o'rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: