O‟zbekiston Respublikasi Oliy va O‟rta Maxsus Ta‟lim Vazirligi Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Instituti



Yüklə 268,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix24.12.2023
ölçüsü268,67 Kb.
#191154
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Kitob 9250 uzsmart.uz

birinchi 
bosqichda
xomashyoni dastlabki qayta ishlash, ya‘ni yarim fabrikatlar 
tayyorlash, 
keyingi bosqichda 
sanoat asosida ishlab chiqarish uchun tayyor 
materiallarga aylantirish,
uchinchi, yakuniy bosqichda
esa iste‘mol uchun tayyor 
mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi. 
Bu boradagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda har bir turdagi 
birlamchi xomashyo, ya‘ni yarim fabrikatlarni chuqur qayta ishlashdan tortib, uni 
iste‘mol uchun tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo‗lgan yakuniy bosqichga 
qadar butun ishlab chiqarish jarayonini kuzatib borish zarurati paydo bo‗lmoqda. 
Muxtasar aytganda, ishlab chiqarishni tashkil etishning butun jarayonini – 
xomashyoni chuqur qayta ishlashdan toki uni tayyor mahsulotga aylantirishgacha 
bo‗lgan yo‗lini – siklini, sarflangan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi va 
nechog‗liq o‗zini qoplashini asoslab bergan holda, prognoz qilishni ta‘minlash 
darkor. 
Hisob-kitoblar shuni ko‗rsatmoqdaki, yuqori qo‗shimcha qiymatga ega 
bo‗lgan mahsulotlar ishlab chiqarish natijasida 2030-yilda, yangi turdagi tovarlar 
tayyorlashni o‗zlashtirish asosida neft-gaz-kimyo sohasida mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi 3,2 barobar, rangli metall mahsulotlari 2,2-marta, qora metalldan 
tayyorlanadigan buyumlar 2,3 karra, kimyo sanoati mahsulotlari, jumladan, 
mineral o‗g‗itlar 3,2 barobar ko‗payishi mumkin. 
Zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasini va meva-sabzavot 
mahsulotlarini chuqur qayta ishlash tashqi va ichki bozorda talab yuqori bo‗lgan 
tayyor, ekologik toza to‗qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 


- 34 - 
hajmini 2030-yilda 5,6-marta, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash 
hajmini esa 5,7 karra oshirish imkonini beradi»
1

Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada 
ortib ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan 
holatlarda eksportchi korxonalarni og‘ir ahvolga solib qo‘yish mumkin. Buning 
natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi 
savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka 
yuz tutishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, eksport umumiy hajmining kam 
sonli davlatlarga bog‘lanib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
I.A.Karimov 
ta‘kidlaganlaridek, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va 
bu mahsulotlar eksportini yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini 
yanada kengaytirish vazifasini amalgam oshirish eksport hajmini barqarot 
o‘stirish, tashqi bozordagi o‘zgarishlar ta‘sirida uning hajmi keskin kamayishi 
xavfini bartaraf etish imkonini beradi
2

Mamlakatimizning xalqaro iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishdagi yana bir 
muammolardan biri bu transport yo‘llari muammosidir. Chunki mukammal 
xalqaro temir yo‘llarga ega bo‘lgan davlatda xalqaro iqtisodiy aloqalarni yo‘lga 
qo‘yish bir muncha oson bo‘ladi. Bunga misol, O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi 
iqtisodiy munosabatlarning istiqboli ko‘p jihatda transport muammolari bilan 
bog‘liq. Bu sohada YeI ning TRASEKA dasturi alohida e‘tiborga loyiq. 
Mamlaktimiz ham bu loyihada ishtirok etmoqdava quvonarlisi bu yo‘l 
mamlakatimiz hududidan o‘tadi va yevropa va sharq mamlakatlari savdo 
aloqalari respublikamiz orqali amalgam oshadi. Ya‘ni O‘zbekiston markaz 
vazifasini o‘taydi. 
1
Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‗zgarishlarni izchil davom 
ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‗l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. I.A.Karimov. 
Toshkent. 16.01.2016
.
2
Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. – T.: O‘zbekiston, 2010.64-b.


- 35 - 

Yüklə 268,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin