O‟zbekiston Respublikasi Oliy va O‟rta Maxsus Ta‟lim Vazirligi Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Instituti



Yüklə 268,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix24.12.2023
ölçüsü268,67 Kb.
#191154
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Kitob 9250 uzsmart.uz

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


- 26 - 
3. O‟zbekiston Respublikasining Osiyo va Jahonning yuqori 
darajada rivojlangan davlatlari bilan amalga oshirayotgan 
iqtisodiy aloqalari

1991-yil 31-avgust – O‗zbekiston Respublikasi mustaqilligining rasmiy 
e‘lon qilingan kuni – davlatimizning xalqaro hamjamiyatga keng ko‗lamli va 
dinamik integratsiyasi boshlangan sana hisoblanadi. 
2015-yil 1-iyul holatiga ko‗ra O‗zbekiston dunyoning 130 dan ortiq 
mamlakati bilan diplomatik aloqalar o‗rnatgan. O‗zbekiston 100 dan ortiq 
xalqaro tashkilotlarga a‘zo bo‗lib, turli xil ko‗p tomonlama hamkorlik 
tuzilmalari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda. Mamlakatimizning qulay 
iqtisodiy geografik mintaqada joylashganligi, xorijiy sheriklar uchun yetarli 
shart – sharoitlarning yaratilganligi va eng asosiysi Respublikamiz hududida 
tinchlikning barqarorligi boshqa davlatlarni biz bilan iqtisodiy aloqalarni 
yo‘lga qo‘yishga undaydi. Yuqorida aytib o‘tilganidek O‘zbekiston bugungi 
kunda dunyoning deyarli 130 dan ortiq mamlakatlari bilan iqtisodiy ikki 
tomonlama manfaatga ega bo‘lgan aloqalarni tashkil etgan. Biz quyida 
e‘tiboringizga shulardan jahon bozorida yetakchilik qilib kelayotgan davlatlar 
bilan mamlakatimiz o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni havola etamiz. 
 
O’zbekiston va Xitoy iqtisodiy aloqalarining ustuvor yo’nalishlari 
Xitoyda amalgam oshirilayotgan muvaffaqiyatli iqtisodiy islohotlar, 
yuqori iqtisodiy o‘sish sur‘atlari va doimiy ravishda ortib borayotgan iqtisodiy 
salohiyat O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni 
kengaytirish imkoniyatlarini yaratmoqda. Xitoyni O‘zbekistonning eng muhim 
va istiqbolli hamkorlaridan biri sifatida e‘tirof etish mumkin. Mamlakatimizda 
65 ta yirik Xitoy kompaniyalarining vakolatxonalari ochilgan bo‘lib, ular ikki 
mamlakat o‘rtasidagi savdo – sotiq aloqalarini rivojlanishiga katta hissa 
qo‘shmoqdalar. 


- 27 - 
O‘zbekiston eksportining tarkibi quyidagicha: paxta tolasi, voylok, ipak, 
to‘qimachilik mahsulotlari tayyorlash uchun zarur erituvchi materiallar, 
xizmatlar, mexanik asbob uskunalar, mebel, kimyoviy tolalar, gazlama, paxta 
ip – kalava va boshqalar. 
Xitoyda nimport qilinadigan mahsulotlar tarkibi esa quyidagicha: qora 
metallar va undan tayyorlanadigan mahsulotlar, kofe, choy va shirinliklar, 
mexanik asbob uskunalar, poyabzal, kiyim – kechak, to‘qimachilik va trikotaj, 
trikotaj polotnosi, ruda, organic kimyoviy birikmalar, kimyoviy tolalar, 
plastmassa va plastmassa mahsulotlari, xizmatlar, noorganik kimyoviy 
mahsulotlar, boshqa materiallardan yasalgan mahsulotlar, turli tayyor 
mahsulotlar va boshqalar. 
2012 – yilda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar aylanmasi rspublika 
tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 12.7%ni tashkil etgan. Ikkala mamlakat 
o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi, ya‘ni eksport – 1463.1mln. dollar, import – 
1894.8mln. dollarni tashkil etgan (2012 – yil yakuni bo‘yicha). 
Shuningdek, Xitoy bilan hamkorlikda, 2011 – 2020-yillarda umumiy qiymati 
1mlrd. Dollarga teng ―Qulbeshkak‖, ―Xojiqazgan‖, ―Doyaxotin‖, ―Suzma‖, 
―Qumli‖, ―Chegaraqum‖ kabi gaz konlarini o‘zlashtirish loyihalari ishlab 
chiqilmoqda. Bu loyihalarning amalgam oshirilishi 2021- yilga borib yiliga 
5mlrd. Kub metr gaz qazib chiqarish imkonini beradi. 
O’zbekiston va Yaponiya Iqtisodiy hamkorligi 
Yaponiya O‘zbekiston Respublikasining muhim savdo-iqtisodiy hankorlaridan 
biri hisoblanadi. 1992 – yildan O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida iqtisodiy 
hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha faol aloqlar o‘rnatilgan. Ikki 
mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik aloqlari oziq-ovqat mahsulotlarini 
ishlab chiqarishni ko‘paytirish, tarkibiy qayta qurilishni amalga oshirish, 
gummanitar va rasmiy yordam shaklidagi kreditlar, qaytarilmaydigan ssudalar 
ko‘rsatishdan boshlangan. 


- 28 - 
O‘zbekistonning Yaponiyaga eksport qilayotgan mahsulotlarining tovar 
tarkibi quyidagicha: noorganik kimyo mahsulotlari, ipak, paxta, kalava, paxtali 
matolar, gilamlar, tekstil mahsulotlari, kiyim-kechak, spool buyumlar, rangli 
metallar, mexanik asbob-uskunalar. 
Yaponiya esa O‘zbekistonga, o‘z navbatida, quyidagi mahsulotlarni 
yetkazib beradi: organik kimyoviy birikmalar, bo‘yoqlar, foto va kino 
mahsulotlari, kauchuk va rezina mahsulotlari, poligrafiya sanoati mahsulotlari, 
kimyoviy tola, oyna va oyna mahsulotlari, qora metall, mexanik asbob-
uskunalar, elektr asbob-uskunalar, audio va videotexnika, transport vositalari 
va ehtiyot qismlar, optika, foto va tibbiyot mahsulotlari, soatlar va ehtiyot 
qismlar, musiqa asboblari va ehtiyot qismlar, mebel, yoritish asboblari. 
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi savdo munosabatlari jadal sur‘atlar 
bilan rivojlanmoqda. O‘zbekistonning eksport-import tarkibida Yaponiyaning 
ulushi 2012 – yilda 0.1 va 1.3% ga teng bo‘lgan
1


Yüklə 268,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin