Kesish yo‟li bilan detallarning shaklini o‟zgartiruvchi protyajkalardan tashqari,
zichlovchi yoki silliqlovchi protyajkalar ham bo‟lishi mumkin, bu protyajkalar teshiklarni
kalibrlash va ularga uzil-kesil ishlov berish uchun mo‟ljallangan.
3. Randalash, o’yish va protyajkalashda kesish jarayonining asosiy elementlari
Randalashda
kesish chuqurligi
(t). Kesib olinadigan material qatlamining randalangan va
randalanadigan yuzalar orasidagi qalinligi (60-rasm).
Surish (
S).
Bu har bir qo‟sh yurishda, ya„ni ish yurish bilan salt yurishda zagatovkaning yoki
keskichning ko‟ndalang yo‟nalishida (asosiy harakatga perpendikulyar ravishda) surilish
oralig‟i.
Kesish tezligi
(V) ishlov beriladigan materialning fizik – mexanikaviy xossalariga, kesikich
materialiga, kesish chuqurligi, surish qiymati, keskichni geometriyasini va uning turg‟unligiga
qarab olinadi. Randalashda va o‟yishda kesish tezligini aniqlash formulasi tarkibiga kiruvchi
kattaliklar xuddi tokarlik stanogida yo‟nishda kesish tezligini aniqlashdagi kabi ekanligi
tajribada aniqlangan, ya„ni:
V = C
V
∙ K/T
m
∙ t
xy
∙ S
yv
, m/min,
bunda С
v
– ishlov berish sharoitini va ishlov beriladigan materialni xarakterlovchi koeffitsient;
Т – kesikichning turg‟unligi, min;
m – nisbiy turg‟unlik ko‟rsatkichi;
t – kesish chuqurligi, mm;
S – surish qiymati, mm/qush.yurish;
60-rasm
х
V
, у
V
– daraja ko‟rsatkichlari;
К – umumiy tuzatish koeffitsienti.
Randalashda
Dostları ilə paylaş: